Cavol: Qibla tarafda uxlab yotgan yoki gaplashib o‘tirgan odamning ortida namoz o‘qisa bo‘ladimi?
Javob: Qiblaga qarab o‘tirgan yo turgan kishining ortida namoz o‘qisa bo‘ladi. Payg‘ambarimiz Ikrimani qiblaga yuzlantirib qo‘yib ortida namoz o‘qiganlar.
Ammo namozxonga yuzlanib turgan yoki uni ibodatdan chalg‘itadigan darajada baland ovoz bilan gaplashayotganlar yonida, qibla tarafida uxlab yotgan kishi qirshisida o‘qish makruhdir (“Sharhi Avrod”).
O‘MI Matbuot xizmati
2026 yil 7 aprel kuni "Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy" o‘rta maxsus islom bilim yurtida bitiruvchi kurs talabalari uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti mas’ul xodimlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Bilim yurti mudiri Jaloliddin Abdirazoqov boshchiligida o‘tgan uchrashuvda asosiy e’tibor yosh mutaxassislarning istiqboldagi faoliyatiga qaratildi.
Muloqot davomida joriy o‘quv yilida ta’lim muassasasini tamomlayotgan 35 nafar talabaga ularning ish joylari bo‘yicha taqsimoti, kelajakdagi xizmat vazifalari va sohada kutilayotgan mas’uliyatli jarayonlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida bitiruvchilarga diniy soha rivoji yo‘lida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar taqdim etildi.
Bilim yurti matbuot xizmati