Saudiya Arabistoni janubida joylashgan tog‘ va unga tutash hududlarga 3 aprel kuni qor yog‘di. Bu haqda "gulfnews.com" nashri xabar berdi.
Saudiya Axborot agentligi Asir viloyati va Abha shahri oppoq qorga burkangani xabar qildi. Mahalliy agentliklar xabariga ko‘ra, qor dushanba kuni tungi kuchli yomg‘irdan keyin yoqqan.
Abha shahri mamlakat ichidagi va xorijlik sayyohlar keladigan maskan hisoblanadi.
Asir viloyati yuqori platoda joylashgani sababli Saudiyaning boshqa mintaqalariga nisbatan ko‘proq yomg‘ir yog‘adi.
Abha shahri yaqinida joylashgan tog‘ning Jabal Savda deb nomlangan cho‘qqisining balandligi qariyib 3000 metrni tashkil etadi.
O‘MI Matbuot xizmati