Misr markaziy saylov komissiyasi raisi Loshin Ibrohim mamlakatning amaldagi davlat rahbari Abdul Fattoh As-Sisiy prezidentlik saylovlarida 97 foiz ovozga ega bo‘lganini ma’lum qildi. "Reuters" agentligi shu haqda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Misr prezidenti saylovlarida ishtirok etganlar soni mamlakat aholisining 41,05 foizini tashkil qilgan.
As-Sisiyning saylovlardagi raqibi uncha taniqli bo‘lmagan siyosatchi Muso Mustafo Muso Muhammad bo‘ldi. U atigi 2,92 foiz ovoz to‘plagan.
Abdul Fattoh As-Sisiy 2018 yilning iyun oyi boshida Palata vakillari oldida qasamyod qiladi va shu tariqa uning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanadi.
O‘MI Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bu kecha Qur’oni karim nozil etila boshlagan. “Albatta, Biz U (Qur’on)ni Qadr kechasida tushirdik” (Qadr surasi, 1-oyat).
Bu kecha “...ming oydan yaxshiroqdir” (Qadr surasi, 3-oyat).
Bu kechada quyosh chiqquniga qadar tinchlik va sokinlik hukm suradi. “U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir” (Qadr surasi, 5-oyat).
Bu kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uxlamay, tunni ibodat bilan o‘tkazardilar.
Bu kecha qilingan amallar 1000 oyda qilingan amallardan afzal va savobi ko‘pdir.
Bu kecha farishtalar tinimsiz mo‘min-musulmonlar haqqiga salavot va salomlar aytishadi.
Bu kecha haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim qadr kechasini iymon va ixlos ila qoim bo‘lib o‘tkazsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy rivoyati).
Bu kecha Alloh taolo bedor bo‘luvchi bandalarini boshqa oylardan ko‘ra ko‘proq ajru savoblar bilan mukofotlaydi.
Bu kecha issiq ham, sovuq ham bo‘lmaydi. Uning tongida quyosh qizg‘ish bo‘lib chiqadi.
Bu kecha haqida Oisha onamiz roziyallohu anho: “Yo Rasululloh agar Qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam nima deb duo qilay?” deb so‘radilar.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu duoni o‘qishni aytdilar:
اللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي
O‘qilishi: “Allohumma innaka a’fuvvun kariymun tuhibbul a’fva fa’fu a’nniy”.
Ma’nosi: “Allohim, albatta, Sen kechirguvchisan, kechirishni yaxshi ko‘rasan. Gunohlarimni kechirgin” (Imom Termiziy rivoyati).
Bu kechada qilingan amallar salkam 84 yil beto‘xtov qilingan ibodatga to‘g‘ri keladi. 84 yil esa taxminan 30 ming-u 295 kunga teng. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ummatimning umrlari oltmish bilan yetmish o‘rtasidadir. Ozlarigina undan tashqarida bo‘ladilar”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Bu kecha gina-adovat, nafrat-arazlar, xafagarchiliklar unutiladigan, hamma bir-biridan rozilik hamda kechirim so‘raydigan kechadir.
Bu kecha barcha mo‘min-musulmonlarga muborak bo‘lsin! Fazilatli oy va muborak kunning fazilatidan Alloh taolo to‘liq bahramand etsin!
Davron NURMUHAMMAD