Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448

Musulmon olimlari dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar (Birinchi geografik xarita)

30.03.2018   6007   1 min.
Musulmon olimlari dunyoga sovg‘a qilgan ixtirolar (Birinchi geografik xarita)

O‘rta asrlarda musulmonlar savdo ishlari bilan juda qattiq shug‘ulangan. Ular dengizlardan suzib o‘tgan, karvonlarda sahrolarni, tog‘u toshlarni kezib yurgan.  Tabiiyki, ular o‘zlari yurib o‘tgan manzillarni yaxshi o‘rgangan, chunki ortga qaytayotganda adashib ketmasligi kerak bo‘lgan-da. Shuningdek, ular borgan joylarida yashaydigan xalqning tilini o‘zlashtirgan, tabiatini  o‘rgangan. Negaki, aynan ana shu narsalar savdoning muvaffaqiyatini  ta’min etgan.

Yevropaliklarga Xitoy, Indoneziya, Afrika va Yevroosiyo haqida qimmatli ma’lumotlarni ham musulmon savdogarlari va sayyohlari yetkazgan. 

XII asrda arab sayyohi al-Idrisiy Sitsiliya qiroli Rojer II iltimosiga ko‘ra, Yevropa, Osiyo va Afrika tarixi va geografiyasi haqida muhim manba bo‘lgan – dunyoning xaritasini chizadi va uni “Rojer kitobi” deb ataydi.

O‘MI Matbuot xizmati


Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Suveren islom obligatsiyalari – sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi

17.06.2026   768   1 min.


Prezidentimiz O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarning faoliyatiga ham keng imkoniyatlar ochilishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish uchun suveren islom obligatsiyalari – sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi.

Bular korxonalarimizga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital olib kelish uchun katta turtki beradi.

Shuningdek, xususiylashtirish doirasida shu yil 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk, korxonalardagi davlat ulushi va yer uchastkalari auksionga chiqariladi.

Davlatimiz rahbari mahalliy va xorijiy investorlarni bunday yangi imkoniyatlardan keng foydalanishga chorladi.

O‘zA

O'zbekiston yangiliklari