Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Qur’on musobaqasining hududiy bosqichi g‘olibi Nurmuhammed Ametniyazov Umra ziyoratiga borish imkoniyatini ham qo‘lga kiritdi. Unga Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyati tomonidan taqdim etilgan ushbu imkoniyat ulkan olqishlarga sabab bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan Qur’on musobaqasining hududiy bosqichi natijalari bilan tanishing.
Hifz yo‘nalishida hech bir ishtirokchi Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.
Tilovat yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Ametniyazov Nurmuhammed
2. Nuraddinov Shamsuddin
3. Ismailov Islom
26-40 yosh
1. Radjapov Sultanbay
2. Sapashov Zalfiqor
3. Obudjonov Nazarjon
Imom Eshon Muhammad jome masjidida "Muhammad al-Beruniy" islomiy bilim yurti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa natijalari bilan tanishing.
Hifz yo‘nalishi
1. Habibullayev Ubaydulloh
2. Qurbonboyev Ne’matulla
3. Jo‘rayev Yahyoxo‘ja
Tilovat yo‘nalishi
1. Hikmatullayev Hamidulla
2. Sag‘idullayev Zarafaddin
3. Najimaddinov Karimaddin
G‘oliblarga diplom va sovg‘alar taqdim etildi.
1-o‘ringa 700 ming so‘m miqdorida kitob sotib olish uchun vaucher taqdim etilgan bo‘lsa, 2- o‘rin sohibiga 500 ming so‘mlik, 3-o‘rin sohibiga 300 ming so‘m miqdoridagi vaucherlar taqdim etildi.








O‘MI Matbuot xizmati
Bugun, 11 iyun kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti tarixida birinchi marta magistrantlarning dissertatsiya himoyasi start oldi!
Tadbir O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi.
Ushbu muhim voqeada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqarma boshlig‘i Muhiddin Hakimov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuhammedov, institut o‘qituvchi va talabalari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Institut rektori Uyg‘un G‘ofurov va boshqalar bu tarixiy qadam Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining amaliy natijasi ekanini, mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohani yangi bosqichga olib chiqish va yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash tizimining samarasi ekanini alohida ta’kidlashdi.
Hozirda Toshkent islom institutida «Islom ilohiyoti, falsafasi va moturidiylik ta’limoti» hamda «Hadis ilmlari» mutaxassisliklari bo‘yicha jami 20 nafar magistrant tahsil olmoqda.
Ilk 10 nafar magistrant o‘qish davomida 52 ta ilmiy maqola va tezis nashr ettirgani, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Islom sivilizatsiyasi markazida ilmiy amaliyot o‘tab, noyob qo‘lyozmalar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlagani e’tirof etildi.
Bu himoyalar yurtimiz diniy ta’lim tizimi rivojidagi muhim bosqich bo‘lib, kelajakda boy ilmiy-pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga va ajdodlarimizning bebaho merosini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Matbuot xizmati