Toshkent shahridagi "Grand Osiyo" to‘yxonasida xotin-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Qur’on musobaqasining saralash bosqichi natijalari bilan tanishing.
Hifz yo‘nalishi
1. Abdukarimova Nigoraxon
2. Muhammadyusupova Hamidaxon
Tilovat yo‘nalishi
18-25 yosh
1. Muhiddinova Ominaxon
2. Ziyayeva Muxlisaxon
3. Usmonova Robiyaxon
26-40 yosh
1. Qodirova Muxlisaxon
2. Ubaydullayeva Azizaxon
2. Ne’matova Mashrabbonu
3. Tadjiyeva Munisaxon
G‘oliblarga diplom va sovg‘alar taqdim etildi.
O‘zbekiston Qur’on musobaqasining saralash bosqichlarini muslim.uz portali hamda uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzating.
O‘MI Matbuot xizmati
Toshkentning mashhur Hazrati Imom majmuasi hududidagi 10 gektar maydonda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosi uch qavatdan iborat bo‘lib, uzunligi 161 metr, eni 118 metrni tashkil etadi.


Gumbazining balandligi 65 metr, umumiy foydalanish hududi esa 42 ming kvadrat metrdan ziyod.
Markaz binosi Prezident Shavkat Mirziyoyevning me’moriy g‘oya va takliflari asosida loyihalashtirilgan.


Prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birgalikda ulug‘ ayyomlar – muborak Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami oldidan rasman o‘z eshiklarini ochgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov xalqimiz uchun muborak tuhfa bo‘lgan majmuaning ahamiyatiga to‘xtaldi.


– Islom sivilizatsiyasi markazi ham ilmiy, ham e’tiqodiy nuqtayi nazardan o‘tmish va bugunni bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘taydi. Uning faoliyatini butun dunyo, ayniqsa, ilm ahllari, olimlar diqqat bilan ko‘tayotgan edi. Kelib ziyorat qilishni niyat qilishar edi.
Bugun ezgu niyatlarimizga erishdik. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat yurtimiz ahli, balki butun dunyo uchun tuhfa bo‘ldi.