Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Aprel, 2026   |   10 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:57
Quyosh
05:25
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:21
Xufton
20:42
Bismillah
28 Aprel, 2026, 10 Zulqa`da, 1447

05.01.2018   4969   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

«BARAKA va OTA-ONA» ning 34 ta SIRI

27.04.2026   2114   66 min.
«BARAKA va OTA-ONA» ning 34 ta SIRI

«BARAKA va OTA-ONA» ning 34 ta SIRI

ni

ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:

 

Insonning ishi yurishmasligi,

barakasi bo‘lmasligi,

biri ikki bo‘lmasligi va

muhtoj, qashshoq, kambag‘al bo‘lishligi

ga

OTA-ONASI bilan BOG‘LIQ eng KATTA 34 ta SABAB

 

 

O‘Z HAYOTI [umri, rizqi, oilasi, ishlari, daromadi] da

BARAKA BO‘LISHINI xohlaganlar SHULARGA RIOYA QILADILAR

 

KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA

XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:

 

Z     «Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik!»

(Ahqof surasi 46/15 oyat);

 

Z    «Biz insonga ota-onasini rozi qilishni buyurdik. 

Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida ko‘tarib yurdi.  

Uni ko‘krakdan ajratish muddati ikki yilda bitar. 

Biz insonga buyurdikki Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! 

;(Luqmon surasi 31/14 oyat) »Qaytishlik – Mening huzurimgadir!

 

 

 Z    «Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga 

yaxshilik qilishni amr etdi. 

Ey, inson! Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik 

yoshiga yetsalar, ularga uf!..” dema va ularni jerkima! 

Ularga doimo yoqimli so‘z ayt!  

Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va duoda ayt: 

“Ey, Rabbim! Meni ular go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, 

Sen ham ularga rahm qilgin!”» (Isro surasi 17/23-24 oyatlar);

 

 Z     «Allohga ibodat qilingiz va Unga hech narsani sherik qilmangiz! 

Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz! 

Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo‘shni-yu 

begona qo‘shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo‘lovchi musofirga va qo‘l

ostingizdagi qaramlarga ham yaxshilik qiling!

Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi»

(Niso surasi 4/36 oyat)

 

Z     «Nimaniki xayr-ehson qilsangiz, ota-ona, qarindoshlar,

yetimlar, miskinlar va musofirlarga qilingiz!

Alloh har qanday qilgan ehsonlaringizni bilib turuvchidir!»

.(Baqara surasi 2/215 oyat)

  

 

 

HADISI QUDSIYLARIDA

ALLOH TAOLO AYTADI:

 

R Ey, odam farzandi!

Sabrli bo‘l va o‘zingni past tut – o‘zim seni oliy darajaga ko‘taraman!

Istig‘for aytgin – mag‘firat kilay!

Har ne so‘ragin – men beray!

Menga tavba qil – qabul qilay!

Molingdan sadaqa qil – toki molingga baraka beray!

Qarindoshlaringga yaxshilik qilib, qo‘shilib yur – umringni uzun qilay!

 

 

JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ

RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM

MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:

 

¯ «Kimni umri uzun va rizqi keng bo‘lishi xursand qilsa, OTA-ONASIGA yaxshilik qilsin va silai rahm qilsin!» (Imom Ahmad rivoyatlari);

 

¯ «Uch toifa kishining qo‘lga kiritgan narsasida baraka bo‘lmaydi va qayerda bo‘lsa ham xorlanadi:

 ·  Mening nomimni eshitganda salavoti sharif aytmagan;

·   Ramazon oyiga hurmat ko‘rsatmagan;

;OTA-ONASI tirik bo‘la turib, ULARNI xursand qilmagan»·  

  

 

¯ «OTA-ONAga duo qilishni tark etish rizqni kesadi»;

 

¯ Abu Xurayra raziyallohu anhu aytadilar:

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

Xor bo‘lsin, xor bo‘lsin, xor bo‘lsin! – deb o‘n martaba takror qildilar.

Shunda sahobalar:

Yo, Rasulalloh, kimni aytayapsiz? – deb so‘rashdi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

OTA-ONASINING IKKALASI yoxud BITTALARI keksayib qolgan vaqtida ULARNI rozi qilmay, o‘zini do‘zaxga tushishga mubtalo qilgan kishini, – dedilar (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

¯ «Maslahatni aql egalaridan so‘ranglar – to‘g‘ri yo‘l topasizlar. Ularning aytganidan chiqmang – pushaymon bo‘lasizlar»;

 

¯ «Duo umrning barakasini orttiradi» (Imom Termiziy rivoyatlari);

 

¯ Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:

«Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam minbarga ko‘tarilib, uch marta: “Omin!”dedilar. So‘ng:

Bilasizlarmi, nega “Omin!” dedim? – deb so‘radilar.

Sahobalar:

Alloh va Rasuli biluvchiroq... – deyishdi.

Shunda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

Jabroil alayhissalom kelib, menga: «Albatta, Siz kimning huzurida eslansangiz-u, u Sizga salavot aytmasa – do‘zaxga kiradi. Alloh uni O‘z rahmatidan o‘chirib, baxtsiz qilsin!» dedilar, men: “Omin!” dedim.

Jabroil alayhissalom: «Kimki OTA-ONASINI IKKISINI yoki BIRINI topsa-yu, ULARGA yaxshilik qilmasa – do‘zaxga kiradi. Alloh uni O‘z rahmatidan uzoq qilib, baxtsiz qilsin!» dedilar, men: “Omin!”dedim.

Jabroil alayhissalom: «Kimki Ramazon oyini topsa-yu, unga mag‘firat etilmasa – do‘zaxga kiradi. Alloh uni O‘z rahmatidan uzoq qilib, baxtsiz qilsin!» dedilar, men: “Omin!” dedim– dedilar»;

 

¯ «Baraka ulug‘laringizdadir» (Imom Rofiy rivoyatlari);

 

¯ «Baraka mo‘ysafidlaringiz bilan birgadir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);

 

¯ Ka’ab ibn Ujra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi vasallam minbarga chiqib:

Omin!” dedilar.

So‘ngra yana bir pog‘ona ko‘tarilib: “Omin!”dedilar.

So‘ngra yana bir pog‘ona ko‘tarilib: “Omin!”dedilar.

Muoz raziyallohu anhu U Zotdan buning sababini so‘radi.

U Zot aytdilar:

Jabroil alayhissalom kelib:

«Ey, Muhammad alayhissalom! Huzurida nomingiz tilga olinganda Sizga salavot aytmay o‘lgan va do‘zaxga tushgan kimsani Alloh O‘z rahmatidan uzoq qilsin! “Omin!” deb ayting!» dedilar. Men: “Omin!” dedim.

«Ramazonga yetib, undan ro‘zasi va bedorligi qabul qilinmay o‘lgan va do‘zaxga tushgan kimsani Alloh O‘z rahmatidan uzoq qilsin! “Omin!” deb ayting!» dedilar. Men: «Omin!” dedim.

«OTA-ONASI yoki ULARDAN BIRI hayot bo‘lsa va ULARGA yaxshilik qilmay o‘lgan va do‘zaxga tushgan kimsani Alloh O‘z rahmatidan uzoq qilsin! “Omin!” deb ayting!» dedilar. Men: “Omin!” dedim”»;

 

¯ «Haq bo‘la turib, tortishuvni tark qilgan kishi uchun jannatning bir tomonida bir qasr bino qilinishiga;

hazil bo‘lsa ham, yolg‘onni tark qilgan kishiga jannatning o‘rtasida bir qasr bino qilinishiga;

xulqi go‘zal, odobi chiroyli bo‘lgan kishi uchun esa jannatning eng yuqorisida bir qasr bino qilinishiga kafilman!»

 

(Imom Abu Dovud rivoyatlari).

 

 

DONO XALQIMIZ MAQOLLARI:

 

è Ota-ona rozi – Xudo rozi!

 

è Sendan – harakat,

Mendan – barakat.

 

è Yaxshi o‘g‘il ota molini biylar,

Yomon o‘g‘il ota molini sochar.

 

è Bir kun janjal bo‘lgan uydan qirq kun baraka qochadi.

 

è Yaxshiga qilsang yaxshilik –

Ham aytadi, ham qaytadi.

Yomonga qilsang yaxshilik –

Na aytadi, na qaytadi.

 

è Abjir bo‘lsa farzanding – cho‘ldan non terar.

Yalqov bo‘lsa farzanding – yerdan don termas.

 

è Erta turgan ish bitirar,

Kech turgan ko‘p turtinar.

 

è Nima sochsang, shuni o‘rasan.

 

è Qo‘li hunarsiz – non gadoyi.

 

è Bekor o‘tirgandan,

Bekor ishla!

 

è So‘zing kumush bo‘lsin,

Ishing – oltin.

 

è Ishlab topganing – osh,

Ishlamay topganing – tosh.

 

è Toma-toma ko‘l bo‘lur.

Hech tommasa – cho‘l bo‘lur.

 

è Bekorchidan Xudo bezor.

 

è Mehnatdan kelsa boylik,

Turmush bo‘lar chiroylik.

 

è Erta turgan yigitning rizqi ortiq,

Erta turgan ayolning bir ishi ortiq.

 

 

ULUG‘LARDAN HIKMATLAR:

v Bir kishi Hazrati Ali raziyallohu anhuning oldilariga kelib, rizqining tor ekanligidan shikoyat qildi...

Hazrati Ali undan:

Ehtimol siz to‘mtoq qalam bilan yozarsiz? – deb so‘radilar.

U odam:

– Yo‘q, – deb javob qaytardi.

Balki ehtimol siniq taroq bilan soch tararsiz?

– Yo‘q, – dedi yana u kishi.

Hazrati Ali:

Unda ehtimol o‘zingizdan yoshi katta odamning oldiga tushib yursangiz kerak? – deb so‘rasalar,

– Yo‘q, – deb javob berdi yana u.

Hazrati Ali u kishiga:

Unday bo‘lsa bomdod namozidan keyin kun chiqmasdan uxlarsiz ehtimol? – desalar,

– Yo‘q, – dedi yana u odam.

Hazrati Ali:

Ehtimol ota-onangizni haqlariga duo qilmay qo‘ygandirsiz? – deb so‘ragan edilar, u odam:

– Ha... – dedi.

Shunda Hazrati Ali raziyallohu anhu:

Ularni aslo unutmang! Doimo ularni eslab turing! Men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitganman: "Ota-onaga duo qilishni tark etish rizqni kesadi"deganlar," – dedilar.

***

Har kuni hech bo‘lmasa besh marta ikki daqiqani ota-onamizga duo qilishdan qizg‘anmaylik!!!

 

v «Ota-onaga hurmat bo‘lmagan xonadonda baraka bo‘lmaydi».

 

v Qarisi bor uyning fayzu barakasi bo‘ladi.

 

v «Baraka – buyuklaringizdadir».

 

v Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlaridan so‘radilar:

– Nimaga qo‘ylar doimiy iste’mol va qurbonlik maqsadida so‘yilishiga qaramay, nasli qirilib ketmaydi? Aksincha ko‘paygani ko‘paygan. Vaholanki, qo‘ylar yiliga bir yoki ikki marta bittadan, ba’zan ikkitadan tug‘adi. Lekin itlar so‘yilmasa ham, birdan o‘nta bolalasa ham, ko‘paymaydi. Qo‘ylar kabi suruv bo‘lib ketmaydi?

Mavlono hazratlari javob berdilar:

Tongga yaqin vaqt – eng barakotli vaqtdir. Bu vaqtda qo‘ylar hech uxlamaydi. Doim uyg‘oq bo‘ladi. Itlar esa kechasi bilan sang‘ib, ayni shu vaqtda uxlab qolib, g‘aflatda bo‘ladi. Qo‘ylar tong barakotidan bahramand bo‘lishadi. Itlar esa bu barakotdan bebahra qolishadi. Shuning uchun qo‘ylar ko‘paygani ko‘paygan. Agar rizqingiz keng bo‘lishini xohlasangiz, saharlari bedor bo‘ling...

 

v Ulug‘ mutafakkir, falakiyot olimi, odil ma’rifatparvar, sulton Mirzo Ulug‘bek mulozimlari bilan ketayotganida, yo‘l yoqasida yotgan bir burda nonni ko‘rib qoladi-da, darrov otdan tushib, uni qo‘yniga soladi. Mulozim­lardan biri: “Hazratim, nega bizga buyurmay, otdan tushdingiz?” deb so‘raganida: “Nonni birinchi bo‘lib men ko‘rdim, shunday ekan, uni yerdan olishni boshqa birovga buyurish nonga nisbatan hurmatsizligim bo‘lar edi. Nonning ulug‘ligi oldida mening podshohligim nima bo‘libdi?!” deb javob qaytargan ekan.

 

v Hikoya qilinishicha, yaxshi turmushni orzu qilgan yigit uylanibdi. Yigit uyiga og‘zi bog‘langan qog‘oz xaltada narsalar olib kelibdi. Xotini qog‘oz xaltani avaylab ochib, bo‘shatibdi. Qog‘ozni taxlab, tokchaga olib qo‘yibdi. Ipini ham tashlab yubormabdi. Buni ko‘rgan yigit so‘rabdi:

Xonim! Shu bir qarich ip bilan qog‘oz xaltani asrab qo‘yishning nima keragi bor?

Ro‘zg‘orda har xil holat bo‘ladi, shu ip biror hojatimizga yarar, qog‘oz ham kerak bo‘lishi mumkin... Axir kerakli toshning og‘iri yo‘q-ku, – deb javob qilibdi xotini.

Erining dilidan: “Izlaganim xuddi shu!” degan o‘y o‘tibdi. Shunday qilib, er-xotin baxtli-taxtli hayot kechirishibdi...

 

v Bir Shayxdan so‘rashibdi:

Oilada er bilan xotin janjallashib, arazlashsa, qay biri birinchi bo‘lib uzr so‘rashi kerak? Erkakmi yoki ayolmi?

Shayx shunday javob berdi:

Qay biri Alloh taolodan ko‘proq qo‘rqsa, o‘sha birinchi bo‘lib uzr so‘rashi kerak.

 

v Ota-onasidan chiroyli tarbiya ko‘rgan insonlar non qo‘ldan yerga tushib ketsa, darhol uni olib, uch marta o‘pib, peshonalariga suradilar. Non ushog‘i dasturxonga tushganda, ulug‘ ustozlar barmoqni ho‘llab, ushoq ustiga bosib olib, og‘izga solishni o‘rgatishgan.

 

v Yaxshilik qiluvchi kishining moli barakali bo‘ladi.

 

 

 

ULAMOLARIMIZ AYTADILAR...

 

Ø Barvaqt turishga odat – mo‘min-musulmonning odati va ziynati.

 

Ø Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Yo, Alloh! Ummatimning barvaqt qilgan ishlariga baraka bergin!» deb duo qilganlar. Bu duoning mag‘zini chaqqan ota-bobolarimiz vaqtli turishga odatlanishgan, tongdan ishga kirishishgan. Natijada ko‘p yutuqlarga erishishgan. Ular farzandlarini ham shunga o‘rgatib borishgan.

 

Ø Inson erta tongda turib, yuz-qo‘lini yuvib, Yaratganga shukronalar aytib, ibodatdan so‘ng ishga kirishsa, ishi barakali bo‘ladi. Bu hamma sohaga tegishli. Ilm olishni misol qilib keltiradigan bo‘lsak, tong saharda kitob o‘qilsa, ma’lumotlar xotirada yaxshi saqlanadi. Chunki uyqu vaqtida dam olgan miya ma’lumotlarni yaxshi qabul qiladi.

 

Ø Dinimiz ta’limotlariga ko‘ra, inson barvaqt uyqudan turib, ishlarini bajarib, xuftondan so‘ng ertaroq uyquga yotishi eng fazilati ulug‘ amallardan hisoblanadi.

Iloji bo‘lsa, shomdan keyin ko‘chaga chiqmagan ma’qul.

 

Ø Hadisi shariflarda aytilishicha, «xuftondan keyin o‘zaro gaplashib o‘tirish, behuda ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish ma’qul emas». Ayrim odamlar tun yarmigacha televizor ko‘rib, allamahalda uyquga ketadi. Natijada ertalab juda kech uyg‘onadi. Bunday kishilar ro‘zg‘orida baraka, ishida unum bo‘lmaydi. Bunaqa hayot tarzi kishi sog‘lig‘iga ham zarar keltiradi.

 

Ø Ba’zi odamlar rizqi torligidan shikoyat qiladi, «Qancha harakat qilsam ham birim ikki bo‘lmaydi!» deb zorlanadi. Ularning holatiga quyidagi hadisi sharif izoh beradi: «Tonggi uyqu rizq kelishini to‘sadi» (Imom Ahmad rivoyatlari).

 

Ø Rivoyatlarda kelishicha, quyosh chiqquncha bo‘lgan vaqt oralig‘ida rizqlar taqsimlanadi. Rizq taqsimotida ishtirok etmagan banda undan mahrum bo‘lgan bilan baravar.

 

Ø Ota-onasini xizmatlarini qilib, ularning duolarini olgan odamning umriga, rizqiga, hayotiga Alloh taolo ulug‘ baraka beradi.

 

Ø Taomni birgalikda yeyishda baraka bor.

 

Ø "Bismillohir rahmonir rahim" bilan yeyilgan taomda baraka bo‘ladi.

 

Ø Taomdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish uydagi barakani orttiradi.

 

Ø Namoz o‘qiydigan kishining rizqi barakali bo‘ladi.

 

Ø Muborak oyati karimalarda va muborak hadisi shariflarda ota-onaning hatto qadrdonlarini ham e’zozlashga buyurilgan.

Ota-onamiz yoshi ulug‘lar ichida yuqorida keltirilgan ikrom va odoblarga eng loyiq va eng-eng haqlirog‘idirlar. Zero ularning martabasi va hurmatini Alloh taoloning O‘zi belgilab bergan. Hatto ota-onamiz sevgan va qadrdon tutgan insonlarni sevish va ikrom qilish – ota-onamizni ikrom qilishdandir.

Bu haqida shunday deyiladi: Ibn Umar raziyallohu anhudan naql qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: «Darhaqiqat, yaxshi ishlarning eng yaxshisi – kishi otasining qadrdonlari bilan aloqalarni bog‘lashidir» (Imom Muslim rivoyatlari).

Alloh hammamizga ota-onalarimiz, ularning qadrdonlari, yoshi katta va ulug‘larimizni martabasini bilish, ularni ikrom qilish kabi yaxshi amallarda ko‘makchi bo‘lsin! Ular sabab ustimizda turgan barakani Parvardigori olam ko‘tarmasin!

 

Ø Yoshi ulug‘lar bilan ko‘proq suhbatda bo‘lganlarda viqor va bosiqlik hamda hamma narsaga aql bilan yondoshish kabi xislatlar shakllanadi.

 

Ø Uyning yaxshiligi va barakasi ko‘payishi uchun uyga kirganingizda, uy odamlariga salom bering.

 

Ø «Kishi keksani ikrom qilsa, u yosh  kishiga Alloh taolo keksaning yoshiga yetganida uni ikrom qiladigan kishini taqdir qiladi» (Imom Termiziy rivoyatlari). Ulamolarimiz ushbu hadisi sharifning sharhlarida “keksalarni hurmat qilgan kishining ham umri uzayib, u ham keksalik yoshiga yetish sharafiga muyassar bo‘ladi”, deyishadi.

 

Ø Zaynul Obidin rahmatullohi alayhi yoshi ulug‘larning haqlari haqida shunday deydilar: “Darhaqiqat, yoshlari kattalarni yoshlari sababli ulug‘lash, Islomni bizdan oldin bilgan va taniganlari uchun hurmat qilish, tortishmaslik, tik qaramaslik, oldinda yurmaslik, johil, ya’ni ilmsiz deb hisoblamaslik, ba’zi hollarda mabodo beparvolik qilsalar ham, uni ko‘tarish va Islom haqqi-hurmati ularni ikrom qilish – ularning haqlaridandir”.

 

Ø Har bir xatti-harakatlarimizni Xudo ko‘rib turganini doim esda tutishlik darkor!

 

Ø Halol rizqda gap ko‘p ekan... Agar inson rizqida, sog‘ligida va farzandlarida barakani ko‘rishni istasa, halol kasb qilishga va halol luqma yeyishga astoydil urinsin, harom va shubhali narsalardan uzoq yursin!

 

Ø Keksa va yoshi ulug‘larni ikrom qilish – Allohni ulug‘lashdir!

 

Ø Muborak hadisi shariflarda keltirilishicha, Ibn Abbos raziyallohu anhumodan naql qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Yaxshilik (boshqa rivoyatlarida: baraka) kattalaringiz bilan birgadir” (Imom Ibn Hibbon rivoyatlari). Shuning uchun ham yoshlari katta odamlar bor xonadon barakali, nurli va fayzli bo‘ladi.

 

Ø Duo umrning barakasini ko‘paytiradi.

 

Ø Ota-onasi va ustoziga hurmat ko‘rsatmagan kishining topishida baraka bo‘lmaydi.

 

Ø Hurmat-ehtirom ila ota-onasi va ustozining xizmatlarini qilmagan kishining topishida baraka bo‘lmaydi.

 

Ø Ota-onasiga xizmat qilgan farzandning umri – barakali, ularga qarshi chiqqanning esa barakasiz bo‘ladi.

 

«BARAKA va OTA-ONA» ning 34 ta SIRI

ni

ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:

 

Insonning ishi yurishmasligi,

barakasi bo‘lmasligi,

biri ikki bo‘lmasligi va

muhtoj, qashshoq, kambag‘al bo‘lishligi

ga

OTA-ONASI bilan BOG‘LIQ eng KATTA 34 ta SABAB

 

1)  OTA-ONAning haqlariga har doim duo qilish.

 

2)  OTA-ONAni aslo behurmat qilmaslik.

 

3)  OTA-ONAning ko‘ngillarini umuman og‘ritmaslik.

 

4)  OTA-ONAning xizmatlarini kechayu-kunduz og‘rinmasdan ado etish.

 

5)  OTA-ONAning xizmatlarini kechayu-kunduz sidqidildan va mehr bilan bajarish.

 

6)  OTA-ONAning duolarini har doim olish.

 

7)  OTA-ONAning qadrdonlarini ham e’zozlash.

 

8)  OTA-ONAga hargiz-hargiz oq bo‘lmaslik.

 

9)  OTA-ONAning ismlarini aytib chaqirmaslik.

 

10)  OTA-ONAga mutlaqo itoatsizlik qilmaslik.

 

11)  OTA-ONAni aslo bepisand qilmaslik.

 

12)  Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ni hurmatlarini joyiga qo‘yish.

 

13)  Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ga nisbatan beodoblik qilmaslik.

 

14)  Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) oldilaridan kesib o‘tmaslik.

 

15)  Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ga tik qaramaslik.

 

16)  Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ning oldilariga tushib yurmaslik.

 

17)  Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) bilan hatto telefon orqali ham, o‘rnidan turib gaplashish.

 

18)  Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ning doim xizmatlarini qilib, duolarini olib yurish.

 

19)  AKA-UKA, OPA-SINGILLAR bilan bemehr bo‘lmaslik.

 

20)  QAVM-QARINDOSHLAR bilan yaxshi munosabatda bo‘lish.

 

21)  QO‘NI-QO‘SHNILAR bilan chiroyli muomala qilish.

 

22)  Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ni har doim e’zozlash.

 

23)  O‘TGANLARNING haqlariga har doim, har kuni kamida besh marta duo qilish.

 

24)  OTA-ONAning haqlariga har kuni kamida besh marta duo qilish.

 

25)  Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) bilan hech qachon va umuman tortishmaslik.

 

26)  Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ga yolg‘on gapirmaslik.

 

27)  Uyga kirganda salom berib kirish.

 

28)  Oilada shirinso‘z va chiroyli muomala qilish.

 

29)  Dasturxonga oila bilan birga o‘tirish.

 

30)  Dasturxon atrofida taomni ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) dan oldin boshlamaslik.

 

31)  Dasturxon atrofida ham ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ning xizmatlarini chiroyli ado etish.

 

32)  Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) gapirganlarida sukut saqlab, jim turish.

 

33)  OTA-ONAga, barcha mo‘min-musulmonlarga, o‘z xalqiga, yurtiga, yaqinlariga, qavm-qarindoshlariga, qo‘ni-qo‘shnilariga, oila a’zolariga, o‘ziga ham baraka so‘rab duo qilish.

 

34)  Har bir harakatlarni XUDO ko‘rib turganini doim esda tutib, ish tutish.

 

ILOHO MЕHRIBON PARVARDIGORIMIZ O‘ZI buyurgan,

Janobi PAYG‘AMBARIMIZ SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM tavsiya etgan,

o‘tmishda O‘TGANLARIMIZNING ruhlari shod bo‘ladigan,

XALQIMIZ xursand bo‘ladigan,

OTA-ONALARIMIZ rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!

 

Ibrohimjon domla Inomov.

 

 

 

 

Maqolalar