2018 yilning birinchi yarmida Respublikamizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan 3 bosqichdagi Qur’on musobaqasi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish bugun, 4 yanvar kunidan boshlandi. Ro‘yxatga olish 13 yanvar kunigacha davom etadi.
Bugun barcha viloyatlar qatorida Toshkent viloyatida ham mazkur jarayon boshlandi, deb xabar beradi viloyat bosh imom-xatibi Xayrulloh Turmatov. Quyida ro‘yxatga olish jadvali bilan tanishishingiz mumkin.
Toshkent viloyatida “Qur’on musobaqasi – 2018” ko‘rik
tanlovi (tuman va shahar) bosqichi
JADVALI
|
№ |
Tuman va shaharlar nomi |
Ko‘rik tanlov o‘tkaziladigan joy nomi va manzili |
Sanasi |
|
1-HUDUD |
|||
|
1 |
Angren shahar |
Bo‘ka tumani, “O‘rtaqo‘rg‘on” jome masjidi Manzil: “Yangi hayot” ko‘chasi 5-uy Mo‘ljal: Bo‘ka shahar Shohbekati |
10.02.2017 y. (Shanba) Erkaklar soat 0900 Xotin-qizlar 1400 |
|
2 |
Bekobod tumani |
||
|
3 |
Bekobod shahar |
||
|
4 |
Bo‘ka tumani |
||
|
5 |
Piskent tumani |
||
|
6 |
Olmaliq shahar |
||
|
7 |
Ohangaron tumani |
||
|
2-HUDUD |
|||
|
1 |
Bo‘stonliq tumani |
Chirchiq shahar, “Markaziy” jome masjidi Manzil: Zakovat ko‘chasi 1-uy Mo‘ljal: Akvapark |
11.02.2017 y. (Yakshanba) Erkaklar soat 0900 Xotin-qizlar 1400 |
|
2 |
Parkent tumani |
||
|
3 |
Qibray tumani |
||
|
4 |
Toshkent tumani |
||
|
5 |
Chirchiq shahar |
||
|
6 |
Yuqorichirchiq tumani |
||
|
3-HUDUD |
|||
|
1 |
Zangiota tumani |
Zangiota tumani, “Nurul Islom” jome masjidi Manzil: Qumariq mahallasi, Hamza ko‘chasi 20-uy Mo‘ljal: “General Motors” motor zavodi |
12.02.2017 y. (Dushanba) Erkaklar soat 0900 Xotin-qizlar 1400 |
|
2 |
Oqqo‘rg‘on tumani |
||
|
3 |
Quyichirchiq tumani |
||
|
4 |
Chinoz tumani |
||
|
5 |
O‘rtachirchiq tumani |
||
|
6 |
Yangiyo‘l tumani |
||
O‘MI Matbuot xizmati
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi ijrosi doirasida viloyat hokimligi apparati xodimlari uchun Toshkent shahriga ikki kunlik ma’rifiy sayohat tashkil etildi, xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.
Sayohat ishtirokchilari dastlab mamlakatimizning ilmiy va ma’naviy salohiyatini o‘zida mujassam etgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lishdi. Ular bu yerda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni asrab-avaylash va keng targ‘ib etishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng sayohat dasturi poytaxtning ramziy maskanlari — Mustaqillik maydoni va «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida davom etdi. Shuningdek, ishtirokchilar Toshkent shahridagi teatrlar va muzeylarga borib, mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
- Bunday sayohatlar davlat xizmatchilari uchun nafaqat mazmunli hordiq, balki katta ma’naviy ozuqa hamdir, - deydi viloyat hokimining maslahatchisi Sherali Temirov. - Ayniqsa, Islom sivilizatsiyasi markazida yaratilgan sharoitlar, boy tarixiy merosimiz va poytaxtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari barchamizda chuqur taassurot qoldirdi. Bu kabi safarlar jamoadagi hamjihatlikni mustahkamlash, yangi g‘oya va tashabbuslar bilan qaytish hamda ish faoliyatiga yanada katta ishtiyoq bilan kirishishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati