Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2026   |   20 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:56
Bismillah
08 May, 2026, 20 Zulqa`da, 1447

Imom-xatib: Telefondan noto‘g‘ri foydalanish oilaviy ajrimga sabab bo‘lmoqda

07.12.2017   9719   1 min.
Imom-xatib: Telefondan noto‘g‘ri foydalanish oilaviy ajrimga sabab bo‘lmoqda

Kecha, 6 dekabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulloh domla Turmatov Oqqo‘rg‘on tumanida oila vakillari, mahalla faollari, ustoz-murabbiylar hamda o‘quvchi-talabalar bilan “Farovon oila – saodat qasri” mavzuidagi muloqotda ishtirok etdi.

Tadbirda Xayrulloh domla Turmatov ota-ona va ayollarni ardoqlashning ahamiyati, oilada erkak kishining vazifalari, oila saodatida mehr-muruvvat va oqibatning o‘rni, so‘zlashish va kiyinish bobida hayoning dolzarbligi, jinoyatchilikning oldini olish, internet, xususan, telefondan noto‘g‘ri foydalanish oilaviy ajrim va qator axloqsizliklarga zamin yaratayotgani borasida ma’ruza qildi.

Qatnashchilarning chanqoq va iliq nigohlari, aytilgan so‘zlar ta’siridan yuzlarni nam aylagan ko‘z yoshlari hamda bildirilgan munosabatlardan aholi o‘rtasida bu kabi tadbirlarni tashkil etish nechog‘lik ahamiyatli ekani e’tirof etildi. Shuningdek, muqaddas islom dinimizda yaxshilik va ezgulik sari chorlash, noto‘g‘ri yo‘llardan ogoh etishning farz ekani ham bejiz emasligi aniq va ravshan tushuntirildi.

Tadbir so‘ngida viloyat bosh imom-xatibi tomonidan keng jamoatchik foydalanishi uchun ilmiy va tarbiyaviy-axloqiy mazmundagi turfa adabiyatlar sovg‘a qilindi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining “Oilada farzand tarbiyasi” kitobi ham shular jumlasidandir.

 

O‘MI matbuot xizmati

Boshqa maqolalar

Madinaning yo‘llarida farishtalar bor

08.05.2026   1324   1 min.
Madinaning yo‘llarida farishtalar bor

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Madinaning yo‘llarida farishtalar bor. Unga o‘lat ham, Dajjol ham kira olmaydi", dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).