Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Avgust, 2026   |   16 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:24
Asr
17:05
Shom
19:05
Xufton
20:25
Bismillah
29 Avgust, 2026, 16 Rabi`ul avval, 1448

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sabrlari

03.12.2017   7908   1 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sabrlari

Alloh taolo Nabiy sollallohu alayhi vasallamga umrlari davomida ko‘plab sinovlarni yubordi. Xulqlari Qur’on bilan sifatlangan Nabiyimiz Alloh taloning ushbu oyatiga amal qilib yashadilar: «Bas, (ey muhammad) siz ham matonatli payg‘ambarlar sabr qilganlaridek sabr qiling va (tushadigan azobni) qistamang (Ahqof surasi, 35-oyat).

Nabiyimiz alayhissalomning umrlari davomida ko‘rgan sinovlarining eng og‘iri bu “Toif” voqeasi edi. Urva ibn Zubayr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Abu Tolib vafot etganidn so‘ng, Payg‘ambarimiz alayhissalomga o‘z qavmlari tomonidan bo‘lgan aziyatlar yanada ko‘paydi. Makka mushriklariga qarshi turishda yordam berishar degan umidda, Zayd ibn Horisa roziyallohu anhu bilan birgalikda Toifdagi “Saqif” qabilasi tomon otlandilar. U yerda Nabiyimiz alayhissalomni “Saqif” qabilasidagilar tan olmadilar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni masxara qildilar va u zotning yo‘llariga ikki qator bo‘lib turib, toshlar ota boshladilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zayd ibn Horisa roziyallohu anhuni himoya qilishlariga qaramay u zotning oyoqlaridan qon oqardi, shu holda toifliklarning uzumzorlari tomon bordilar. Nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam u yerda mahzun bo‘lgancha Alloh taologa duo qildilar. Shunda ham toifliklarning ziddiga emas balki, Alloh taolodan bu sinovga yanada sabrlarini ziyoda qilishini so‘rab duo qildilar.

Allohim bizlarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga  haqiyqiy, muhabbatli ummat bo‘lishimizni nasib ayla.

Oybek MA’RUPOV

Ko‘kaldosh islom o‘rta maxsus bilim yurti talabasi

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

28.08.2026   13038   1 min.
Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026 yil 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.

 

Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan.


Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan.

 

Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investitsiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.

 

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.

 

https://t.me/Rasmiy_axborot_official

O'zbekiston yangiliklari