Muhtaram jamoat! Muqaddas Islom dinimizda qo‘shnichilik haqlari rioya qilinishi lozim bo‘lgan muhim amallardan sanaladi. Zero, insonlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlanishida qo‘shnilar haqqini ado etish ham muhim o‘rin tutadi. Alloh taolo Qur’oni karimda O‘zigagina ibodat qilishga buyurish asnosida jamiyatdagi barcha toifa insonlar qatorida qo‘shnilarga ham yaxshilik qilishga buyurgandir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
(وَاعْبُدُوا اللَّهَ وَلَا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا وَبِذِي الْقُرْبَى وَالْيَتَامَى وَالْمَسَاكِينِ وَالْجَارِ ذِي الْقُرْبَى وَالْجَارِ الْجُنُبِ وَالصَّاحِبِ بِالْجَنْبِ وَابْنِ السَّبِيلِ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ مَنْ كَانَ مُخْتَالًا فَخُورًا (سورة النساء/36
ya’ni: “Allohga ibodat qilingiz va Unga hech narsani sherik qilmangiz! Ota-onalarga esa yaxshilik qilingiz! Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo‘shni-yu begona qo‘shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo‘lovchi (musofir)ga va qo‘l ostingizdagi (qaram)larga ham (yaxshilik qiling)! Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi” (Niso surasi, 36-oyat).
Payg‘ambarimiz ﷺ ham ko‘plab hadislarida biz ummatlarini bunga targ‘ib etganlar. Quyida qo‘shnichilik haqlariga oid hadislar bilan tanishtirib o‘tamiz.
(عَنْ ابنِ عُمَرَ وَ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنهُمَا قَالاَ، قَالَ رَسُول الله صلى الله عليه وسلم: "مَا زَالَ جِبْريلُ يُوصِيني بِالجَارِ حَتَّى ظَنَنْتُ أنَّهُ سَيُورِّثُهُ" (مُتَّفَقٌ عَلَيهِ
ya’ni: Ibn Umar va Oisha dan rivoyat qilinadi, Rasululloh ﷺ dedilar: “Jabroil doimo menga qo‘shniga yaxshilik qilishga buyuraverganidan oxir oqibat uni merosxo‘r qilib qo‘yadi, deb o‘ylab qoldim” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Demak, qo‘shnining haqqi buyuk va jiddiy ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan haqlardan ekan. Boshqa bir hadisda esa:
(عن أَبي ذر رضي الله عنه قَالَ : قَالَ رَسُول الله صلى الله عليه وسلم: "يَا أَبَا ذَرٍّ، إِذَا طَبَخْتَ مَرَقَةً، فَأكثِرْ مَاءهَا، وَتَعَاهَدْ جِيرَانَكَ" (رَوَاهُ الإِمَامُ مُسْلِمُ
ya’ni: Abu Zar dan rivoyat qilinadi, Rasululloh ﷺ dedilar: “Ey, Abu Zar! Qachon sho‘rva pishirsang, suvini ko‘proq solgin va qo‘shnilarningga ham ilingin” (Imom Muslim rivoyati). Ushbu hadisda qo‘shnilarga e’tiborli bo‘lish, inson o‘zidagi arzimas narsani ham qo‘shnisiga ilinishga targ‘ib etish ma’nosi bor. Aynan shu ma’nodagi boshqa bir hadisda shunday deyilgan:
(عَن أَبيِ هُرَيرَةَ رضي الله عنه قَالَ، قَالَ رَسُول الله صلى الله عليه وسلم: "يَا نِسَاء المُسْلِمَاتِ! لاَ تَحْقِرَنَّ جَارةٌ لِجَارَتِهَا وَلَوْ فِرْسِنَ شَاة" (مُتَّفَقٌ عَلَيهِ
ya’ni: Abu Hurayra dan rivoyat qilinadi, Rasululloh ﷺ dedilar: “Ey, muslima ayollar! Hech bir qo‘shni qo‘shnisiga qo‘yning tuyog‘ini berishga ham orlanmasin” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Bu hadisda Payg‘ambarimiz ﷺ xususan, ayollarga murojaat qilayotganlarining boisi ayollar orasida bir-birlarini kamsitish odati mavjud. Shuning uchun ayollar arzimas narsani bir-birlariga ehson qilib berayotgan yoki olayotgan bo‘lsalar buni kamsitish, deb bilmasliklariga chaqirilmoqda. Oddiy qilib aytganda, yegandan ortgan taomni, qotgan nonni, hatto so‘yilgan qovun-tarvuzni ham uvol bo‘lmasligi uchun qo‘ni-qo‘shniga berishning aybi yo‘q.
Muhtaram azizlar! Payg‘ambarimiz ﷺ bir nechta hadislarida qo‘shnichilik haqlarini imon bilan bog‘laganlar. Ya’ni, kishining imonining butunligiga qo‘shnisiga qilgan muomalasiga qarab baho beriladi. Masalan, quyidagi hadisi sharifda shunday deyiladi:
(عَن أَبيِ هُرَيرَةَ رضي الله عنه أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: "واللهِ لا يُؤْمِنُ، وَاللهِ لا يُؤْمِنُ، وَاللهِ لا يُؤْمِنُ! قِيلَ: "مَنْ يَا رَسُول الله؟" قَالَ: "الَّذِي لا يَأمَنُ جَارُهُ بَوَائِقَهُ!" (مُتَّفَقٌ عَلَيهِ
ya’ni: Abu Hurayra dan rivoyat qilinadi, Payg‘ambar ﷺ dedilar: “Allohga qasamki, mo‘min emas, mo‘min emas, mo‘min emas!” So‘rashdi: Kim, Yo, Rasululloh? Dedilar: “Yomonligidan qo‘shnisi omonda bo‘lmagan kimsa” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Boshqa bir hadisda esa:
(عن أنس رضي الله عنه، قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلّم: «مَا آمَنَ بِي مَنْ بَاتَ شَبْعَان وَ جَارُهُ جَائِعٌ إِلَى جَنْبِهِ وَهُوَ يَعْلَمُ بِهِ» (رَوَاهُ الإِمَامُ الْبَزَّارُ
ya’ni: Anas rivoyat qilib aytadilar, Rasululloh ﷺ dedilar: “Yon qo‘shnisi och ekanligini bila turib, to‘q uxlagan kimsa menga imon keltirmabdi” (Imom Bazzor rivoyati). Demak, mo‘min kishi hech qachon faqat o‘zini o‘ylamaydi, balki yon atrofidagi qo‘ni-qo‘shnilarining holidan doimo xabardor bo‘ladi, biror mushkuli bo‘lsa, oson qilishga shoshiladi, muammosini birgalashib, hal etishga ko‘maklashadi. Yaxshilik qilish qo‘lidan kelmaganda, hech bo‘lmasa, yomonlik qilmaslikka, ziyon-zahmat yetkazmaslikka harakat qiladi. Imom Buxoriy “Adabul-mufrad” kitoblarida va Imom Abu Dovud “Sunan” kitoblarida quyidagi rivoyatni keltiradilar:
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ 5 قَالَ، جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَشْكُو جَارَهُ فَقَالَ: "اذْهَبْ فَاصْبِرْ" فَأَتَاهُ مَرَّتَيْنِ أَوْ ثَلَاثًا فَقَالَ: "اذْهَبْ فَاطْرَحْ مَتَاعَكَ فِي الطَّرِيقِ" فَطَرَحَ مَتَاعَهُ فِي الطَّرِيقِ، فَجَعَلَ النَّاسُ يَسْأَلُونَهُ فَيُخْبِرُهُمْ خَبَرَهُ فَجَعَلَ النَّاسُ يَلْعَنُونَهُ، فَعَلَ اللَّهُ بِهِ ، وَفَعَلَ وَفَعَلْ ، فَجَاءَ إِلَيْهِ جَارُهُ فَقَالَ لَهُ : ارْجِعْ لَا تَرَى مِنِّي شَيْئًا تَكْرَهُهُ" (رَوَاهُ الإِمَامُ البُخَارِي وَ الإِمَامُ أَبُو دَاوُدَ
ya’ni: Abu Hurayra ﷺ rivoyat qiladilar: “Bir kishi Payg‘ambar k ning huzurlariga qo‘shnisidan shikoyat qilib keldi. Rasululloh k unga: “Bor, sabr qil”, dedilar. U kishi yana ikki-uch marta kelgach, Rasululloh ﷺ unga: “Borginda, uyingdagi narsalarni ko‘chaga olib chiqib tashla”, dedilar. U uy jihozlarini ko‘chaga uloqtirib tashladi. Ko‘chadan o‘tgan odamlar buning sababini so‘raganlarida, u bo‘lgan voqeani ularga aytib berar, odamlar esa ozor berayotgan qo‘shniga Allohning la’nati bo‘lishini so‘rar, edilar. Oqibatda qo‘shnisi kelib, uyingga qayt, bundan keyin mendan hech ham yomonlik ko‘rmaysan, deb yalinib yolvordi”.
Ibn Abu Shayba w rivoyat qiladilar, Abdulloh ibn Amr 0: “Men sizlarga uchta falokatni aytaymi?” – dedilar. Ayting, deyishdi. Shunda u zot: “Yaxshilik qilsang minnatdor bo‘lmaydigan, yomonlik qilsang kechirmaydigan zolim rahbar. Yaxshilikni ko‘rsa, yashiradigan, yomonlikni ko‘rsa, fosh qiladigan yomon qo‘shni. Oldida bo‘lsang g‘azabingni qo‘zg‘atadigan, yo‘g‘ingda xiyonat qiladigan yomon xotin”, dedilar.
Dinimizda kishining yaxshi yoki yomonligi uning o‘z qo‘shnilariga bo‘lgan munosabatiga qarab ham baholanadi. Bu haqda Payg‘ambarimiz k dan quyidagi hadis vorid bo‘lgan:
(عَن عَبدِ اللهِ بنِ عَمَرو رَضِيَ اللهُ عَنُهمَا قَالَ، قَالَ رَسُول الله صلى الله عليه وسلم: "خَيْرُ الأَصْحَابِ عِنْدَ الله تَعَالَى خَيْرُهُمْ لِصَاحِبِهِ، وَخَيرُ الجِيرَانِ عِنْدَ الله تَعَالَى خَيْرُهُمْ لِجَارِهِ" (رواه الإِمَامُ الترمذي
ya’ni: Abdulloh ibn Amr dan rivoyat qilinadi, Rasululloh ﷺ dedilar: “Allohning nazdida do‘stlarning eng yaxshisi o‘z do‘stiga yaxshi munosabatda bo‘lgani, Allohning nazdida qo‘shnilarning eng yaxshisi o‘z qo‘shnisiga yaxshi munosabatda bo‘lganidir” (Imom Termiziy rivoyati). Hadislarda bayon qilinishicha to‘rt tarafdan qirqta xonadon bir-biriga qo‘shni hisoblanadi. Qo‘shnilarning ichida ehson qilinishiga eng haqlisi eng yaqin qo‘shnidir. Qo‘shnilardan qarindosh va dindoshi eng haqqi ko‘p qo‘shni sanaladi. Qarindosh bo‘lmagan g‘ayridin qo‘shnining ham qo‘shnilik haqqini rioya qilish lozim bo‘ladi.
Aziz namozxonlar! Yuqoridagi oyat va hadislardan kelib chiqib, olimlarimiz o‘z fiqhiy kitoblarida quyidagi qo‘shnichilik haqlarini sanab o‘tganlar:
Alloh taolo dunyodagi barcha xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik-birodarlik rishtalarini mustahkam qilsin. Qo‘ni-qo‘shnilar bilan samimiy aloqalarimiz yanada yaxshilanib borishini Alloh taolo barchalarimizga nasib aylasin. Omin!
Mustaqillik bayrami arafasida Vatan ozodligi yo‘lida kurashgan qahramon ajdodlarimizni minnatdorlik bilan yod etamiz, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ularning jasorati bugungi erkin hayotimiz va milliy istiqlolimizning qadrini yanada teran anglatadi.
28 avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyoboniga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ulamolar, nuroniylar va ziyolilar yig‘ildi.
Qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Vatan fidoyilari haqiga Qur’on tilovat qilinib, duo o‘qildi. Elga osh tortildi.
Xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qur’on tilovat qilindi. Shu yerda davlatimiz rahbarining ulamolar va ziyolilar bilan tarixiy xotirani asrash, qatag‘on qurbonlari nomini tiklash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan muloqoti bo‘ldi.
– Shu kunlarda el-yurtimiz bilan birgalikda mustaqilligimizning 35 yilligini katta xursandchilik bilan kutib olyapmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – O‘ttiz besh yildan buyon hech kimga qaram bo‘lmasdan, mana shunday tinch va tiniq osmon ostida erkin va farovon yashayapmiz. Bu – katta baxt, bebaho boylik. Shunday ulug‘ kunlarda istiqlol va ozodlik yo‘lida halok bo‘lgan qahramon ajdodlarimizni eslash, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirish – muqaddas burchimiz.
Davlatimiz rahbari fidoyi ajdodlarimizning qahramonligi hech qachon unutilmasligi, ularning jasorati xalqimiz uchun hamisha ma’naviy kuch manbai bo‘lib qolishini ta’kidladi.
– Barcha islohotlarimiz markazida turgan “Inson qadri uchun!” degan ezgu g‘oya jasur ota-bobolarimizning ruhlarini shod etish, orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ishlarimizni yanada kuchaytirishni talab etadi. Bu aziz insonlar xotirasi qancha e’zozlansa, bugungi tinch hayotimiz, milliy istiqlolimiz qadri shuncha oshadi, – dedi Prezident.
Keyingi yillarda qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shahidlar xotirasi xiyobonidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi to‘liq rekonstruksiya qilinib, ekspozitsiyasi boyitildi, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Raqamli tizimlar va sun’iy intellekt yordamida ko‘rgazmalarning ta’sirchanligi oshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda tashkil etilgan qatag‘on qurbonlari muzeylari ham zamon talablari asosida jihozlandi. Ularning fondlari dunyoning turli nuqtalaridan keltirilgan noyob hujjatlar va fotosuratlar bilan boyitilmoqda.
2021-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qatag‘on qurboni bo‘lgan 1 ming 200 dan ziyod yurtdoshimiz oqlandi. Joriy yilda sobiq mustabid tuzum davrida nohaq ayblanib, turli muddatlarga qamalgan yoki o‘limga hukm etilgan yana 161 nafar vatandoshimizning nomi oqlandi.
So‘nggi besh yilda jadid bobolarimiz merosini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Mustabid tuzumda nohaq qurbon bo‘lgan vatandoshlarimizning nomlari aniqlanib, ularning faoliyati, ilmiy va ijodiy merosi o‘rganilmoqda. Yuzlab, minglab fidoyi yurtdoshlarimiz haqidagi ma’lumotlar kitoblar, matbuot va ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga yetkazilmoqda.
Muloqotda o‘tgan asrning 80-yillarida ham minglab vatandoshlarimiz “paxta ishi”, “o‘zbek ishi” degan soxta ayblovlar bilan siyosiy qatag‘onga uchragani qayd etildi. 1983-1990 yillarda 40 ming nafar o‘zbekistonlik tergov qilinib, 5 ming nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bugun bu borada ham tarixiy adolat tiklanmoqda. Bunday ezgu ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari dunyoda qurolli mojarolar va siyosiy qarama-qarshiliklar kuchayib, ular bizga yaqin mintaqalarga ham kirib kelayotgani tashvishli ekanini ta’kidladi. Bu yurtimizdagi tinchlikni qadrlash, yanada jips va hamjihat bo‘lib yashashni talab etadi.
– Bizning yo‘limiz – tinchlik, do‘stlik va hamkorlik yo‘li. O‘zbekiston ushbu yo‘ldan hech qachon ortga qaytmaydi, – dedi Prezident.
Bugun yurtdoshlarimiz dunyoning istalgan mamlakatiga emin-erkin borib kelmoqda, O‘zbekiston barcha davlatlar bilan tenglik asosida hamkorlik qilmoqda. Bu mustamlakachilik zanjirlari va “paxta qulligi”dan butunlay ozod bo‘lganimizning amaliy ifodasidir.
Hayot va kelajakni bilim hamda ma’rifat asosida qurish, uzoq-yaqin mamlakatlar bilan do‘stona hamkorlik qilish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim sharti ekani ta’kidlandi. Buyuk jadid bobolarimiz bejiz millatni uyg‘oqlikka, bilim va ma’rifatga chaqirmagan. Ularning kurash va ma’rifat maktabi bugun ham g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega.
Shu bois, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetishiga katta e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi o‘n yilda oliygohlar soni 77 tadan 205 taga yetkazildi, qabul kvotalari muntazam oshirib borildi. Jahondagi TOP-100 talikka kiradigan oliygohlarda 3 ming 500 dan ziyod farzandimiz ta’lim olmoqda. Maktab va maktabgacha ta’lim tizimlarida ham muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
– Yoshlarni milliy g‘urur asosida tarbiyalashga alohida ahamiyat berishimiz kerak. Milliy g‘urur – insonning qalbini, yuragini, butun vujudini kuch-g‘ayratga to‘ldiradigan qudratli kuch. Milliy g‘ururi bor odam hech qachon yengilmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Poytaxtimizda Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etildi, Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi butunlay qaytadan bunyod qilindi, Marg‘ilonda Burhoniddin Marg‘inoniy nomidagi markaz ishga tushirildi. Bular Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li – tinchlik, do‘stlik va bunyodkorlik, bilim hamda ma’rifat yo‘li ekanini tasdiqlaydi.
So‘nggi o‘n yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan islohotlar tufayli 100 mingdan ziyod yurtdoshimiz hojilik maqomiga ega bo‘ldi. Davlatimiz rahbari diniy jamoatchilik jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yoshlarga to‘g‘ri tarbiya berish jarayonlarida yanada faol ishtirok etishiga ishonch bildirdi.
– Bugun mana shu tabarruk maskanda turib, tinch-osoyishta hayotimiz, erishayotgan yutuqlarimiz uchun Yaratganga behisob shukronalar aytamiz. Mana shunday ozod va farovon kunlarni orzu qilib, armon bilan o‘tgan qahramon ota-bobolarimiz, jasur momolarimizning ruhlari shod bo‘lsin! Yurtimiz tinchlik, taraqqiyot va farovonlik diyori sifatida yanada gullab-yashnasin! Alloh taoloning o‘zi Vatanimizni panohida asrasin! – dedi Prezident.
Ulamolar qatag‘on qurbonlari va Vatan ozodligi yo‘lida jon fido etgan ajdodlarimiz ruhiga duo qilib, yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka barqaror bo‘lishini tiladilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati