Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Mart, 2026   |   26 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:17
Quyosh
06:35
Peshin
12:37
Asr
16:42
Shom
18:33
Xufton
19:45
Bismillah
15 Mart, 2026, 26 Ramazon, 1447

Tadqiqot xiyonatni fosh qildi

11.07.2017   9894   5 min.
Tadqiqot xiyonatni fosh qildi

Ajrashgandan so‘ng darrov erga tegish mumkin emasligining sababi ilmiy jihatdan o‘rganildi.

AQSHlik olimlar Qur’oni karimdagi eridan ajrashgan yoki eri o‘lgan ayolning to‘rt oyu o‘n kun idda saqlashi haqidagi oyatning hikmatini aniqladi.

2011 yildan boshlab olimlar Qur’oni karim ko‘rsatmasiga binoan shariat ahkomiga ko‘ra eri o‘lgan yoki eridan ajralgan ayol 4 oyu 10 kun yoki uch marta hayz ko‘rguniga qadar turmushga chiqa olmasligini, buni shariatda “idda” deb atalishini tadqiq etdilar. 

AQSHning biologik tadqiqotlar laboratoriyasi direktori va Kaliforniya universitetining zaharli moddalarga oid fanlar professori, doktor Jamoliddin Ibrohimning ta’kidlashicha, “Ayollarning immun tizimini tadqiq etish jarayonida ularda naslga oid xotirani saqlab qoladigan maxsus hujayra mavjud ekani ayon bo‘ldi. Ayol eri bilan qovushganida ayolning organizmiga tushgan spermatazoidlarni uning tanasidagi to‘qimalar  nasl sifatida saqlab turadi. Ana shu to‘qimalar reproduktiv organlarda faolligini saqlab qoladi”

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, agar ana shu uch oy vaqt ichida ayol boshqa turmush qilsa, bu ayolning immunitet tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning tanasida saraton o‘smasini paydo qilishi mumkin ekan.  

Bu ilmiy tadqiqot ko‘p erga tegadigan ayollarda uchraydigan ko‘krak va tuxumdon saratonining sababini aniqladi.

Ayollar ikki sababga ko‘ra idda o‘tiradi:

eri o‘lgani sababli idda saqlaydi;

ajrashganidan so‘ng idda saqlaydi.

Bu boradaga shariatimiz hukmlari Qur’oni karimda quyidagicha bayon qilingan:

Xotinlaringiz orasidagi (keksayib) hayz ko‘rishdan umid uzganlari, agar sizlar (iddalari xususida) shubhalansangiz, bas, (bilingizki) ularning iddalari uch oydir, yana (biror marta) hayz ko‘rmaganlarning (iddalari) ham. Homiladorlarning (idda) muddatlari  homilalarini qo‘yishlari (ko‘z yorishlari)dir. Kimki Allohga taqvo qilsa, (Alloh) uning ishini oson qilur” (Taloq surasining 4-oyati).

Taloq qilingan ayollar o‘zlariga qarab, uch hayz muddati (o‘tishini) kutib o‘tiradilar...” (Baqara surasining 228-oyati)

Sizlardan vafot etib, xotinlarini qoldirgan bo‘lsalar, (beva xotinlari) to‘rt oyu o‘n kun o‘zlarini kuzatib (idda saqlab o‘tiradilar)...” (Baqar surasining 234-oyati).

Kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan amerikalik embriolog Rob Gillham (Robert M. Gillham) aynan ayollarning iddasi haqidagi oyatlarning haqiqatiga guvoh bo‘lganidan so‘ng islom diniga kirib musulmon bo‘ldi.

Albert Eynshteyn nomidagi institut olimlarini ajrashgan ayollarning idda o‘tirish muddati haqidagi shariat ko‘rsatmasi qiziqtirib qoldi. Ular ushbu mavzu yuzasidan tadqiqot olib borib ayolning tanasi erkakning “tamg‘a”sidan ana shu muddat ichida butkul xalos bo‘lishini aniqlashdi.

Misr milliy markazi qoshidagi tibbiyot universiteti professori, doktor Abdulbosit as-Said embriolog Gillhamning ilmiy ishini sharhlar ekan, “Jinsiy yaqinlikdan so‘ng ayolning tanasi erkakning “tamg‘a”sidan har oyda 30 foizdan xalos bo‘lib boradi. To‘liq tozalanishi esa Qur’oni karimda ko‘rsatilganidek, uch marta hayz ko‘rish davomida bo‘ladi”, dedi.

Ushbu tadqiqot Qur’oni karimning naqadar buyuk kitob ekanini tasdiqlovchi yana bir dalil bo‘ldi.

Embriolog tadqiqotini dastlab musulmonlar yashaydigan hududda, keyin esa nomusulmonlar yashaydigan hududda olib bordi. Ushbu jarayonda Gillham muslima ayollardan farqli o‘laroq boshqa ayollarning o‘z tanasida bir vaqtning o‘zida bir necha erkakning turli xil xromosomalarini ko‘tarib yurganiga guvoh bo‘ldi.

Xususan, u o‘z xotinida turli erkaklardan o‘tgan uch xil xromosomani ko‘rib, xotinining xiyonatidan voqif bo‘ldi. U uch nafar farzandidan faqat bittasi uning biologik jihatdan bolasi ekani haqidagi qarorga keldi. “Muslimalar – yer yuzidagi eng pok ayollardir”, deya xulosasini bayon etdi embriolog. 

Aslida bu jahon embriologiyasida birinchi uchragan hodisa emas. O‘z vaqtida kanadalik dunyoga mashhur olim,  anatomiya va embriologiya sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis, dunyoning sakkiz tiliga tarjima qilingan “Inson embriologiyasi”  kitobi muallifi Keyt Mur: “Agar 20 yil oldin Qur’oni karimni bilganimda Nobel mukofotini olar edim”, degan edi.

Embrionning rivojlanishini o‘rgangan ilmlari bir yarim ming yil burun Qur’oni karimda qanchalik aniqlik bilan yozilganiga guvoh bo‘ldi. Kashfiyotlari natijasini Mur yangi kitobiga jamlab uni “Inson embriologiyasi islomiy qo‘shimchalar bilan” deb atadi. 

Faktlarning ko‘rsatishicha, ko‘plab ilm-fan namoyondalari o‘zlari ko‘p yillar davomida tadqiq etib yechimini topdim degan masalalar Qur’oni karimda bayon etilganini ko‘rib hayratga tushmoqda. Natijada shunga o‘xshash kashfiyotlar va ixtirolar qilgan turli soha olimlari Qur’on karimni puxta o‘rganishga kirishgan. Ularning aksari Qur’oni karim oyatlarining ilmiy tasdig‘iga guvoh bo‘lganlaridan keyin haqiqiy dinga e’tiqod qilmoqdalar.  

Internet materiallari asosida Damin JUMAQUL tayyorladi.

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgan iftorliklarda milliy va diniy qadriyatlar targ‘ib etilmoqda

13.03.2026   11198   2 min.
Dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgan iftorliklarda milliy va diniy qadriyatlar targ‘ib etilmoqda

Germaniyaning turli hududlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan ham qator ma’rifiy uchrashuvlar va muloqotlar tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasida muborak vatandoshlarimiz uchun iftorlik tashkil etildi. Unga Germaniyada yashab, mehnat qilayotgan hamda tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz taklif etildi.

Mazkur tadbirda Farg‘ona shahridagi “Xo‘jamberdiboy” jome masjidi imom-xatibi Husniddin domla Tursunzoda ishtirokchilar bilan “Vatanga muhabbat – eng muqaddas tuyg‘u” mavzusida ma’rifiy suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, chet elda yashab faoliyat olib borayotgan vatandoshlarimiz o‘rtasida birlik va hamjihatlikni mustahkamlashning ahamiyati haqida so‘z bordi.


Virjiniya, Nyu-York, Baltimor shaharlarida vatandoshlar, jamoat faollari va turli sohalar vakillari ishtirokida iftorlik dasturxonlari yozildi.
Uchrashuvlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov boshchiligidagi ulamolarimiz Ramazon oyining fazilatlari, milliy o‘zlikni saqlash,  O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida ma’ruzalar qilishmoqda. 

Shuningdek, imom-xatiblarimiz u yerlarda taroveh namozlarini o‘qib berib, vatandoshlarimizni xushnud etmoqda. Ular do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitida, bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, Ramazon oyining ma’naviy qadriyatlari – bag‘rikenglik, saxovat va birlikni yana bir bor his qilishmoqda.


Yekaterinburg shahrida ham vatandoshlar uchun iftorlik uyushtirildi.

Unda Toshkent shahridagi “Baland” jome masjidi imom-xatibi A’zamjon Ergashev Islom dinining ma’naviy va insonparvarlik qadriyatlari haqida ma’ruza qilib berdi. 

Uchrashuv davomida vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan diniy va dunyoviy mazmundagi savollarga javob olishdi.

Mehmonlar uchun O‘zbekistonning turizm salohiyati va muqaddas qadamjolarini ochib beruvchi videoroliklar, milliy an’analar, madaniy meros va islom dinining jamiyat hayotidagi o‘rnini aks ettiruvchi tarqatma materiallar namoyish qilindi.

Dunyoning 50 ta shahrida o‘tkazilayotgan bunday xayrli tadbirlar vatandoshlarimizning ma’naviy birligini mustahkamlash, yurt bilan bog‘liqlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish hamda milliy va diniy qadriyatlarimizni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgan iftorliklarda milliy va diniy qadriyatlar targ‘ib etilmoqda Dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgan iftorliklarda milliy va diniy qadriyatlar targ‘ib etilmoqda Dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgan iftorliklarda milliy va diniy qadriyatlar targ‘ib etilmoqda Dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgan iftorliklarda milliy va diniy qadriyatlar targ‘ib etilmoqda Dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgan iftorliklarda milliy va diniy qadriyatlar targ‘ib etilmoqda
Ramazon