Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2026   |   20 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:56
Bismillah
08 May, 2026, 20 Zulqa`da, 1447

Kiyinish madaniyati millat ko‘rki

14.06.2017   34548   3 min.
Kiyinish madaniyati millat ko‘rki

Kiyinish madaniyati – insonning tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi , estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Kiyinish madaniyatiga bo‘lgan qarash insonning go‘zallik, nafosat, odob borasidagi ko‘z qarashlarini ifoda etadigan omil hamdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyimlar ham, kiyinishga bo‘lgan e’tibor va talab ham o‘zgarib bormoqda.

Yoshlarimizning moda ketidan ko‘r-ko‘rona quvishlari va yangi chiqqan tor, ochiq, kalta liboslarni moda deya e’tirof etishlari va bu turdagi kiyimlar albatta kiyilishi kerak deb fikrlashlari ayni xaqiqat. Bu kiyimlarning o‘zbekona madaniyatimizga mentalitetimizga xos emasligi haqida esa o‘ylab ko‘rishmayapti. Afsuski men bugungi yigit – qizlarimizning kiyinish madaniyati haqida ijobiy fikr bildiri olmayman. Chunki bugun ko‘cha kuyda, yevropaga taqlid qilib kiyinayotgan yoshlarimizda milliyligimiz aks etgan kiyimlar toboro kamayib bormoqda. Aslida kiyinish madaniyati xam o‘zbekona madaniyatimizning ajralmas qismidir. Bu masalaning jiddiy tomoni shundaki yuzaga kelayotgan ushbu muammo bugungi kunning muxim dolzarb mavzusiga aylandi. Ko‘pchilik yoshlarimiz  evropa uslubida kiyinmaslikni zamondan ortda qolish deb xisoblashmoqda. Bu fikrning mutlaqo noto‘g‘ri ekanligi haqida  fikr yuritishmayapti .

Yevropa modasi deb urf bo‘lgan bemani kiyimlarni kiyib o‘zini bugunning zamonaviy yoshlari deb xisoblaydigan xar bir yigit qiz qattiq adashadi va aksincha ular o‘zlarining ma’naviyati tafakkuri va dunyo qarashi qanchalik sayoz ekanligini “zamonaviy” liboslari orqali namoyon etishmoqda. Aslida insonning madaniyatga xos kiyinish uslubi uning ma’naviy olami qanchalik boy ekanligini namoyon etuvchi muxim omil xisoblanadi. Shu o‘rinda bir xaqiqatni aytish o‘rinli deb bilaman.  Yigit qizlarimizning kiyinish madaniyatida ota-onalarning alohida o‘rni bor. Tanasiga yopishib turuvchi yoki kalta va ochiq kiyimlarni o‘z qizlariga olib berayotgan ayrim ota-onalar buning salbiy oqibatlarga olib kelishini bilisharmikan. Afsuski ota-onalar orasida qizlarining kiyinishiga befarq qaraydiganlar talaygina.

Kiyinish borasida nafaqat qizlarimiz balki yigitlarimiz ham tobora “zamonaviylashib” borishyapti. Har xil bemani yozuv va rasmlar tushirilgan futbolka, kalta shim va  shippaklarda ko‘chani to‘ldirib yurishgani ayni haqiqat. Sigaret chekayotgan odamning surati tushirilgan yoki skelet rasmi solingan futbolkalarni kiyishga ishtiyoqmand o‘zbek yigitlarimizning bu ishlari o‘zbekona madaniyatimizga to‘g‘ri kelmasligini anglay olishmayapti. Tasavvur qilib ko‘ring kalta shim yoki futbolka kiyib olgan ota yoki tor va ochiq libosga burkangan ona o‘z farzandiga ibrat bo‘lish o‘rniga shu muhitda ulg‘ayishi uchun zamin yaratayotgandek go‘yo. Haqiqatki bunday ota-onalar ba’zi-ba’zida uchrab turibdi.

Eng avvalo ota ona o‘z farzandini kiyinishiga e’tibor berishi, doimiy nazorat qilishi zarur. Shundagina yuqorida keltirilgan  muammolar va salbiy fikrlar yuzaga kelmaydi. Istardimki qizlarimiz ibo hayoda barchaga namuna bo‘lib, yigitlarimiz haqiqiy o‘zbek o‘g‘loni sifatida qolishsa va kiyinish madaniyati xam milliyligimizni o‘zida mujassam etgan eng muhim omil ekanligini yodda saqlashsa nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.

G‘olibjon Xidirov

Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hojilarimiz yuksak e’tibor va munosib sharoitlardan mamnun

08.05.2026   3039   1 min.
Hojilarimiz yuksak e’tibor va munosib sharoitlardan mamnun

Bu yilgi haj safari yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidlash joiz. Hojilarimiz uchun barcha tashkiliy masalalar puxta yo‘lga qo‘yilgan. Safardan tortib joylashish, ovqatlanish, transport va tibbiy xizmatgacha bo‘lgan barcha jarayonlar tizimli tashkil etilgani sababli ziyoratchilarimiz xotirjam holda ibodatlarini ado etishyapti.

 

Ayniqsa, keksalar va ehtiyojmand hojilarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik alohida tahsinga loyiq. Har bir hojining kayfiyati ko‘tarinki, ruhiyati tetik. Ularning chehralarida mamnuniyat va shukronalikni ko‘rish mumkin.

 

Shu bilan birga, safar davomida hojilarimiz uchun muntazam ma’rifiy suhbatlar, diniy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bu suhbatlarda haj ibodatining mazmun-mohiyati, odob-axloq masalalari, yurt tinchligi va qadriyatlarimiz haqida fikr almashilmoqda. Bu esa ziyoratchilarimizning ma’naviy olamini yanada boyitishga xizmat qilmoqda.

 

Hojilarimiz yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar va muqaddas safar uchun ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibordan mamnun holda, xalqimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi va yurtboshimiz haqlariga samimiy duolar qilishmoqda.

Abduqahhor YUNUSOV,

Toshkent shahar bosh imom-xatibi

Yangiliklar