Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Yanvar, 2026   |   26 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:37
Shom
17:22
Xufton
18:40
Bismillah
15 Yanvar, 2026, 26 Rajab, 1447

Go‘shanga odobi

06.05.2017   15119   3 min.
Go‘shanga odobi

Xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimiz ila yo‘g‘rilgan juda ko‘p udumlarimiz bor. Bu odatlar ota-bobolarimiz zamonasidan beri  rioya qilinib kelingani bois, odatlar asosini din tashkil qiladi degan tushunchada bo‘lishgan.

Ma’lumki nikoh ikki yoshning oila deb atalmish jamiyatning bir bo‘lagini yaratilishidir. Nikoh marosimi bilan bog‘liq turli  odatlar borki, shular  borasida fikr yuritmoqchimiz.

Nikohning ilk kechasi  yangalar tomonidan turli irimlar qilinadi. Bu odatlardan oyna, kosada shirin suv va Qur’on kitob olib kiriladi. Kelin-kuyov oynaga qarab o‘z niyatlarini bayon qilishlari kerak. Bu kabi odatlarning hech biri shariatda ko‘rsatilmagan. Ammo bu oldingi vaqtlar joriy qilingan odat bo‘lib, kelin-kuyovlar ilk bor  bir-birlarini chimildiqda ko‘rishganlari uchun oyna orqali bir-birlari bilan tanishishgan. Hozirgi vaqtda esa bunday udumga hojat yo‘q, chunki nikohdan oldin kelin-kuyov bir-birlarini tanib ulgurishadi. Shirin suvdan ichib yaxshi niyatlar qilinadi. Bularning hammasi chaqqon yangalar orqali amalga oshiriladi.

Hammasidan ham o‘tib tushadigani kuyov tomondan bir ayol, kelin tomondan bir ayol bo‘lib, kelin-kuyovlarning krovatida yotib berishadi. Keyin “tug‘di” marosimi qilinadi. Yangalar yostiqni o‘rab, unga alla aytishni boshlashadi. Alla aytganga esa atrofdagilar pul berishadi.  Shundan keyin “patnis chalish” irimi boshlanadi.  To kelin tomonidan biror narsa undirishmaguncha patnisning ovozi tinmaydi.
Aslida Allohning kalomidan o‘qib, kelin-kuyov uchun chiroyli duolar qilinishi zarur.

Boshqa  hududlarda kuyov kelinni xonadonga olib kirishidan avval alanga atrofida aylantirish  odati bor. Bu amal ham bid’at amallardan bo‘lib, odatda jinlardan asrash yoki bir-biriga isitish maqsadida o‘tkaziladi.

Kelin-kuyovni baland qilib to‘shalgan o‘ringa yotqizib, ustiga ko‘rpa solib qo‘yishadi.   O‘rin atrofida ayollar esa tong otar turli voqealarni aytib, go‘yoki kelin-kuyovlarga hayotdan saboq berishadi.

Nikoh deb atalmish baxt qasrining ilk kechasida turli odatlari-u, irim-sirimlar emas, balki  Yaratgandan go‘zal niyatlar ila shukrona namozlarini o‘qish, duolar qilish darkor. Namoz o‘qib, duolar qilish  bir oz qo‘rquvda va hayajonda turgan ikki yoshni  tinchlantiradi.

Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

“Qachon biringiz biror ayolga uylansa, qo‘shilish kechasida ikki rakaat namoz o‘qisin, un(kelin)ga ham ortida ikki rakaat namoz o‘qishini aytsin. Albatta, Alloh uyda yaxshilikni (paydo) qiluvchidir” (Bazzor rivoyat qilgan).

Shuning uchun ham yoshlarga kuyov jo‘ra, kelinga yanga tanlashda diniy ilmga, tibbiy madaniyatga ega insonlar tanlanadi. Bu insonlarning yangi hayot qurayotgan yoshlarga beradigan maslahatlari nafaqat  nikohning ilk kechasi, balki hayot davomida duch keladigan muammolarda birgalashib yechim topish, er va ayollik vazifalari,  bir-birlarini tushunish, ishonch, qaynbo‘yinlar bilan munosabatlarda o‘z samarasini beradi. Kelin yanga va kuyov jo‘raning vazifalari o‘ta mas’uliyatli bo‘lib, ularni ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘llari kelin-kuyovlarning yangi hayotga ko‘nikishlarida yordam beradi.

O‘zaro ishonch, mehr-muhabbat, bir-birini quvvatlash esa hayrli duolar ila yuzaga keladi. Jamiyatimizdagi qurilayotgan har bir yangi oila mukammal baxtga, tinchlik-xotirjamlik va bolalar kulgusiga to‘la bo‘lishini Yaratgandan so‘rab qolamiz.

 

Munira ABUBAKIROVA

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Milliy armiyamiz – mustaqillik posboni” mavzusida vebinar uchrashuv tashkil etildi

14.01.2026   7279   1 min.
“Milliy armiyamiz – mustaqillik posboni” mavzusida vebinar uchrashuv tashkil etildi

“14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik va yoshlar bilan ishlash departamenti boshlig‘i, polkovnik Baxrom Zulfiqorov, Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi Urol Mamataliyev va IIV Profilaktika katta inspektori, katta leytenant Sherzod Qudratov ishtirokida Toshkent islom instituti talabalariga “Milliy armiyamiz – mustaqillik posboni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqillik va tinchlikni asrash, Vatan tuyg‘usi, uni himoyalash, mardlik, jasorat va sadoqat kabi insoniy tuyg‘ular borasidagi mas’uliyatni oshirishdir.

Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 34 yilligi arafasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda mehmonlar o‘z hayot yo‘llari, erishgan yutuqlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tashkil etilishi, bugungi kunda harbiy xizmatni o‘tash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, vatan himoyasi uchun bel bog‘lagan harbiylarning mashaqqatli hamda sharafli faoliyatlari, ularning qat’iyatliligi, mehnatsevarligi, yurtga, millat va qadriyatlarga sodiqliklari haqida juda jo‘shqin, ko‘tarinki ruhda talaba yoshlarga so‘zlab berdilar.

Islomda Vatan tuyg‘usi oliy qadriyatlardan biri hisoblanib, yurt sarhadlarini qo‘riqlash, dushmanlardan mudofaa qilish, askarlik va osoyishtalikni ta’minlash yo‘lida xizmat qiladiganlarga ulkan ajr va savoblar va’da qilingan.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Yo.Buxarbayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari va talabalar ishtirok etdi.

“Milliy armiyamiz – mustaqillik posboni” mavzusida vebinar uchrashuv tashkil etildi “Milliy armiyamiz – mustaqillik posboni” mavzusida vebinar uchrashuv tashkil etildi “Milliy armiyamiz – mustaqillik posboni” mavzusida vebinar uchrashuv tashkil etildi “Milliy armiyamiz – mustaqillik posboni” mavzusida vebinar uchrashuv tashkil etildi “Milliy armiyamiz – mustaqillik posboni” mavzusida vebinar uchrashuv tashkil etildi “Milliy armiyamiz – mustaqillik posboni” mavzusida vebinar uchrashuv tashkil etildi “Milliy armiyamiz – mustaqillik posboni” mavzusida vebinar uchrashuv tashkil etildi
O'zbekiston yangiliklari