Uyga halol rizq topib borish kerak. Jamiyatda tarqab qolgan, quloqqa chalingan gaplardan biri shuki, ba’zi johil kimsalar odamlarni aldab, pulini yeb ketib, keyin bir marta hajga borsam, gunohlarim yuviladi deb o‘ylab yurishgan ekan. Yoshlikda, kuch-quvvat borida ana shunday gunoh ishlarni qilib yurib, keyin qariganda hajga borib kelsam, onadan tug‘ilganday bo‘lib qolaman deb yurgan yoshlar ham bor ekan. Gunohni qilib-qilib, keyin hajga borar ekan-da, keyin yana boshlar ekan. Keyin yana bir borib kelar emish, oxirgisidan keyin bu ishni to‘xtatar emish, chunki ancha o‘ziga kelib olgan bo‘lar emish. Shunday johil, nodon odamlar bor ekan oramizda. Shu tushunchasi bilan masjidga qatnab yuribdi. Ammo odamlarni ishontirish uchun, o‘zini namozxon qilib ko‘rsatish uchun qatnayapti. Bundaylarga aytib qo‘yishimiz kerakki, bilib turib qilingan gunohni Alloh kechirmaydi, aksincha, uning azobi juda qattiq bo‘ladi. Bilmay qilgan bo‘lsa, Alloh kechirsa-kechirar, O‘ziga havola. Ammo qasddan qilingan gunohdan O‘zi asrasin!
Rahmatulloh SAYFUDDINOV,
«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi
Shuningdek, Ahmadxon domla “Sadaqayrog‘och” jome masjidida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, masjid fayzini yanada oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalarini berdi. Tashrifning eng ta’sirli jihatlaridan biri — tumandagi kam ta’minlangan oila uchun qurilayotgan yangi xonadonning ziyorat qilinishi bo‘ldi. Bosh imom-xatib bu saxovatli ishda bosh-qosh bo‘layotgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildirib, ularning haqqiga xayrli duolar qildi.
Ushbu tashrif Tayloq tumanidagi bunyodkorlik va mehr-oqibat tadbirlariga yangicha ruh va yuksak baraka bag‘ishladi.
Sammuslim.uz