Sayt test holatida ishlamoqda!
28 May, 2026   |   10 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:54
Peshin
12:25
Asr
17:31
Shom
19:51
Xufton
21:23
Bismillah
28 May, 2026, 10 Zulhijja, 1447

Tahajjud qanday namoz?

17.04.2017   105975   2 min.
Tahajjud qanday namoz?

Savol: Assalomu alaykum, Tahajjud (tungi namoz) qanday o‘qiladi: necha rakat bo‘ladi, qachon duo qilinadi va uni o‘qishning eng ma’qul vaqti tunning qaysi vaqti?

Javob: Tahajjud – xufton namozidan keyin yoki tunda bir necha soat uxlab turib o‘qiladigan nafl ibodat. Shu boisdan uni “tungi namoz” ham deb ataydilar.  Agar bu namoz tunning bir qismi uxlab o‘tkazilgandan so‘ng o‘qilsa, ana shunga “tahajjud” deb ataladi. Tahajjud namozining eng kami ikki rakat, eng ko‘pi o‘n ikki rakat bo‘ladi. Eng afzali, bu namozda har ikki rakatdan so‘ng salom aytilganidir, degan olimlarimiz.

Tahajjud qanday o‘qiladi?

  1. Niyat qilinadi;
  2. Har ikki rakatdan so‘ng salom aytib sakkiz rakat o‘qilgani ma’qul. Bu bilan azza-bazza tunda uyqudan turib, tahorat olib namoz o‘qigan odam sajdalarining sonini ko‘paytirib oladi;
  3. Ibn Obiddinning “Raddul Muxtor” kitobida aytilishicha, tahajjudni har to‘rt rakatda salom aytib ham o‘qisa bo‘ladi.
  4. Tahajjud to‘rt rakat qilib o‘qilganda to‘rt rakatli boshqa namozlarga o‘xshab o‘qilaveradi.

Hadisi shariflardan birida: “Tungi namozda bardavom bo‘ling. Chunki u sizlardan oldingi mo‘tabar zotlarning odati edi. Tungi sajda insonni Allohga yaqinlashtirib, yo‘l qo‘ygan gunohlaridan forig‘ qiladi, ko‘plab kasalliklardan qutqaradi va gunohu mas’iyat ishlardan qaytaradi” (Termiziy rivoyati), deyilgan.  Alloh taolo Rasuliga xitoban: “Tunda (yarim kechada) uyg‘onib o‘zingiz uchun tahajjudni (nafl namozini) o‘qing! Shoyadki, Rabbingiz Sizni (Qiyomat kunida) maqtovli (shafoat qiladigan) maqomda tiriltirsa” (Isro, 79), deb marhamat qilgan.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tahajjud namozini hech qachon qochirmaganlar. Hatto og‘ir bemorlik vaqtlarida ham tahajjudni o‘tirgan hollarida o‘qiganlar (Abu Dovud).

Robiya JO‘RAQULOVA tayyorladi.

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

ARAFOTDA ZIYORATCHILAR DUO-ILTIJOLARGA KIRISHDI

26.05.2026   21226   1 min.
ARAFOTDA ZIYORATCHILAR DUO-ILTIJOLARGA KIRISHDI

Bugun, zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni yurtimiz ziyoratchilari hajning eng muhim farzini ado etish maqsadida Arafot maydoniga borib joylashdi.



Hadislarda keltirilishicha, Arafot ulug‘ manzillardan biri bo‘lib, bu yerda qilingan duolar shak-shubhasiz qabul bo‘ladi. Buni yaxshi anglagan hojilar har damni g‘animat bilib, bundan unumli foydalanmoqda.
 

Ishchi guruhi tomonidan ziyoratchilarimiz xotirjam ibodat qilishlari uchun keng va shinam chodirlar tayyorlangan, sovutkich va muzlatkichlar uzluksiz ishlamoqda, uch mahal issiq ovqat, shirinlik va salqin ichimliklar muntazam taqdim etilmoqda.


 

Hojilarimiz Arafotda duoi xayrlar, ibodatlar bilan bo‘lib, peshin va asr namozlarini jam qilib o‘qiydilar. Duo va tazarrularda bardavom bo‘ladilar. Alloh taolodan yurtimiz tinch, xalqimiz hayoti yanada farovon bo‘lishini, farzandu arjumandlarimiz baxtu saodatini so‘rab iltijolar qilishadi.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

ARAFOTDA ZIYORATCHILAR DUO-ILTIJOLARGA KIRISHDI ARAFOTDA ZIYORATCHILAR DUO-ILTIJOLARGA KIRISHDI
O'zbekiston yangiliklari