Alqama rahmatullohi alayhining to‘liq ismi: Abu Shibl Alqama ibn Qays Ibn Abdulloh ibn Molik Naxaiy Kufiydir. U zot Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlik vaqtlarida yettinchi asrda tug‘ilgan. Shu bilan birga u zotga Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni ko‘rishlik nasib qilmagan.
Alqama rahmatullohi alayhi muhaddis, mufassir, Ko‘faning faqihi, olimi va qorisi edi. U zot Iroqning Ko‘fa shahrida istiqomat qilar edi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuga shogird bo‘lib, u zotni mahkam ustoz tutadi. Ali ibn Tolib roziyallohu anhu va Ibn Mas’ud roziyallohu anhumolardan keyin imomatchilikka va fatvo berishlikka eng munosib nomzod edilar. Hatto ba’zi sahobalar U zotdan fatvo so‘rashar edi.
Alqama rahmatullohi alayhi quydagi sahobalardan hadis rivoyat qilganlar:
Alqama rahmatullohi alayhidan quydagi tobi’inlar hadis rivoyat qilganlar:
Imom Zahabiy u zotni: “Imom, Hofiz va Ulug‘ mujtahid” edi deb sifatlaydi.
Ustozlari:
Usmon ibn Said rohimahulloh aytadi: “Men ibn Ma’undan “Senga Alqama yaxshiroqmi, yoki Ubayda?”-deb so‘radim. U ikkovidan birini ham afzal demadi. Men: Ikkovi ham eng ishonchli roviy, biroq Alqama Abdullohning shogirdlari orasida olimroq” dedim.
Abul–Musanno rohimahulloh aytadi: “Agar sen Alqamani ko‘rgan bo‘lsang, Abdullohni ko‘rmaganing zarar qilmaydi, chunki, Alqama qiyofada ham, ilmda ham Ibn Mas’udning o‘zginasidir”.
Abdurahmon ibn Yazid rohimahulloh aytadi: “Men nimani o‘qisam va nimani bilsam, Alqama ham shuni o‘qigan va shuni bilgan bo‘lardi”.
Alqama ibn Qays rohimahulloh “olti sahih” mualliflari huzurlarida tan olingan, ishonchli roviylardan edilar.
Alqama ibn Qays rohimahulloh Yazid ibn Mu’oviya rohimahullohning xalifalik zamonida hijriy 62 sanada, tuqson yoshlarida vafot etganlar.
Manbalar asosida
Abdus Somad Abdul Bosit tayyorladi
Diniy soha xodimlari o‘rtasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqaning viloyat bosqichlari tashkil etilmoqda.
Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazilgan mazkur bosqichlarda shaharu tumanlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar o‘zaro bellashdi. Ular o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va mahoratini namoyon etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng kuchli va mahoratli ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ta’kidlash joizki, mazkur musobaqalar diniy soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy sport turlarini rivojlantirish va o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati