Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Iyul, 2026   |   13 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:37
Quyosh
05:08
Peshin
12:35
Asr
17:35
Shom
19:50
Xufton
21:18
Bismillah
27 Iyul, 2026, 13 Safar, 1448

To‘rt savolga bir javob

23.03.2017   9755   1 min.
To‘rt savolga bir javob

Kunlardan birida Hasan Basriy rahmatullohi alayhning oldilariga to‘rt kishi shikoyat qilib keldi. Ulardan biri qurg‘oqchilikdan, boshqasi qashshoqlikdan, uchinchisi befarzandlikdan, so‘nggisi esa hosilning yo‘qligidan qanday qutilish mumkinligi haqida maslahat so‘radi.

Shunda Hasan Basriy rahmatullohi alayh ularga yuzlanib:

  • Tavba qiling, – dedi.

Haligi odamlar hayron bo‘lib:

  • Ey solih, bizning muammolarimiz turlicha bo‘lsa, sen bizga bir xil maslahat berding”, – deyishdi.

So‘ngra Hasan Basriy rahmatullohi alayh Allohning kalomi Qur’oni karimning ushbu oyatini tilovat qildi: Bas, dedimki: «Robbingizdan mag‘firat so‘rangiz! Albatta, U (bandalariga nisbatan) o‘ta kechirimli Zotdir. (Shunda, ya’ni istig‘for aytsangiz) ustingizga osmondan (barakali) yomg‘ir yog‘dirur, sizlarga mol-dunyo, farzandlar bilan madad berur hamda sizlarga bog‘lar (barpo) qilur va sizlarga anhorlarni (ato) qilur (Nuh, 10-12).

Darhaqiqat, xolis tavba bandaga ko‘plab foyda keltiradi. Tavba qiluvchi uchun Alloh taolo bu dunyo va oxiratda ajrini tayyorlab qo‘ygan. Albatta, Alloh bandalariga nima yaxshi ekanini yaxshi biladi.

Davron NURMUHAMMAD

tayyorladi

 

 

 

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi

27.07.2026   1366   1 min.
Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi

“Buyuk vatandoshimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–275-son, 24.07.2026 y.) qabul qilindi, xabar bermoqda huquqiyaxborot Telegram kanali.

Qarorga ko‘ra, joriy yilda Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi.

Termiz shahrida 2026 yil noyabr oyida “Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Hakim Termiziyning “Navodirul usul” va “Bahrut tafsir” asarlari hamda allomaning ilmiy merosiga oid boshqa manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalari nashr etiladi.

2026 yil davomida Hakim Termiziy ilmiy merosiga oid turkum risolalar nashrga tayyorlanadi va chop etiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Hakim Termiziy asarlari bilimdoni” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblar munosib taqdirlanadi.

Alloma tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan Hakim Termiziy xotirasiga bag‘ishlangan kurash turniri 2026 yil noyabr oyida “Mardlar maydoni” shiori asosida yuqori saviyada o‘tkaziladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari