Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Za’faron – ziravorlar sultoni va sultonlar ziravori

28.02.2017   38529   17 min.
Za’faron – ziravorlar sultoni va sultonlar ziravori

Za’faron (Crocus sativus – lotin.) –sapsarguldoshlarga mansub ko‘p yillik o‘tsimon tuganak piyozli o‘simlik. Yovvoyi holda uchramaydi. Hindiston, Pokiston, Xitoy, Janubiy Yevropa, Ozarbayjonda katta maydonlarda ekiladi. Piyozining diametri 1-2 santimetr. Bargi 5-15 ta, och sariq rangda; eni 2 mm, tuksiz. Guli 1-4 ta, gultoji oqish, pastki qismi (tashqi tomondan) binafsha rang, uzunligi 2-4 sm. Changchilari gulqo‘rg‘ondan qisqa. Ko‘sagi cho‘ziq, eni 6-7 mm. Fevral-iyulda gullaydi, aprel—avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi bo‘lgani uchun hidi juda o‘tkir va yoqimli. 90-100 ming dona za’faron gulidan 1 kg qurigan gul tumshuqchalari olinadi. Za’faron gulining quritilgan tumshuqchalari murabbo, tortlar rangi va ta’mini yaxshilash, oziq-ovqat (pishloq, sariyog‘, likyor va boshqalarda rang berish uchun), parfyumeriya (atir-upa) sanoatida ishlatiladi. Tabobatda dori-darmon sifatida qo‘llaniladi.

Za’faron o‘rta asrlardan beri bahosi va qadri tushmay kelayotgan yagona ziravordir.  O‘rta asrlarda bir qadoq (450 g) za’faronni zotli arab chopqir otiga ayirboshlash mumkin bo‘lgan.

Bu ziravorning nomi deyarli hamma tillarda arabcha “sariq” ma’nosini beradigan “za'faron” so‘zidan  olingan bo‘lib, qadimda mazkur noyob o‘simlik-dan bo‘yoqlash moddasi sifatida foydalanilganidan dalolat beradi.   Hozirgi davrda za’faron o‘zining azaliy ahamiyatini yo‘qotib, asosan pazandalikda ishlatiladi va oltin bilan teng baholanadi. Yer yuzida bugungi kunda yiliga faqat uch yuz  tonna za’faron yetishtiriladi.

Ma’lumki, za’faron insoniyatga ziravorsifatida iste’mol qilinishi to‘rt ming  yildan ko‘proq tarixga ega bo‘lib, bo‘yoq sifatida  neolit davrida tog‘larda qoya toshlariga rasm chizishda ishlatilgan. Qadimgi Mesopotamiyada   uni taomda ishlatilgan izlari arxeologlar tomonidan aniqlangan. Yozuvlarda u haqda birinchi eslatmalar  Shumer sivilizatsiyasi qoldiqlarida kuzatiladi. Eronda eramizdan avvalgi X asrda za’faron tolalarini qurbonlik o‘raladigan matolarni bo‘yashda ishlatilgan, undan shuningdek kuchli tomizg‘i sifatida foydalanib,  attorlik mollari va lazzatli yog‘lar tayyorlashgan.  Iskandar Zulqarnayn armiyasida  jarohatlarni davolashda ishlatilgan. Qadimgi Ahdda (Tavrotda) za’faron qurbonlik qilishda yordamchi vosita, bo‘yoqchilik va attorlik  moddasi sifatida ishlatilishi haqida bitilgan. Qadimgi Xitoy manbalarida  shifobaxsh dori vositasi sifatida eslatilgan. Sharqda  budda monaxlari liboslarini bo‘yash uchun  ishlatilgan. Yevropada uni ishlatgan boylar jamiyatda kiborlar tabaqasiga mansubligini ifodalagan. Rim arkoni davlati za’faronni dori sifatida, teri va matolarga bo‘yoq,  attorlik moddasi sifatida ishlatgan. U – eng mazali ziravor, sifatli tabiiy bo‘yoq moddasi  va  qimmatbaho attorlik vositasi, hamma dardlarga davo  bo‘luvchi  moddadir.

Sharqda ilgarilari u  “qizil oltin” deb nomlangan. Za’faron  qim-matbaholigining sababi  ikkita:  birinchidan, uni yetishtirish juda mashaq-qatli ish, ikkinchidan, xushbo‘yligi, ta’mi va davolash xususiyatlari  bo‘yicha za’faron ziravorlar orasida tengsizdir.  Za’faron – yiliga bir marta 10-15 kun ommaviy gullaydigan, har bir gul ochilishining davomiyligi  faqat 2-3 kun bo‘lgan  qirmizi “krokus” (lotincha nomi) onalik guli tumshuqlari-ning quritilganidir.Za’faron gullari va xususan onalik gullarini  qayta ishlash faqat qo‘l mehnati bilan amalga oshiriladi.     Onalik gullari tum-shug‘i faqat gullarning birinchi ochilgan kuni qirqib olinishi lozim. Uning sifati terim  va uni quritishning tezligi bilan bog‘liqdir. Bir kilogramm za’faron yig‘ish uchun tongda quyosh hali onalik gullarini quritib ulgurmasidan, 150 ming dona atrofidagi guli terib olinishi lozim. Bir gektar yer maydonidan terimchilarning mahorati va ob-havoning munosib sharoitiga qarab 8-12 kilogramm za’faron yig‘ib olish mumkin.

Za’faronning kimyoviy tarkibi 10-12 % suv, 5-7 % mineral moddalar, 5-8 % moy va mo‘m , 12-13 % oqsil va eng oz miqdorda yog‘ ekstraktidan iborat o‘ziga xos va xushbo‘y yoqimli moddalardan tarkib topgan.

Qadimgi zamonlardan ma’lumki, u nodir va bemisl xususiyatlarga ega. U og‘riqni qoldiruvchi, quvonch va xursandchilik baxsh etuvchi,  tushkunlikdan chiqaruvchi, quvonch gormoni – serotonin ishlab chiqarish xususiyatiga egadir. Shunday qilib, za’faron – inson doimiy iste’mol qilishga o‘rganib qolmaydigan, yengil psixotrop moddadir. Hakim Ayurveda za’faronni  hazm taomni yaxshilashga, sezgi va nafas olish organlarini mustahkamlashga, jigar, buyraklar, limfa bezlarini tozalashga, titroqni bosishga, tomirlarda to‘xtagan qonni yurgizishga, yuz rangini tiniqlashga, jinsiy quvvatni faollashtirishga ham xizmat qilishini ta’kidlagan. Qadimda kiborlar jamiyatiga mansub ayollar tug‘ish oldidan og‘riqni yengillashtirish maqsadida za’faron eritilgan suvni ichishgan. 

Zamonaviy tibbiyotda u ko‘zga tomiziladigan dori tayyorlashda va umumiy quvvatlantiruvchi turli dori-darmonlar tayyorlashda ishlatiladi. Za’faronning antikanserogen va antimutagen xususiyatlarga egaligi isbotlangan. Uni qaynoq sut bilan ichilsa,bosh miya faoliyatini mustahkamlab, xotirani kuchaytiradi. Agar  asal bilan iste’mol qilinsa, buyrakdagi  toshlarni maydalanishiga yordam beradi.  Za’faron guli tumshuqlari eritmasi inson organizmiga zarur bo‘lgan karotin, tiamin, riboflamin, flavonoidlar, kalsiy, fosfor kabi moddalarga va turli vitaminlarga boy.To‘rt ming yillik   ishlatish tarixida uning to‘qson xil turli kasalliklarni davolashda  qo‘llanishi aniqlangan.

Za’faronning xushbo‘y hidini hidlash  insonni nafas olish organlariga ijobiy ta’sir qilib tinchlantiradi va uyqusizlikdan qutilishga yordam beradi. Kuchli bosh og‘rig‘ida va quloq shamollaganida za’faron suvida paxta yoki yumshoq matoni ho‘llab kasal a’zoga bosilsa, og‘riqni qoldiradi. Bundan tashqari u qorin ochish hissini ham kamaytiradi. Za’faron  me’yoridan oshirib ishlatilsa, sezgi organlarini qattiq zo‘riqishiga olib kelishi mumkin. Me’yordan ko‘p ovqatga qo‘shilgan za’faron  taomni buzishdan tashqari insonni zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bir necha gram yangi uzilgan sifatli za’faron iste’mol qilinsa, o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin. Mutaxassis maslahatisiz  homilador ayollarga tinchlantiruvchi  vosita sifatida iste’mol qilish  tavsiya etilmaydi.

Za’faron sanoatda ipak, to‘qilgan tolalar, gilamlarni bo‘yashda, sariq rangli siyoh tayyorlashda, qimmatbaho qog‘oz ishlab chiqarishda, rassomlikda, teriga yozuv ishlash va boshqalarda ham ishlatiladi.

U pazandachilikda mislsiz vositadir. Uning kichkina tolasini   qo‘shib pishirilsa, taom yoqimli oltin rangida tovlanib, o‘ziga xos xushbo‘y ta’mga ega bo‘ladi va oson hazm bo‘ladi.

Za’faron to‘q qizil va jigar rang-qizil, mayin ingichka ipga o‘xshash bo‘-lib, orasida sariq rangli bir nechta tolalar  bir-biriga o‘ralib, chirmashib turgan o‘simlik guli onaliklaridir. Taomni o‘ziga xos mayin, xushta’mlik va noyob aralash o‘tkir achchiq-shirin mazali qilishga za’faronning bitta ingichka tolasi ham yetarli bo‘ladi. Nozik  didli xo‘randalar za’faron qo‘shilgan taom mazasini yangi o‘rilgan o‘t,  temir-asal ta’mini berishini ta’kidlashadi.

Pazandachilikda za’faron suyuq ovqatlar, baliq, go‘shtli, sabzavotli taomlar va shirinliklar pishirishda ularga nozik ta’m, dorivor mazasi, chiroyli oltin rang berish uchun ishlatiladi. Za’faronni choy, kofe va alkogolsiz ichimliklarga  qo‘shilsa, insonni  tinchlantirib, osoyishtalik bag‘ishlaydi. Odatda za’faronning suvdagi eritmasi taom tayyor bo‘lishi oldidan qo‘shiladi.   Har 1 litr tayyor taomga za’faron eritmasidan 5-6 tomchidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda  qo‘shish kifoya qiladi. Bunday eritma tayyorlash uchun maydalab upa holiga keltirilgan za’farondan chorak choy qoshig‘i miqdorida 50 g qaynatilgan suvga qo‘shib xuddi choy damlaganga o‘xshash uslubda 30 daqiqa tindirib, damlanma tayyorlanadi.

Za’faron xarid qilishda  yanchilib maydalanganini emas, balki butun tolali gullarini    olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan ikki ming yil avval Pliniy yanchilgan za’faron qalbaki bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlan-tirgan. O‘rta asrlarda za’faronni soxtalashtirgan kishi gulxan  o‘tida yoqilgan. Haqiqiy za’faron hech qachon arzon narxda sotilmagan. Uni  uzoq saqlab bo‘lmaydi, shuning uchun  oldindan olib qo‘yib bo‘lmaydi

Za’faronning shifobaxsh xossalari 

Za’faron ovqat hazm qilishni yaxshilab, ishtahani ochadi, organizmning hayotiy faolligini yaxshilaydi, kishilar undan oshqozon, yurak, jigar nafas olish a’zolari va asab tizimini mustahkamlashda, buyraklarni tozalashda, og‘riqni qoldirishda, tinchlantiruvchi, peshob, o‘t va ter haydovchi vosita sifatida foydalanishadi. Lekin homiladorlikda uni iste’mol qilib bo‘lmaydi, chunki u homilani muddatidan oldin tushishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Za’faron dorishunoslik sanoatida keng ishlatiladi, u sharq tabobatining 300 dan ortiq dori-darmonlari tarkibiga kiradi. Uning damlamasi bilan qadimda kataraktani davolashgan, hozirgi vaqtda ham u ko‘zga tomiziladigan dorilar tarkibiga qo‘shiladi.

Za’faron butun organizm hujayralarini oziqlantiradi, terini silliq qiladi, rangni tiniqlashtiradi, xotira va aqliy faoliyatni yaxshilaydi, kayfiyatni ko‘taradi. Za’faron 100 dan ortiq xastaliklarni davolovchi shifobaxsh xossalarga ega. Amalda har qandalik xastalik, u boshlanish bosqichidami yoki rivojlangan oxirgi bosqichidami, bundan qat’iy nazar, za’faron yordamida 85-87 % ga shifo topadi. Tadqiqotlar buni qayta-qayta isbotlagan.Za’faronning shifobaxsh xossalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Onkologik kasalliklarni davolashda (hatto kasallikning oxirgi bosqichida saraton o‘simtalariga qarshilik ko‘rsatadi va ularning hujayralari o‘sishini to‘xtatadi);
  • Qonni tozalashda (uni yangilaydi va tozalaydi, demak yurak qon tomir tizimini mustahkamlaydi, organizmning barcha hujayralarini oziqlantiradi);
  • Miya faoliyati aktivligini yaxshilaydi (bosh miya to‘qimalarini o‘stiradi, xotirani yaxshilaydi);
  • Nevrozdan forig‘ qiladi;
  • Bosh og‘rig‘i va uyqusizlikdan xalos etadi;
  • Oshqozon-ichak faoliyatini me’yorga keltiradi;
  • Ortiqcha o‘tdan xalos etadi;
  • Buyrak va qovuqni davolaydi(asal aralashtirilgan za’faron buyrak va qovuqdagi toshlarni maydalaydi);
  • Antioksidant ta’sirga ega (energetik modda almashinuvini yaxshilaydi, zararli moddalarni chiqarib yuboradi);
  • Organizmni quvvatlaydi;
  • Ko‘rish qobiliyatini tiklaydi, ko‘z to‘rpardasidagi illatlarni davolaydi;
  • Ereksiyani yaxshilaydi;
  • Hayz siklida og‘riqni yengillashtiradi;
  • Terining kuygan va shish paydo bo‘lish holatlarida ularni davolaydi;
  • Allergiyadan xalos etadi;
  • Ichkilikbozlik illatidan xalos etadi;
  • Shamol va spazmalarni chiqarib yuboradi; 
  • Butun organizmni yoshartiradi;
  • Organizmdagi radiatsiya darajasini pasaytiradi.

    Za’faronni iste’mol qilish universal retsepti

Ta’siri: organizmni umumiy mustahkamlash va faollashtirish. Qonni yaxshi tozalaydi. Immunitetni mustahkamlaydi. Onkologik kasalliklarning oldini oladi.

Tarkibi: Za’faronning 2-3 gul otaligi va 10 dona mayiz olib, yarim stakan sovuq suvga solinadi, tun davomida tindiriladi— suv qo‘ng‘ir-tilla rang tus oladi.Ertalab nahorga ichiladi, xuddi shu yo‘sinda kechqurun ichishga keyingi me’yordagi dori  ertalab tayyorlab qo‘yiladi.Muolaja davomiyligi – 2 oy. Bu dorini ichish uchun eng munosib vaqt bahor  va yoz fasllari.

Za’farondan bebaho dori-darmon retseptlari

  • Jigar faoliyatini me’yoriga keltirish va uni davolash maqsadida za’faron un kabi yanchilib, maydalanadi va ovqatlangandan 20 minut o‘tkazib iste’mol qilinadi.Uslubi: choy qoshig‘i uchidan til bilan yalab iste’mol qilinadi.
  • Erkaklar quvvatini oshirish uchun za’faron, zanjabil dorivorlarini va qora muruchni sabzavotli, go‘shtli yoki baliqli taomlar pishirilib tayyor bo‘lgach, qo‘shiladi.
  • Yurak, buyrak, jigar kasalliklarini davolashda, kon’yunktivit, keratit va yiringli jarohatlarni davolashda za’faronning suvdagi aralashmasidan foydalaniladi. Buning uchun bir choy qoshig‘i za’faron tolalari ustidan qaynab turgan bir stakan suv quyiladi, 20 minut tindiradi, 3 qavat dokadan o‘tkazib, sovutiladi va kuniga uch mahal ovqatdan oldin 15 gramdan ichiladi yoki bu suvga doka ho‘llab jarohatga qo‘yiladi.
  • Tomirlar xastaliklari, kataraktada, glaukomada, yurak qon tomir kasalliklarida va oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda, buyrak toshlarini maydalashda za’faronning quritib maydalangan va asalga aralashtirilgan tolalari til tagiga qo‘yib shimib iste’mol qilinadi.
  • Za’faronni qaynoq sutga qo‘shib ichish bosh miya to‘qimalarining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu xotirani yaxshilaydi, aqliy faoliyat va sezgi organlari faoliyatini yaxshilaydi.
  • Asablarni tinchlantirish va uyquni yaxshilash, shuningdek, peshob ajralishini yaxshilash uchun za’faron yog‘ini iste’mol qilish yaxshi natija beradi.
  • Bosh og‘rig‘idan forig‘ bo‘lish uchun za’faronning 3 dona tolasini olib, 3-4 tomchi eritilgan (topleniy) yog‘ga aralashtiramiz. Yaxshilab aralashtirib burun kataklari ustidan surtamiz, qolganini burun ichiga tortamiz.
  • Ichki qon ketishini davolashda.Bir choy qoshiq zarchavani  6-7 ta za’faron tolasi bilan aralashtirib, aralashmani qaynoq sutga solib ichamiz.
  •   Hayz siklini me’yoriga keltirish va og‘riqni pasaytirish uchun kuniga 5-10 ta tola za’faron iste’mol qilinadi. Bunda tolalarni asta-sekin yalash yoki olmaga, asalga va choyga qo‘shib iste’mol qilish mumkin.
  • Jigar xastaliklarini va qonga oid kasalliklarni davolash maqsadida 10 dona mayiz, 3 ta tola za’faron va oqar suvdan olib tindirilgan 100 g suvdan foydalanamiz. Bu aralashmani 8-9 soat davomida tindiriladi. Bir yarim oy davomida har safar mazkur yo‘sinda yangi tayyorlanib tindirilgan aralashmani ichiladi.
  • Immun tizimini me’yoriga keltirish uchun choyga za’faron tolalarini qo‘shib ichiladi. Buning uchun choynakka 7-15 ta tola za’faron solinadi va ustidan 200 g qaynoq suv quyiladi, olovga qo‘yib yana 5 minut davomida qaynatiladi, yana 400 g qaynab turgan suv qo‘shiladi, qaynab chiqishi bilan olovdan olinadi. Tolalar choynak tagiga cho‘kkunicha tindirib, so‘ng ichiladi. Bunday choy ikki oy davomida kuniga uch mahal ovqatlanishdan oldin ichiladi. Bitta damlangan za’faron tolalaridan ikki marta bunday choy damlanadi.
  • Ko‘zni davolash uchun maydalab un holiga keltirilgan 5 ta za’faron tolasini olib, shunga teng miqdorda atirgul suvi (gulob) aralashtirib, ko‘zga surtiladi.
  • Buyrakdagi toshlarni tushirish uchun unday yanchilgan 50 ta za’faron tolasini 100 g toza tabiiy asal bilan aralashtiriladi. Bu aralashmani ovqatlanishdan oldin kuniga 2 mahal yarim desert (choy qoshiq emas!) qoshiqdan iste’mol qilinadi.
  • Bronxitni davolashda za’farondan 1 desert qoshiq olib, ustidan 1 stakan qaynoq suv quyib damlama tayyorlanadi. Damlamadan kuniga 3 mahal 30 g dan ichiladi.
  • Peshob yo‘llaridagi tosh kasalligini davolash uchun 1 desert qoshig‘ida za’faron olib, ustidan 250-300 g qaynoq suv quyiladi. Damlama to‘liq tindiriladi. Kuniga uch mahal ovqatdan oldin 15 g dan ichiladi.
  • Salomatlikni umumiy mustahkamlovchi dori-vosita:buning uchun 7-15 dona za’faron ip tolasi olinib, qaynoq suvda chayiladi, so‘ng ustidan 250 ml qaynoq suv quyiladi va past olovdagi konforkaga qo‘yiladi. 3-5 minut o‘tgach, ustidan 500 ml qaynoq suv quyib, qaynay deganda olinadi (dori qaynashi kerak emas). Sutkasiga 3 mahal 250 ml dan ovqatlanishdan yarim soat oldin ichiladi. Bu dorini tayyorlashda ishlatilgan za’faron tolalarini xuddi shu yo‘sinda ikkinchi marta dori tayyorlash uchun ishlatish mumkin.
  • Xotirani yaxshilash uchun:za’faronning yanchib maydalangan 3 dona tolasini 250 ml sutga aralashtirib ichiladi.
  • Allergik reaksiyada:5 g maydalangan za’faron tolalari  choy qoshig‘ining 1/3 ida olingan yanchilgan zanjabil aralashtirib ustidan 500 ml qaynoq suv quyiladi. Sutkasiga 3-4 mahal 125 ml dan ichiladi. Davolanish muddati 1 oy, so‘ng zarur bo‘lsa, bir necha kun tanaffus qilib, muolaja yana takrorlanadi.
  • Tushkunlikka tushish, xafaqonlikdan, zaiflashgan ko‘rish qobiliyatini tiklash, qonni tozalash uchun shirin dori: 3-4 ta za’faron tolasiga2-3 dona yanchilmagan qora muruch va 15 dona mayiz olinadi, ustidan 1 stakan qaynoq suv quyiladi va nahorga ichiladi.
  • Bronxitni davolash uchun 2 choy qoshiq za’faron tolalari 1 stakan qaynagan suvga aralashtirib, 15 minut davomida (manti qasqonda) bug‘lanadi. Tayyor bo‘lgan dorini dokadan o‘tkazib, 2 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichiladi.
  • Ichki qon ketishini to‘xtatish uchun: 5-7 ta za’faron tolasi 1 stakan iliq sutga solib ichiladi. Bu dori ichdan qon ketishini to‘xtatadi.

Jaloliddin Nuriddinov

 

 

Tabobat
Boshqa maqolalar

Rasululloh ﷺ qoldirgan 2 narsa

10.01.2025   2188   10 min.
Rasululloh ﷺ qoldirgan 2 narsa

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida asosiy manba Allohning Kitobi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatga hamma ishlar – hukm, fatvo, iqtisodiy va siyosiy nizomlarda asosiy manba bo‘lganlar. U zotdan keyin hadislar islom shariatida asosiy tayanch bo‘lib kelmoqda.

Lekin vaqt o‘tishi bilan hadislarga bo‘lgan qarash o‘zgarib ketdi. Ayrim siyosiy oqimlar tarafidan hadislarga hujum boshlandi. Islom dinidagi shar’iy hukmlar faqatgina Qur’oni karimdan olinishi, undan boshqa hech qanday narsadan hukmlar olinmaslik da’vosi ko‘tarildi. Jumladan, hozirgi kundagi shohidiylar va qodiyoniylar kabi firqalar o‘zlarini “Qur’oniy – faqat Qur’oni karim hukmiga amal qiluvchi” sanab hadislarini inkor qildilar. Qodiyoniylar fikricha hadislar tarixiy e’tibordan o‘rganiladi, hadis shar’iy dalil bo‘lmaydi.

Ayrim firqalar hadislarni ochiqdan-ochiq inkor qiladi. Lekin ayrim toifalar hadislarni ochiqdan-ochiq inkor qilmasa ham “Qur’oni karimga amal qilish” shiori ostida hadislarni inkor qiladi. Shu sababli hadisni inkor qiluvchilar da’volari va ularga raddiya berishdan oldin hadis va hadislarni Qur’oni karim bilan bog‘lik ekani haqida ma’lumot berib o‘tish zarurati tug‘iladi.

Hadis muhaddislar istelohida. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘z, fe’l, taqrir, xalqiy (tana tuzilishiga oid) yoki xulqiy (xulq-atvorga oid) sifat va siyratdan iborat nubuvvatdan oldingi va keyingi qolgan asarlar. Siyrat, xulq, shamoil, xabarlar, so‘zlar va fe’llarni naql qiladilar. Bular bilan shar’iy hukm sobit bo‘lishi yoki hukm sobit bo‘lmasligini e’tiborga olmaydilar. Muhaddislar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni hidoyatga boshlaguvchi ekanliklari e’tiboridan hadis haqida bahs yuritadilar.

Usul olimlari istelohida hadis. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan so‘z, fe’l va taqrirdan iborat naql qilingan so‘zlar. Usul olimlari o‘zlaridan keyingi mujtahidlarga qoidalarni joriy qilgan va hayot dasturini insonlarga bayon qilgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqlarida bahs yuritadilar. Usul olimlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni shar’iy qonunlarni joriy qiluvchi sifatida hadislarni o‘rganadilar.

Faqihlar istelohida hadis. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan farz va vojib bo‘lmasdan, balki bularga muqobil bo‘lib sobit bo‘lgan hukmlar. Faqihlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni fe’llari shar’iy xukmga dalolat qilishdan tashqariga chiqmasligini e’tiborga olishadi. Shuning uchun shar’iy hukmlar bandalarga nisbatan vojib, xarom va mubohligi haqida bahs yuritadilar.   

Biz usul olimlari ixtiyor qilgan isteloh haqida bahs yuritamiz. Chunki, bu qismning mavzusida hadisning hujjatligi haqida so‘z boradi.

Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam Qur’oni karimdagi ochiq-ravshan bo‘lmagan oyatlarni sharhlar, bayon qilish vojib bo‘lgan o‘rinlarni sahobalarga bayon qilar edilar. Bu esa qisqacha aytilganlarni batafsil aytish, umumiy kelganini qaydlash va maqsadlarini ravshan qilishlari bilan bo‘lar edi. Bayon qilib berish esa so‘zlari va qilgan ishlari, buyruqlari, qaytariqlari va hayotliklarida sahobalarini qilgan ishlarini tasdiq qilishlari bilan bo‘lgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ijtihodlari ham vahiyni o‘rnida. Chunki Alloh taolo u zotning ijtihodlarini xatoga borishdan saqlab qo‘ygan. U zotning ijtihodlari oyatdan olingan bo‘lishi ham shart emas. Masalan, namoz iymondan keyingi juda muhim bo‘lgan ibodat. Unda ruku’ va sajdani hukmi beriladi. Qiyom va qa’daning ham zikri aytiladi. Lekin bular Qur’oni karimning biror joyida to‘liq aytilmagan. Bu ishlarning tartibi qanday bo‘ladi? Namoz vaqtlarining har-xilligi, rak’atlarining soni qanday bo‘ladi? Namozni  qanday holatda o‘qiladi? Bularning hammasini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z so‘zlari va amallari bilan mukammal bayon qildilar va sahobai kiromlarga ularni amallarini o‘rgatdilar.

Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin vahiy to‘xtadi. Qur’oni karim va hadisdan boshqa narsa qolmadi. Sahobalar Alloh taoloning Hashr surasining 7-oyatidagi:

وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَاكُمْ عَنْهُ فَانتَهُوا

Rasululloh nimani bersa uni olingiz, va nimadan qaytarsa qaytingiz”, degan buyrug‘iga bo‘ysunib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini mahkam ushlashga harakat qildilar.

Payg‘ambarimiz alayhissalomning hadislari Alloh taoloning kalomi Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi mo‘tabar manba hisoblanadi. Bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ham:

تركت فيكم امرين لن تضلوا ما تمسكتم بهما كتاب الله و سنة نبيه

“Sizga ikki narsani qoldirdim. Agar, ularni mahkam tutsangiz, hech adashmaysiz: Allohning Kitobi va Nabiyyining sunnati” (Molik rivoyati),  deganlar.

 Shu sababdan hadislarning islom jamiyatidagi o‘rni har doim ham yuqori bo‘lib kelgan. Zero, hadislarda islom dinining farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, muboh, makruh kabi hukmlar yoritilgan. Undan tashqari har qanday jamiyat uchun zarur bo‘lgan, ma’naviy komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladigan, yuksak fazilatlarga chorlovchi qoidalar majmuasi ham o‘z ifodasini topgan. Shu aqidadan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, hozirgi paytda ham hadislarning jamiyatimiz uchun tarbiyaviy va amaliy ahamiyati beqiyos hisoblanadi. Mo‘minlar Qur’oni karimning ko‘pgina oyatlarida avvalo, Alloh taologa itoat qilishga amr qilinadi, so‘ngra O‘zining Payg‘ambariga itoat qilishga amr qilinganlar. Alloh taolo aytadi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ

Ey iymon keltirganlar Allohga itoat etinglar va Rasuliga itoat etinglar” (Niso, 59-oyat).

Allohga itoat qilish Qur’oni karimdagi buyruq va qaytariqlarga itoat qilish bilan bo‘ladi. Rasuliga itoat esa, u zotning tirikliklarida o‘zlariga itoat etish bilan bo‘lgan bo‘lsa, vafotlaridan keyin esa sunnatlariga amal qilish bilan bo‘ladi. Allohga itoat  va Rasuliga itoat qilish alohida-alohida narsa emas, balki bir xil tushuncha ekannini anglash kerak. Chunki Payg‘ambarimiz alayhissalom doimo Alloh itoatida bo‘lganlar. Allohning itoatidan tashqari narsaga hech qachon, hech kimni buyurmaganlar.

Qur’oni karim lafz va ma’no jihatidan  Allohning kalomi. Uni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yuborgan vahiysi. Sunnat va hadis esa mohiyatan Payg‘ambarimiz alayhissalomning shaxsiy fikrlari emas balki, Allohdan nozil bo‘lgan vahiylarning u zotning iboralari bilan taqdim etilishi hisoblanadi.

Islomning birinchi kunidan boshlab musulmonlar har bir katta-yu kichik narsani Payg‘ambarimizidan ola boshladilar. Ular ilohiy dastur – Qur’oni karim oyatlaridan tortib hojatxonada qanday o‘tirishgacha bo‘lgan narsalarni qabul qilib olar edilar.

Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak hayotlarining hech bir lahzasi sahobalarning diqqat-e’tiborlaridan chetda qolmas edi. Chunki u zotning og‘izlaridan chiqqan har bir so‘z, o‘zlaridan sodir bo‘layotgan har bir harakat shariat hukmi, o‘rnak, hikmat va nasihatdan iborat edi. Dunyo tarixida hayoti bunchalik ochiqchasiga ommaviy ravishda o‘rganilgan shaxs yakkayu yagona Muhammad sollallohu alayhi vasallam bo‘lganlar. U Zotningng hatto o‘ta nozik va xos hayotlari bugungi kun atamasi bilan aytganda shaxsiy oilaviy hayotlari ham to‘laligicha  o‘rganilib rivoyat qilingan. Chunki  islom dini mukammal din bo‘lgani sababidan inson hayotining barcha sohalarini qamrab olgan. Bularning hammasi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shaxsiy o‘rnaklari bo‘lgan.

Bir so‘z bilan aytganda, u zot Qur’oni karimni o‘z shaxslarida tatbiq qilib, insonlarga ko‘rsatishlari kerak edi.  Shuning uchun ham sahobai kiromlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ortlaridan uzluksiz birga yurishar, u zotdan sodir bo‘lgan har bir narsani o‘ta aniqlik bilan yodlab olishar va rivoyat qilishar edi. Hatto o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan vaqtlarida boshqa kishilardan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida e’tibor bilan turishni, u zotdan sodir bo‘lgan narsalarni yaxshilab o‘zlashtirib olishni iltimos qilar edilar. Qaytib kelganlarida esa darhol o‘zlari tayinlab ketgan odamlaridan so‘rab, o‘rganib olar edilar. Umar roziyallohu anhu o‘z qo‘shnilari bilan kelishib olib navbat ila Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam huzurlarida turishlari haqida u kishining o‘zidan rivoyat qilinganligi ma’lum va mashhur. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sodir bo‘lgan zarracha narsa ham sahobalarning e’tiboridan chetda qolgan emas. Buni dushmanlar ham tan olganlar. Hijratning oltinchi yili Hudaybiya hodisasida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam boshchiligida bir ming to‘rt yuz sahobai kiromlar Madinai munavvaradan ehrom bog‘lab Ka’batullohni tavof qilib, umra qilmoqchi bo‘lib yo‘lga chiqadilar. Hudaybiya degan joyda turib qolganlarida mushriklardan vakil bo‘lib kelgan va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam  bilan muzokara olib borgan kishilardan biri o‘z qavmiga qaytib borib: “Allohga qasamki, hech kim Muhammadni sheriklari hurmat qilgandek hurmat qilmaydi. U tuflasa tufugi yerga tushmayapti, sahobalari qo‘llari ila ilib olmoqdalar”, deb aytgan edi.

Mushrikning ta’biricha tufugi yerda qolmagan zotning gap-so‘zlari, va’z-nasihatlari, hukmu vasiyatlari yerda qolarmidi?! Ularning hammasi nihoyatda katta e’tibor va aniqlik bilan o‘rganilgan. Ta’kidlash lozimki, sahobalar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sodir bo‘lgan narsalarni hoyu havas yoki bilim, madaniy saviya kabilar uchun qabul qilmaganlar. Balki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan sodir bo‘lgan har-xil hukmlarga amal qilishni ko‘zlab qabul qilganlar. Qolaversa, ularni boshqalarga ham yetkazib, amalga chorlashni maqsad qilganlar.

Oybek Hoshimov,
Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi.