Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Noyabr, 2026   |   2 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:46
Quyosh
07:07
Peshin
12:12
Asr
15:25
Shom
17:10
Xufton
18:26
Bismillah
12 Noyabr, 2026, 2 Jumadul soni, 1448

Ibratli dunyo

10.02.2017   20201   2 min.
Ibratli dunyo

Yuz bergan kuchli to‘fondan bir boy kishining barcha mol-dunyosi suvga g‘arq bo‘libdi. Butun boyligi birpasda yo‘q bo‘lganiga chidamagan boy ko‘chalarda faryodu-fig‘on chekib yig‘lab ketayotsa, qarshisidan bir odam chiqib qolibdi:

- Kap-katta odamga yig‘lash nimasi? - deya savol beribdi ajablanib.

- Men yig‘lamay kim yig‘lasin? - debdi u. - Bir zumda hamma mol-mulkimdan ayrilib, faqir-qashshoq bo‘lib qoldim-ku!..

- Ko‘p g‘am chekma, - deya ovutishga tushibdi yo‘lovchi kishi. - Umr yo‘ldoshing bormi?

- Bor, - debdi boy biroz hayron bo‘lib.

- Uning aqlu-hushi, farosati bormi? Boy bir zum o‘ylanib qolibdi va:

- Ha, bu jihatdan baxtiyorman! Farosatli, soliha, har doim kayfiyatimga qarab yashaydigan jufti halolim bor, - debdi boy.

- U holda nega yig‘laysan, ey g‘ofil banda?! Bu dunyoda mato uchun ham ko‘z-yosh to‘kadimi, odam? Saboq uchun bir gap aytay senga, men shunday bir xotinga uylanganmanki, erning qadr-qimmatiga yetmaydi. Sen falokatning nimaligini bilmas ekansan. Agar sen ham aqli kalta, tili uzun, jag‘i tinmas bir xotinga uylangan bo‘lganingda, o‘shanda bilarding haqiqiy falokat nimaligini! Do‘konlaring suvga g‘arq bo‘lgan bo‘lsa, sen sog‘ ekansan-ku, hammasini topasan. Faqat yoningda ko‘nglingdagidek ayoling senga madadkor bo‘lsa, ma’naviy quvvat berib tursa tezda o‘zingni o‘nglab olasan, - debdi, yo‘lovchi.

Xalqimizda "Yaxshi xotin yarim davlat" degan gap bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, soliha, oqila ayol faqat jufti halolining emas, butun jamiyatning gultoji hisoblanadi. Chunki, tarbiyasi go‘zal ayol avvalo, ota-onalarini e’zozlaydi, turmush o‘rtog‘ini ardoqlaydi, asosiysi, farzandlariga chiroyli tarbiya berib, jamiyatga komil insonlarni voyaga yetkazib beradi.

TII talabasi

Tojiddinov Abdussomad

Boshqa maqolalar

“O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi!

11.02.2026   21610   2 min.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi!

#xabar #musobaqa #final
Uzoq kutilgan final o‘yini bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi yakuniy uchrashuvida Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti va Qashqadaryo vakilligi jamoalari o‘zaro bellashdi. Ikki jamoa ham ushbu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib kelishgani yaqqol sezilib turdi. 


Final o‘yinini taniqli futbol sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev sharhlab bordi. 


Murosasiz kechgan o‘yinni sport shaydolari olqishlar ila kuzatib borishdi. Unda Qashqadaryo viloyati vakilligi jamoasi 2:0 hisobida ustun kelishdi. Shunday qilib, musobaqa yakuniga ko‘ra:  

1-o‘rin: Qashqadaryo viloyati vakilligi jamoasi. 
2-o‘rin: Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti jamoasi. 
3-o‘rin: Navoiy viloyati vakilligi jamoasiga nasib etdi.


Musobaqadan so‘ng taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Mo‘minjonov, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi Farhod Alimov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqarma boshlig‘i Muhiddin Hakimov va bir qator mutasaddilar bosh kubokni final o‘yini g‘olibi Qashqadaryo viloyati jamoasiga tantanali tarzda topshirdilar.


Shuningdek, g‘olib jamoa a’zolarining har biriga birinchi o‘rin medali va noutbuk taqdim etildi. 


Qoraqalpog‘iston jamoasiga esa ikkinchi o‘rin medali va zamonaviy televizor, Navoiy jamoasiga uchinchi o‘rin medali va planshet topshirildi. 


Shuningdek, sportning voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha o‘tkazilgan "O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi" musobaqalarining eng yaxshi uyinchisi nominatsiyasi g‘olibi deb Namangan viloyati vakilligi jamoasi tarkibida o‘ynagan Muxtorjon domla Yunusov topildi. Unga diplom va umra yo‘llanmasi taqdim etildi. 


Alloh taolo g‘olib jamoalarga mukofotlarni muborak aylasin, do‘stlik va hamjihatlikka xizmat qiluvchi bunday musobaqalar davomli bo‘lsin!


Fotolavhalar (https://t.me/muslimuzportal/44480?single)


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

“O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi! “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” voleybol musobaqasi g‘olibi — Qashqadaryo jamoasi!