Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Sentabr, 2026   |   20 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:27
Quyosh
05:50
Peshin
12:23
Asr
17:00
Shom
18:59
Xufton
20:17
Bismillah
02 Sentabr, 2026, 20 Rabi`ul avval, 1448

Ka’bai muazzama – musulmonlar qiblasi

15.11.2016   17019   2 min.
Ka’bai muazzama – musulmonlar qiblasi

Saudiya Arabistoni Podshohligida nashr etiladigan «Ukkoz» gazetasining 2016 yil  12 sentyabr sonida e’lon qilingan.

Maqolada Ka’bai muazzama to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. 

1. Al-hajar al-asvad (qora tosh);
2. Bobul-ka’ba (Ka’ba eshigi);
3. Al-miyzabu, miyzabur-rahma (rahmat tarnovi);
4. Ash-shazuravon (qoziq);
5. Hajaru Ismoil (al-Hatim);
6. Al-multazam;
7. Maqom Ibrohim alayhissalom;
8. Ruknul-hajar al-asvad;
9. Ar-ruknul-yamoniy;
10. Ar-ruknush-shomiy;
11. Ar-ruknul-iroqiy;
12. Sitarul-ka’ba;
13. Jigar rang marmar chizig‘i.

 Ka’bai muazzama kaliti

Uzunligi 25 sm

Ka’baning maxsus xizmatchisida saqlanadi.

Suvalgan joy

Ka’bai muazzamaning eshigi va rukni iroqiy o‘rtasi - sharqiy devoridagi kichkina chuqurcha uzungligi 2 m, eni 112 sm, chuqurligi 28 sm.

Bu Jabroil alayhissalom namoz o‘qigan joylari va Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning Makka fathi kuni xonai Ka’badan chiqib, namoz o‘qigan joylari.

1377 h. yil ziyoratchilar beixtiyor qoqilishlarining oldini olish maqsadida  chuqurcha to‘latilib, suvab qo‘yildi va atrofidagi oq marmardan ajralib turadigan chiroyli rangli to‘rtburchak marmar qoplandi.  

Xonai Ka’ba ustunlari Tik daraxtidan (subtropik iqlimda o‘suvchi nihoyatda mustahkam daraxt, kemasozlikda ishlatiladi - tarjimon) ishlangan 3 ta ustun mavjud bo‘lib, har birining aylanasi 150 sm, diametri 44 sm.

Ka’ba poydevorlari

Ka’ba poydevorlarini Ibrohim alayhissalom bino qilganlar.

Saudiya Arabistoni muhandislari 1417 h. yil umumiy ta’mirlash jarayonida poydevor g‘ishtlari tuyaning bo‘yni shaklida (solkash qilib - tarjimon) bir-biriga biriktirib, mustahkam qurilganligi  zamon ta’siridan – yemirilishdan va boshqa talofatlardan himoyalanganiga yana bir marta ishonch hosil qilishdi.      

Tomi

Har qanday chirishdan himoyalangan mustahkam tik daraxti tanasidan tayyorlangan 23 ta taxta-to‘sin bilan yopilgan.

Devor qalinligi

Devor qalinligi 90 sm.

Tosh-g‘ishtlari

1614 ta g‘isht

Ulardan eng kattasi 190x50 sm;

Eng kichigi 50x40 sm.

Yangi kisva (ka’bapo‘sh)

Sof tabiiy shoyidan to‘qilgan;

Belbog‘ida Qur’oniy oyati karimalar bitilgan;

Ka’bapo‘shning rangi qora;

Qiymati 22 million riyol (qariyb 6 million dollar);

Ka’bai muazzama eshigi pardasining uzunligi 6,5 metr, eni 3 metr;

Ka’bapo‘sh  balandligi 14 metr  bo‘lib, besh qismdan tashkil topgan, ulardan to‘rttasi Ka’bai muazzamaning to‘rt tomonini qoplab turadi, beshinchisi Ka’ba eshigiga osilgan pardadan iborat.

Ka’bapo‘shning to‘rt tomonidagi belbog‘i uzunligi 47 metrdan iborat, eni 95 sm. Belbog‘ umumiy Ka’bapo‘shning uchdan bir qismi – yuqori qismini egallagan, 16 bo‘lak, oltin va kumush tolalar  bilan ziynatlangan.

 

                 Nuriddinov Jaloliddin tarjima qildi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mir arab madrasasida yangi o‘quv yili oldidan mudarrislar kengashi o‘tkazildi

02.09.2026   58   1 min.
Mir arab madrasasida yangi o‘quv yili oldidan mudarrislar kengashi o‘tkazildi

Bugun, 2 sentyabr kuni Buxoro shahridagi Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, oldinda turgan ustuvor vazifalarni belgilash hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga bag‘ishlangan kengaytirilgan mudarrislar kengashi bo‘lib o‘tdi.


An’anaga ko‘ra, tadbir Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi. Tinchlik-osoyishtalik, ilm dargohi faoliyati rivoji hamda talabalarning ilm yo‘lidagi sa’y-harakatlariga muvaffaqiyat va baraka tilab xayrli duolar qilindi.


Shundan so‘ng ta’lim muassasasi direktori Jaloliddin domla Saburov, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Narzillo domla Ahmedov hamda ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Asadulloh domla Najmiddinovlar kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan ma’ruza qildilar.


Kengash davomida yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan tashkiliy va o‘quv-uslubiy ishlar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan: 
 

  • Ta’lim sifatini oshirish: Dars mashg‘ulotlarini yuqori ilmiy saviyada, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar asosida tashkil etish;

  • Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya: Talaba-yoshlarni asriy milliy va diniy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida kamol toptirish, ularda kitobxonlik va ilmga bo‘lgan rag‘batni yanada kuchaytirish;

  • Ijro intizomi va mas’uliyat: Ustoz-mudarrislarning yillik rejalari, yangi o‘quv dasturlari talablari va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash.


Yig‘ilish yakunida yangi o‘quv yilida mas’uliyat va fidoyilik bilan mehnat qilish lozimligi qayd etilib, ustoz-murabbiylarning mashaqqatli va sharafli faoliyatiga ulkan zafarlar tilandi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Mir arab madrasasida yangi o‘quv yili oldidan mudarrislar kengashi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari