2 noyabr kuni Buxoro viloyatidagi Bahouddin Naqshband majmuasida diniy sohada amalga oshirilgan ulkan islohotlarni keng targ‘ib etish borasida “Mustaqillik va diniy qadriyatlar rivoji” mavzuidagi respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, Imom Buxoriy xalqaro markazi xodimlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakillari, masjid imom-xatiblari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi bilim yurtlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbirda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov “Mustaqillik yillarida diniy qadriyatlar tiklanishiga zamin bo‘lgan huquqiy asoslar”; O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov “Mustaqillik ne’matining dinimiz asoslarini tiklashga keng ochib bergan imkoniyatlari”; Toshkent islom universiteti rektori Ravshan Abdullayev “Mamlakatimiz mustaqilligi diniy kadrlar tayyorlashda ochgan imkoniyatlar – ona-Vatanimizdagi ilmiy salohiyatining xalqaro miqyosda tanilishi va e’tirof etilishida asosiy omil”; Imom Buxoriy xalqaro markazi direktori Shovosil Ziyodov “Diniy soha mutaxassislarining kasbiy mahoratini yuksaltirishda Imom Buxoriy xalqaro markazining tutgan o‘rni” kabi mavzularda ma’ruzalar qildilar. Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Movarounnahr” nashriyoti va Toshkent islom universitetining “Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi” hamkorligida tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasida mustaqillik yillarda nashr qilgan diniy-ijtimoiy hamda ma’rifiy mazmundagi adabiyotlar, qo‘llanma va darsliklar bilan tanishdilar.
Anjumanda yurtimizda diniy-ma’naviy sohada amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilikka targ‘ib etish, yuzasidan diniy soha xodimlari oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.


















O‘MI Axborot xizmati
Suratlar muallifi Shahzod Shomansurov
Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati