Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Noyabr, 2026   |   24 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:37
Quyosh
06:58
Peshin
12:12
Asr
15:34
Shom
17:18
Xufton
18:33
Bismillah
04 Noyabr, 2026, 24 Jumadul avval, 1448

Jamarot

29.07.2016   26708   1 min.
Jamarot

Minoga kelgach tosh otish boshlanadi. Hayitning 1 – kuni yetti dona tosh otiladi. Toshni Muzdalifadan yo xohlagan boshqa joydan terib olsa bo‘ladi. Tosh hajmi no‘xatdek bo‘ladi. Tosh oldin otilgan bo‘lmasligi kerak. Tosh otish Ibrohim (a.s) dan qolgan bo‘lib, u zot o‘g‘lini qurbonlikka so‘yishga olib ketayotganlarida shayton ig‘vo qilmoqchi bo‘lganda, Ibrohim a.s. uni tosh otib quvgan.

Hayitning 1 – kuni Jamratul aqobada tosh otiladi. U jamratul kubro, jamratul uxro deb ham ataladi. Tosh aqobadan besh gaz uzoqlikdan turib, barmoqlarning uchi bilan otiladi. Har bir tosh “Allohu akbar” deb otiladi. Tosh agar maxsus joyga tushmasa, qayta otish vojib bo‘ladi. Birinchi toshni otgan zahoti “talbiya”ni to‘xtatadi. Tosh otish vaqti subhi sodiqdan, keyingi kunning subhigachadir. Tosh otgan zahoti u yerdan ketish kerak bo‘ladi. Keyingi kun subhigacha otilmasa, jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Kechasi otish makruh. Ammo ayollar, qarilar, kasallar kechasi otgani afzal. Tosh otayotgan joy 2 qavatli bo‘lib, qaysidan otsa ham bo‘laveradi.

Uzrli kishilarni toshini boshqa otsa ham bo‘ladi, faqat avval o‘zinikini otishi shart. Tosh otilgach, ifrod hajni niyat qilgan kishi soch oldiradi. Lekin u agar qurbonlik qilmoqchi bo‘lsa, avval qurbonlik qilib keyin sochini oldiradi. Qiron, Tamattu’dagilar shunday qilishi shart. Endi ehromda man qilingan ishlarning ayollardan boshqasi halol bo‘ladi.

Haj va umra
Boshqa maqolalar
Videolar

MuslimNews — 27.10.2026 XORAZMDA MA’RIFAT VA MЕHR-OQIBAT BAYRAMI

28.10.2026   45190   1 min.

Urganch shahridagi Xorazm viloyati vakilligining yangi binosida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligida respublika imom-xatiblarining ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, yurtimiz bo‘ylab sohada erishilgan natijalar sarhisob qilindi...

Ne’mat Musayev
Dilshod Mahkamov


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Videolavhalar