Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

II-tur o‘yinlari gollarga boy bo‘ldi

20.07.2016   1849   2 min.
II-tur o‘yinlari gollarga boy bo‘ldi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi futbol jamoalari o‘rtasida Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan navbatdagi futbol turniri qizg‘in davom etmoqda.

Bu galgi turnir o‘yinlari sermahsulligi bilan ajralib turibti. Ayniqsa, “Hazrati Imom” jamoasi bu turnirga puxta tayyorgarlik ko‘rgani jamoa qo‘lga kiritayotgan g‘alabalardan ham ko‘rinib turibdi. “Minor” jamoasi himoyachilari mashhur “Milan” jamoasi himoyasi bilan bemalol raqobatlasha olishlarini 2 tur uchrashuvida isbotlashdi. Xullas, o‘yinlarga bo‘lgan qiziqish kundan kunga ortib bormoqda.

2-uchrashuv natijasi quyidagicha: 

 

2-uchrashuv natijalari:

 

“Do‘stlik” (TVI)

6 - 5    

“Buxoriy avlodlari” (TII)

“Hazrati Imom” (O‘MI)

16 - 5

“Ko‘kaldosh”

“Minor” (TSHI)

12 - 2

“Movarounnahr”

 

Eslatib o‘tamiz navbatdagi  tur o‘yinlari joriy yilning 22 iyul (Juma) kuni bo‘lib o‘tadi. Unda quyidagi jamoalar o‘zaro bellashadi.

 

“Movarounnahr”

“Do‘stlik” (TVI)

“Hazrati Imom” (O‘MI)

“Buxoriy avlodlari” (TII)

“Minor” (TSHI)

“Ko‘kaldosh”

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   20921   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari