Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448
Maqolalar

Ota–onani ulug‘lash

31.07.2024   10240   2 min.
Ota–onani ulug‘lash

Islom dini odamlarning doimo bir-birlariga yaxshilik qilishga amr qiladi. Jumladan, shu go‘zal dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan ota-onasiga yaxshlik qilish lozimligini tushuntirgan. Ota-ona har bir inson uchun juda mo‘tabar, e’zozli ulug‘ kishilardir. Ota-ona kim bo‘lishidan qat’i nazar, ularni hurmat-ehtirom bilan ularga yaxshilik qilish har bir farzand uchun zarur bo‘lgan vazifalardandir. Alloh taolo Qur’oni karimda ota onasiga yaxshilik qilishga amr qilib bunday deydi: “Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik...” (Ankabut, 8).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qilganlar: «Allohning roziligi ota-onaning roziligi va Allohning g‘azabida ota-onaning g‘azabidadir» (Abu Dovud rivoyati).

Shuningdek, kimki Alloh taoloni rozi etaman desa, ota-onasini rozi qilishga harakat qilsin. Chunki ota-ona farzandi uchun qilgan duolari maqbul bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilarki: “Uch duo darhol qabul bo‘ladi. Ularda hech qanday shak-shubha yo‘qdir. Mazlumning duosi, musofirning duosi va ota-onaning farzandlarini koyib qilgan duosi”  (Buxoriy rivoyati).

Bir kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: “Ey, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam! Sizning huzuringizga hijrat qilish va jihod qilishga bay’at qilish uchun keldim”, – dedi. Shunda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Ota-onangdan birortasi hayotmi?”, – deb so‘radilar. U: “Ha, ikkisi ham hayotlar”, – dedi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Allohdan ajr olishni istaysanmi?” – dedilar. U kishi: “Ha”, – dedi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Ota-onang huzuriga qaytib bor, keyin ular bilan birga bo‘lib, yaxshilik qil”, – dedilar. 

Bu hadisdan bizga ma’lum bo‘ladiki, bizning hayoti dunyoga kelishimizga sababchi bo‘lgan ota-onalarimizni hurmat-izzitini joyiga qo‘yib, ularga xizmat qilib duolarini olishimiz kerak ekan. Chunki, ota-onaning xizmati barcha ezgu amallardan, qolaversa, o‘zi o‘nib o‘sgan diyoridan boshqa joyga mol-dunyo va ahli-oilasini tashlab hijrat qilishdek, hamda mushriklar tamonidan ezilyotgan mo‘minlarga yordam berish savobidan ko‘ra sharafli amal ekanligi ko‘rinib turibdi.   Alloh barchalarimizniing dunyoga kelishimizga sababchi bo‘lgan ota-onalarimizni o‘tganlarini Alloh rahmat qilsin va borlarini salomat qilsin. 
Manbalar asosida tayyorlandi.


Qodirxon Azizov,
 Kosonsoy tuman bosh imom xatibi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi

14.09.2026   5440   1 min.
Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
 

Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.


Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!


Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi Imom-noib xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari