Sayt test holatida ishlamoqda!
25 May, 2026   |   7 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:56
Peshin
12:25
Asr
17:30
Shom
19:48
Xufton
21:20
Bismillah
25 May, 2026, 7 Zulhijja, 1447

Tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda 8 imom-xatib, 10 imom noibi ishdan olingani, 4 nafariga hayfsan berilgani ma’lum qilindi

12.09.2024   13039   1 min.
Tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda 8 imom-xatib, 10 imom noibi ishdan olingani, 4 nafariga hayfsan berilgani ma’lum qilindi

Bugun, 11 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Toshkent shahar imom-xatiblarining tanqidiy-tahliliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Majlis avvalida har bir imom-xatib din g‘ami, xalq dardi va yurt taqdiri yo‘lida astoydil xizmat qilishi lozimligi, din peshvosi sifatida, aholi, ayniqsa, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, so‘nggi yillardagi ne’matlar qadriga yetish va berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga katta urg‘u qaratildi. 

Tanqidiy masalalar muhokamasida ayrim imom-domlalar zimmasidagi birlamchi vazifasiga jiddiy yondashmayotgani, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta’minlashda yetarli sa’y-harakat qilmayotgani va ijro intizomidagi nuqsonlar qattiq tanqid ostiga olindi. Shuningdek, belgilangan tartib-qoidalar, mehnat shartnomalari talablari va lavozim yo‘riqnomalariga rioya etmayotgan imom-domlalarga chora ko‘rilgani aytildi. 

2024 yilning o‘tgan sakkiz oyida mana shunday xato-kamchiliklarni sodir etgan, din peshvosi sifatida ish faoliyatiga e’tibor qaratmagan va mehnat majburiyatlarini yetarli darajada bajarmagan Toshkent shahridagi masjidlarda faoliyat yuritgan 8 nafar imom-xatib, 10 nafar imom noibi vazifasidan ozod etilgani hamda 2 nafar imom-xatib va 2 nafar imom noibiga esa hayfsan intizomiy chorasi qo‘llangani ma’lum qilindi.

Muftiy hazratlari har bir imom-xatib din va mehrob omonatini chuqur his etishi, faoliyatini yaxshilab borishi, zamon bilan hamnafaslikda doimiy bilim-malakalarini oshirishi va peshvolik maqomiga munosib bo‘lishini alohida qayd etdilar. Shuningdek, barcha imom-xatiblarni ushbu martabada shariat xodimi sifatida ixlosu muhabbat, taqvo va sadoqat bilan xizmat qilishlariga da’vat etdilar.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov va tajribali imom-xatiblar muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Yig‘ilish yakunida berilgan topshiriqlar yuzasidan reja ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash vazifalari yuklandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda 8 imom-xatib, 10 imom noibi ishdan olingani, 4 nafariga hayfsan berilgani ma’lum qilindi Tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda 8 imom-xatib, 10 imom noibi ishdan olingani, 4 nafariga hayfsan berilgani ma’lum qilindi Tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda 8 imom-xatib, 10 imom noibi ishdan olingani, 4 nafariga hayfsan berilgani ma’lum qilindi Tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda 8 imom-xatib, 10 imom noibi ishdan olingani, 4 nafariga hayfsan berilgani ma’lum qilindi Tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda 8 imom-xatib, 10 imom noibi ishdan olingani, 4 nafariga hayfsan berilgani ma’lum qilindi Tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda 8 imom-xatib, 10 imom noibi ishdan olingani, 4 nafariga hayfsan berilgani ma’lum qilindi Tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda 8 imom-xatib, 10 imom noibi ishdan olingani, 4 nafariga hayfsan berilgani ma’lum qilindi Tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda 8 imom-xatib, 10 imom noibi ishdan olingani, 4 nafariga hayfsan berilgani ma’lum qilindi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi dots.nt ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi

25.05.2026   2996   1 min.
Toshkent islom instituti o‘qituvchisi dots.nt ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi

2026 yilning 25 may kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti jamoasi uchun quvonchli voqea yuz berdi. Institut Kengashining yig‘ilishida rektor Uyg‘un G‘afurov tomonidan “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi dots.nt vazifasini bajaruvchisi, islomshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) Ma’murjon Rahmonberdiyevich Erkayevga Fiqh, kalom ilmi (Ilohiyot) ixtisosligi bo‘yicha dots.nt ilmiy unvoni tantanali ravishda topshirildi.


Ma’murjon Erkayev 2005 yilda Toshkent islom institutini, so‘ngra O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan. Olim 2024 yilda “Burhoniddin Mahmud Buxoriyning “Muhitul Burhoniy” asarida ijara shartnomalari” mavzusidagi dissertatsiyasini yuksak saviyada himoya qilgan edi. Jonkuyar pedagog sifatida u so‘nggi uch yilda “Faroiz ilmi” va “Fiqh ilmiga kirish” o‘quv qo‘llanmalari hamda “Hidoyatul muhtor” asarini nashr ettirdi, shuningdek, mahalliy va xalqaro jurnallarda o‘nlab ilmiy maqolalari e’lon qilindi.


Muhtaram ustozni ushbu yuksak ilmiy unvon va e’tirof bilan muborakbod etib, ularning ilm yo‘lidagi xayrli izlanishlariga zafarlar va kuch-quvvat tilab qoladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi dots.nt ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi
O'zbekiston yangiliklari