Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Sentabr, 2026   |   12 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:52
Quyosh
06:11
Peshin
12:15
Asr
16:31
Shom
18:23
Xufton
19:38
Bismillah
23 Sentabr, 2026, 12 Rabi`us soni, 1448

Qur’ondagi 6 shifo oyati

18.09.2024   24390   2 min.
Qur’ondagi 6 shifo oyati

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Banda biror kasallikdan azob chekayotganda, shifo sabablarini izlashi shartdir. Bu borada shifokorga murojaat etish, dori-darmonlarni qabul qilish, sabrli bo‘lish, shuningdek, kasallikning oldini olish talab etiladi.

Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Qatoda roziyallohu anhuning haqqiga bunday duo qilganlar: “Allohim, uning yuzini yanada go‘zal qilgin, sochlari va tanasini quvvatli qilgin. Qatoda roziyallohu anhu 75 yoshida vafot etganida o‘n besh yoshli yigitga o‘xshardi.

Bir kuni Imom Qosim Kushayriy rahimahullohning o‘g‘li kasal bo‘lib qoldi. Ota farzandining kasalligidan qattiq g‘amga botdi. Kunlarning birida tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘radi va o‘g‘liga shifo tilab duo so‘raydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “O‘g‘lingga shifo oyatlarini o‘qi”, deydilar. Qosim Qushayriy rahmatullohi alayhi ularni o‘qiydi va o‘g‘li tuzalib ketadi.

Shifo oyatlariga quyidagilar kiradi:

وَيَشْفِ صُدُورَ قَوْمٍ مُؤْمِنِينَ

(Alloh) mo‘minlar qavmi qalblariga shifo beradi” (Tavba surasi, 14-oyat).

 

يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَتْكُمْ مَوْعِظَةٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَشِفَاءٌ لِمَا فِي الصُّدُورِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ

“Ey, odamlar! Sizlarga Robbingizdan va’z (nasihat), dillardagi narsa (shirk va boshqa illatlar)ga shifo va mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi” (Yunus surasi, 57-oyat).

 

يَخْرُجُ مِنْ بُطُونِهَا شَرَابٌ مُخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ فِيهِ شِفَاءٌ لِلنَّاسِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآَيَةً لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

“Ularning (asalarilarning) qorinlaridan odamlar uchun shifo bo‘lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir” (Nahl surasi, 69-oyat).

وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآَنِ مَا هُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ

(Biz) Qur’ondan mo‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz” (Isro surasi, 82-oyat).

 

وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ

Kasal bo‘lganimda, Uning O‘zi menga shifo berur (Shuaro surasi, 80-oyat).

 

قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ آَمَنُوا هُدًى وَشِفَاءٌ

Ayting: “(Ushbu Qur’on) iymon keltirgan zotlar uchun hidoyat va (dildagi ma’naviy illat uchun) shifodir” (Fussilat surasi, 44-oyat).

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mav’izalar ta’sirchanligini oshirish, yoshlar e’tiqodini mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlash – Andijondagi yig‘ilish tafsilotlari

23.09.2026   11440   1 min.
Mav’izalar ta’sirchanligini oshirish, yoshlar e’tiqodini mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlash – Andijondagi yig‘ilish tafsilotlari

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirokida Andijon viloyati imom-xatiblarining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.

Majlisda Davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar sarhisob qilindi. Xususan, mo‘min-musulmonlar toat-ibodat qilishi uchun keng imkoniyatlar berilgani, yuzlab yangi jome masjidlar ochilgani, madrasalar ta’sis etilgani, Qur’oni karim kurslari ishlayotgani, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani va soha xodimlari har jihatdan qo‘llab-quvvatlanayotganiga urg‘u qaratildi.

Mana shunday xayrli o‘zgarishlar Andijon viloyati misolida ham o‘z ifodasini topib, joriy yilda ikkita yangi masjid ochilishi, namozxonlar ehtiyojlarini ta’minlash yo‘lida samarali ishlar qilinishi, oliy ma’lumotli imomlar salmog‘i oshishi, xorijda kasb-mahoratini oshirish yo‘lga qo‘yilishi, targ‘ibot ishlari kengayishi va xayriya ishlari ko‘lami ortishi kabilar qayd etildi.

Yig‘ilishda diniy soha xodimlari oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, yoshlar e’tiqodini mustahkamlash maqsadida manzilli ishlash, jamoat namozlarida qavm bilan bo‘ladigan ma’rifiy suhbatlar ta’sirchanligini oshirish, xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan muloqot o‘rnatish, ularni Fatvo markazining ishonchli manbalariga yo‘naltirish kabi vazifalar alohida ta’kidlandi.

Muftiy hazratlari imom-domlalarni shariat xodimi sifatida mehrob va minbar mas’uliyatini qalban his etishga, qavmning ilmu ma’rifati va toat-ibodati yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga chaqirdilar.

Masjidlarda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, namozxonlar uchun qulay sharoitlar hozirlash va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir so‘ngida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari