Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Noyabr, 2026   |   4 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:48
Quyosh
07:10
Peshin
12:12
Asr
15:24
Shom
17:08
Xufton
18:24
Bismillah
14 Noyabr, 2026, 4 Jumadul soni, 1448

Avvod Mahmud Avvod

11.10.2024   8882   1 min.
Avvod Mahmud Avvod

Doktor Avvod Mahmud Avvod Solim 1977 yilda Misrning Qalyubiyya muhofazasida tug‘ilgan.

2000 yilda Misrdagi “Al-Azhar” dorulfununi “Din asoslari” fakultetining “Aqida va falsafa” kafedrasini tamomlagan.

2010 yilda “Al-Azhar” universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu yildan “Din asoslari” fakulteti dekani etib tayinlangan va mazkur bo‘limda ustozlik qilib, talabalarga dars berib keladi. Hozirda ushbu fakultetning “Aqida va falsafa” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Doktor Avvod Mahmud Avvod ko‘plab asar va tadqiqotlar muallifi sanaladi. Uning “Moturidiylik kalom maktabi” asariga soha mutaxassislari tomonidan katta qiziqish bildirilgan.

Ma’lumot o‘rnida: 2023 yil doktor Avvod Mahmud Solim Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Abu Bakr Qaffoli Shoshiy va Baroqxon madrasalariga tashrif buyurib, Mus'hafi Usmonni ziyorat qilgandi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiya markazi qurilishi va undagi barpo qilinadigan bo‘limlar bilan tanishgandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi

13.11.2026   23028   1 min.
O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi

Misrdagi Al-Azhar xalqaro akademiyasida 20 nafar o‘zbekistonlik imom-xatib uchun tashkil etilgan malaka oshirish dasturi yakunlanib, ishtirokchilarga maxsus shahodatnoma topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri. 
 

Ikki hafta davom etgan o‘quv kursida diniy soha vakillari o‘zlarining ilmiy-diniy bilimlarini oshirish, Al-Azharning boy ilmiy tajribasi va o‘qitish uslublarini o‘zlashtirish bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashdi.
 

Tadbirda so‘zga chiqqan akademiya rahbari Hasan Sag‘ir ushbu o‘quv kurslari Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Tayyibning doimiy e’tiborida bo‘lganini alohida ta’kidladi. Uning qayd etishicha, shayx Ahmad Tayyib o‘quv jarayonini jiddiy kuzatib borgan.
 

Safar davomida o‘zbekistonlik imomlar ushbu davlatdagi Katta ulamolar kengashi a’zosi doktor Hasan Shofeiy bilan ham ko‘rishdi. Uchrashuv chog‘ida ilm-fan, diniy ma’rifat va ulamolar mas’uliyati xususida suhbat bo‘lib o‘tdi.
 

Imom-xatiblar Al-Azhar hamda Imom Husayn masjidlariga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbat berilgan tabarruk ashyolar, jumladan, muborak qilich va boshqa tarixiy yodgorliklarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.
 

Tadbir doirasida O‘zbekiston va Al-Azhar o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy hamkorlik, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, imom-xatiblarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda o‘zbekistonlik yoshlarning ushbu nufuzli dargohda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelgusi chora-tadbirlar belgilab olindi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi
O'zbekiston yangiliklari