frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

15.10.2024   3136   1 min.
Boshqa maqolalar
Maqolalar

XIII asrda bolalar huquqi qanday himoyalangan?

24.09.2026   2153   2 min.
XIII asrda bolalar huquqi qanday himoyalangan?

Avgust oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida tashkil etilgan Mediaforum doirasida tarix fanlari doktori Muslim Atayev tomonidan XIII asrda Movarounnahrda yaratilgan bolalar huquqiga oid noyob huquqiy-fiqhiy manba — Majduddin Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning «Jomi’ ahkom as-sig‘or» asari haqida muhim ma’lumotlar taqdim etildi, xabar bermoqda iccu.uz.

Tarixiy Movarounnahr nafaqat ilm-fan va madaniyat, balki huquqshunoslik sohasida ham ulkan ilmiy meros qoldirgan zamin hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, XIII asrda Ustrushanada (hozirgi Jizzax hududi) yashab ijod qilgan buyuk faqih Majduddin Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning ilmiy merosi alohida ahamiyatga ega. Uning 625/1228 yil 28 iyulda yozib tugatilgan «Jomi’ ahkom as-sig‘or» asari bolalar huquqiga bag‘ishlangan noyob huquqiy-fiqhiy manba sifatida e’tirof etiladi.

Asarda:
bolalarga oid 1280 ta fatvo 45 ta masala doirasida tizimlashtirilgan;
bola huquqlari birinchi bor keng qamrovda huquqiy jihatdan tasniflangan;
bolalar yoshi ona qornidagi holat, go‘daklik, balog‘at va o‘smirlik davrlariga ajratilgan;
bolalarning shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, fuqarolik, mulkiy, mehnat va meros huquqlari tahlil qilingan;
huquqiy masalalar bilan bir qatorda ijtimoiy-ma’naviy yechimlar, axloq-odob me’yorlari hamda milliy va diniy urf-odatlarning uyg‘unligi yoritilgan.

Qizig‘i shundaki, G‘arb dunyosida bola huquqlarining huquqiy jihatdan shakllanishi asosan XIX–XX asrlarga to‘g‘ri keladi. Jumladan, 1804 yilgi Fransiya Fuqarolik kodeksida 2281 ta moddadan atigi 5 tasi bolalar huquqlariga daxldor bo‘lgan. 1908 yilda AQSHda yuvenal huquq tizimiga asos solingan bo‘lsa, 1924 yilda Millatlar Ligasi tomonidan Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasi qabul qilingan. 1959 yilda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi deklaratsiyasi, 1989 yilda esa Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilindi.

Demak, bola huquqlarini tizimli huquqiy jihatdan o‘rganish an’analari tarixiy Movarounnahrda, xususan, Ustrushanada XIII asrdayoq shakllangan. Ustrushaniy merosi milliy huquqiy tafakkurimiz tarixining bebaho qismi. Bugun ushbu ilmiy merosni o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish orqali biz nafaqat buyuk ajdodlarimizning huquqiy tafakkurini namoyon etamiz, balki O‘zbekiston zaminida bola huquqlariga bo‘lgan e’tiborning chuqur tarixiy ildizlarga ega ekanini ko‘rsatamiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari