Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Yanvar, 2026   |   9 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:38
Peshin
12:41
Asr
15:53
Shom
17:38
Xufton
18:53
Bismillah
28 Yanvar, 2026, 9 Sha`bon, 1447
Maqolalar

Erishish imkonsiz narsani orzu qilsa bo‘ladimi?

29.10.2024   8679   2 min.
Erishish imkonsiz narsani orzu qilsa bo‘ladimi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ilk vahiy kelgan vaqtda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘rqib ketganlari bois onamiz Xadicha raziyallohu anho amakisi Varaqa ibn Navfal oldiga borib, vaziyatni tushuntiradilar. Ancha yoshga kirib qolgan Varaqa: “Senga qavming dushmanlik qilib, yurtingdan chiqargan vaqtda, qaniydi men ham bo‘lsam edi, senga yordam bergan bo‘lardim!”, deydi – Imom Buxoriy rivoyati.

Ibn Hajar rahmatullohi alayh aytadi: “Agar unda yaxshilik bo‘lsa, imkonsiz narsani xohlash, orzu qilish mumkinligiga bu hadis dalildir. Varaqa yana yosh yigit bo‘lishni xohladi, lekin bu imkonsiz narsa, ya’ni inson umri davomida bir marta yoshlik davrida yashaydi” –  “Fathul Boriy”, 1/26.

Ma’lumki, insonda istaklar mavjud. Ba’zan vaqt, umr kabi ortga qaytmaydigan jihatlarni orzu qiladi. Bolalikka qaytgisi yoki boshqa hududlarga ketgisi keladi. Mana shunday vaziyatlarda niyat qilayotgan narsasi yaxshilik, xayrli bo‘lsa, uni orzu va niyat qilsa bo‘ladi. Ko‘pgina odamlar payg‘ambarlar, sahobalar davrida bo‘lib qolsam, falon-falon xayrli ishlarni qilar edim, deb o‘y suradi. Voqelikda ularning davriga qaytishning iloji yo‘q, lekin shunday bo‘lsa-da, Varaqa ibn Navfal kabi xayrli niyat qilsa, buning yomon tomoni yo‘q.

Varaqa ibn Navfal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sahoba hisoblanmaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Varaqani yomonlamanglar! Zero, tushimda uning uchun tayyorlab qo‘yilgan bir yoki ikki jannatni ko‘rdim”, deganlar – Imom Bazzor va Hokim rivoyatlari. Hokim bu hadisni imom Buxoriy va Muslimlar shartiga ko‘ra sahih, degan. Manbalardan ma’lumki, payg‘ambarlarning tushlari ham vahiy o‘rnidadir.

Yuqoridagi fikrlarga shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, inson yaxshi niyati evaziga Allohdan savob, mukofot oladi.

Abu Kabsha roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: “… Bir bandaga Alloh boylik va ilm beradi. U Rabbiga taqvo qiladi, silai rahm qiladi va unda Allohning haqqini biladi. Bu eng afzal darajadir. Yana bir bandaga Alloh ilm beradi, ammo boylik bermaydi. Shunga qaramay uning niyati to‘g‘ri, agar Alloh menga ham boylik berganida falonchining amalini qilgan bo‘lardim, deydi. U niyatiga yarasha ajr oladi va u ikkisining savobi bir xil” – Imom Termiziy, Imom Ibn Moja va Imom Ahmad rivoyati.

Hadisdan ko‘rinib turibdiki, banda moddiy-jismoniy imkoni bo‘lmay turib, biror xayrli ishni qilishni istab niyat qilsa, evaziga o‘sha ishni qilgandek savob oladi.

Po‘latxon Kattayev,
TII Hadis va islom tarixi fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi.

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

28.01.2026   3238   1 min.
Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

Samarqand viloyatida imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida voleybol, shaxmat-shashka hamda stol tennisi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari o‘tkazildi.


Tadbirda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosarlari Xayrullo domla Sattarov, Nursultonxon domla Abdumannonov, viloyat hokimi o‘rinbosari B. Karimov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Qizg‘in, biroq o‘zaro hurmat va axloq qoidalariga rioya qilingan holda o‘tgan bahslar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:


Voleybol bo‘yicha:
1-o‘rin — Kattaqo‘rg‘on tumani jamoasi
2-o‘rin — Payariq tumani jamoasi
3-o‘rin — Bulung‘ur tumani jamoasi


Shaxmat bo‘yicha:
1-o‘rin — Doniyev Qulmurod (Paxtachi tumani “Xo‘ja Ziyovuddin” jome masjidi imom-noibi)
2-o‘rin — Elmurodov Muzrob (Narpay tumani “Xo‘ja Qo‘rg‘on” jome masjidi imom-xatibi)
3-o‘rin — Maxmatoirov Bahrullo (Urgut tumani “Hoji O‘rinboy” jome masjidi imom-xatibi)


Stol tennisi bo‘yicha:
1-o‘rin — Matlabov Muhammad Bobur (Urgut tumani “Ispanza” jome masjidi imom-noibi)
2-o‘rin — Abrorov Jahongirxon (Samarqand shahar “Xo‘ja Safoyi Valiy” jome masjidi imom-noibi)
3-o‘rin — Xodixonov Kamoliddin (Qo‘shrabot tumani “Ne’matulla xo‘ja” jome masjidi imom-xatibi)


Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Ushbu tadbir diniy xodimlar o‘rtasida nafaqat jismoniy baquvvatlikni, balki sabr, intizom, birodarlik va o‘zaro hurmat kabi islomiy fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qildi. 

Sammuslim.uz

 

Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi Samarqandda imom-xatiblar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari