Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Yanvar, 2026   |   30 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:39
Asr
15:42
Shom
17:27
Xufton
18:44
Bismillah
19 Yanvar, 2026, 30 Rajab, 1447

Alloh uning ehsonini qabul qilmadi

04.11.2024   3518   2 min.
Alloh uning ehsonini qabul qilmadi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Dr. Umar Abdul Kafiy yozadi: “Bir muallima bilan g‘aroyib bir voqea bo‘lgan ekan. Hikoya qahramoni bunday deydi:

“Madrasa masjidini jihozlash va konditsioner o‘rnatish uchun hamkasblarimdan oz-ozdan pul yig‘ardim. Doimiy ravishda ularga buni savobli va yaxshi amal ekanligini eslatardim, har safar ozgina ozginadan pul yig‘ilardi va bu ishlar taxminan bir oy davom etdi.

Bir kuni hamkasblarimdan biri: “Har doim pul so‘rayverasanmi, bezib ketdik”, dedi. Men esa: “Vallohi, bu yaxshi amal va sadaqa jannat eshigining kaliti. Bir so‘m bilan bo‘lsa ham sadaqa qil”, dedim.

Shunda u: “Senga bir so‘m bersam bo‘ldimi, boshqa bezovta qilmaslikka va’da berasanmi?” dedi. Men esa: “Ha”, deb javob berdim. Shunda o‘sha o‘qituvchi o‘z sumkasidan bir so‘m pul olib, menga zarda qilgan holda, g‘azab bilan pulni uloqtirdi.

Pul yig‘ish ishlarini madrasadan tashqarida yaqinlarim va dugonalarimdan so‘rab davom ettirdim va Allohning marhamati bilan yetarlicha pul to‘pladim. Bu pul bilan madrasa masjidini jihozladik va konditsioner ham o‘rnatdik.

Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga qasamki, sotib olingan narsalar hisob varag‘i kelganida, yig‘ilgan mablag‘dan atigi bir so‘m ortiqcha chiqib qoldi. Shu ortiqcha pulni meni bezovta qilishda ayblagan o‘sha hamkasbimga qaytardim. Shunda ko‘nglimda Alloh uning sadaqasini qabul qilmagani haqida o‘y paydo bo‘ldi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sadaqa muhtojga yetib borishidan oldin, Allohning huzuriga yetib borishi haqida aytganlar. Shuning uchun Oisha onamiz doimo qiladigan sadaqalarini xushbo‘ylantirib qo‘yar edilar va u Allohning qo‘liga tushishini aytar edilar.

Hamkasbim sadaqani chin yurakdan emas, g‘azab va mensimasdan bergani uchun Alloh uni qabul qilmadi va o‘sha pul o‘z egasiga qaytdi.

 

Odamning ikki o‘g‘li Hobil va Qobilning qurbonliklari haqidagi hikoyada Alloh bunday degan: Va ularga Odamning ikki o‘g‘lining haqiqiy hikoyasini aytib ber. Ikkovlari qurbonlik qilgan edilar, biri (taqvodorning) qurbonligi qabul qilindi, ikkinchisining qurbonligi esa qabul qilinmadi. U shunda: “Seni albatta o‘ldiraman”, dedi. U esa: “Albatta Alloh taqvodorlardangina qabul qiladi”, dedi(Moida surasi, 27-oyat).

Alloh sadaqasini qabul qilgan odam baxtiyordir, chunki bu uning taqvodorligiga Alloh tomonidan berilgan guvohlikdir”.

 

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ramazonga tayyorgarlik boshlandi

19.01.2026   171   1 min.
Ramazonga tayyorgarlik boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan xatmi Qur’on tadbirlarining saviyasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Ramazon arafasida qorilarni saralash, ularning xatmi Qur’on tadbirlariga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida suhbatlar tashkil qilish an’anaga aylandi.

Bugun 19 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi "Qur’on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limida Ramazon oyida Respublika hududidagi masjidlarda xatm qiladigan qorilarni suhbatdan o‘tkazish Hay’ati yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum va Masjidlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Muzaffar domla Kamolov raisligida o‘tgan ushbu yig‘ilishda ustoz qorilardan iborat Hay’at a’zolari ishtirok etdilar. 

Yig‘ilishda Ramazon oyiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, xususan, masjidlardagi xatmi Qur’on tadbirlarida  qatnashadigan qorilarni suhbatdan o‘tkazish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Ramazonga tayyorgarlik boshlandi Ramazonga tayyorgarlik boshlandi Ramazonga tayyorgarlik boshlandi Ramazonga tayyorgarlik boshlandi Ramazonga tayyorgarlik boshlandi Ramazonga tayyorgarlik boshlandi Ramazonga tayyorgarlik boshlandi
O'zbekiston yangiliklari