Yangiliklar
Tayloqdagi masjid yangi binosiga ilk tamal toshi qo‘yildi.
31.03.2026
2531
1 min.
Bugun Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Tayloq tumaniga borib, hududdagi ma’naviy-ma’rifiy va amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif avvalida tuman bosh imom-xatibi Boburxon domla Narzullayev va keng jamoatchilik ishtirokida “Bachki” jome masjidining yangi binosiga ilk tamal toshi qo‘yildi. Ushbu xayrli marosimda masjid qurilishining zafarli yakunlanishi tilanib, bu ezgu ishga hissa qo‘shayotgan homiylar va zahmatkash ustalar haqqiga samimiy duolar qilindi.
Shuningdek, Ahmadxon domla “Sadaqayrog‘och” jome masjidida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirib, masjid fayzini yanada oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalarini berdi. Tashrifning eng ta’sirli jihatlaridan biri — tumandagi kam ta’minlangan oila uchun qurilayotgan yangi xonadonning ziyorat qilinishi bo‘ldi. Bosh imom-xatib bu saxovatli ishda bosh-qosh bo‘layotgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildirib, ularning haqqiga xayrli duolar qildi.
Ushbu tashrif Tayloq tumanidagi bunyodkorlik va mehr-oqibat tadbirlariga yangicha ruh va yuksak baraka bag‘ishladi.
Sammuslim.uz
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING