Maqolalar
Menda ko‘rganlaringni boshqalarga aytmagin!
23.12.2024
326
1 min.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bir kuni imom Abu Hanifa rahimahulloh xufton namozini masjidning muazzini ortidan o‘qidi. Muazzin namozda “Zilzala” surasini tilovat qildi. Namoz tugagach, odamlar masjiddan chiqib ketishdi va faqat imom Abu Hanifa va muazzin qolishdi.
Muazzin aytadi: “Men Abu Hanifaga qarasam, u o‘yga cho‘mgan holda o‘tirgan, chuqur-chuqur nafas olar edi. Men uning xayolini buzmaslik uchun turib chiqib ketdim. Masjiddan chiqaturib fonusni qoldirdim, uning ichida juda ozgina moy qolgan edi”.
Ertasiga tong paytida masjidga qaytsam, u hali ham o‘sha joyida o‘tirgan ekan. Pichirlab bunday der edi: “Ey, zarracha yaxshilik uchun yaxshilik beradigan Zot! Ey, zarracha yomonlik uchun yomonlik beradigan Zot! No‘mon qulingni do‘zaxdan asra va O‘z rahmatingga olgin!”.
Muazzin aytadi: “Men kirsam fonus hali ham yonib turgan ekan”.
Abu Hanifa meni ko‘rdida: “Fonusni olmoqchimisan?” deb so‘radi. Bilsam, u hali ham xufton vaqti deb o‘ylagan ekan. Shunda men: “Ey hazrat, tong otdi!” dedim. Shunda Abu Hanifa: “Menda ko‘rganlaringni boshqalarga aytmagin!” dedi.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING