Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Imom Musohibiy shunday degan: «Ne’matlar bir mehmon, ularni izzat-ikrom qilish shukr bilan bo‘ladi. Balolar ham bir mehmon, ularni izzat-ikrom qilish esa sabr bilan bo‘ladi».
«Sabr iymonning boshidir», deyishadi. Agar inson tanasi boshidan judo qilinsa, u halok bo‘lgani kabi sabr bo‘lmasa, iymon ham halokatga yuz tutgusidir.
Abdulqodir Jiyloniy aytgan: «Ey o‘g‘lim, musibat-balo seni halok qilish uchun kelmaydi, sabringni sinash uchun keladi». Oltin o‘tga kirsa, sayqallanib yanada chiroy ochgani kabi inson ham musibat olovi orqali sayqallanadi.
Zakariyo Ahmad
«Hilol» jurnali 4 (61) son
Bismillahir Rohmanir Rohiym
#kun_hadisi #zulhijja #ibodat
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ibodat qilinadigan biror kun zulhijjaning o‘n kunidan Alloh taologa mahbub emas. Undagi har bir kunning ro‘zasi bir yilga barobardir. Undagi har bir kechada turish qadr kechasida turishga barobardir" (Imom Termiziy, Ibn Moja rivoyati).