Birlashgan Arab Amirliklaridagi Zayd milliy muzeyi mutaxassislari guruhi Qur’oni karimning eramizning 800-900 yillargacha bo‘lgan tarixiy qo‘lyozma nusxasini aniqladi.
“IQNA”ning “ Al-Ittihad ”ga tayanib yozishicha, bu Qur’on tilla qog‘oz va ko‘k varaqda yozilgan bo‘lib, Qur’onning dunyodagi eng mashhur qo‘lyozma nusxalaridan biri va islom xattotligining yirik namunasidir.
Oyatlarni aniqlash uchun multispektral tasvirlash usullaridan foydalangan Qur’onning ushbu shaklida “Niso” surasidagi oyatlar ko‘rinadi. Ushbu uslub vaqt o‘tishi bilan o‘chib ketgan va bilinmas darajadagi ko‘zga ko‘rinmaydigan matn va tasvirlarni ta’kidlaydi.
Ushbu qo‘lyozma nusxaning sanasi milodiy 800-900 yillarga to‘g‘ri keladi va yorqin ko‘k yoki indigo sahifalar, oltin kufiy xattotlik va kumush bezaklar ushbu Qur’onning xususiyatlari hisoblanadi.
Mazkur Qur’on kufiy yozuvida yozilgan bo‘lib, nuqta va unlilarsiz arab harflari qo‘llanilgani sababli uni o‘qish qiyindir.
Qur’onning bu nusxasi dastlab teriga yozilgan 600 sahifadan iborat bo‘lib, bugungi kunda ulardan atigi 100 sahifasi muzeylar va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanmoqda, 5 sahifasi esa Zayd milliy muzeyida namoyish etilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Toshkent islom institutida “May – Hadis ilmlari fan oyligi” munosabati bilan ulug‘ muhaddis Imom Muhammadning “Muvatto” asarini o‘qib tugatgan talabalarga ijoza berish va “Xatmi kutub” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur xayrli an’ana doirasida “Hadis va islom tarixi fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchilari Rahmatulloh Maxsuxonov hamda Mansur Jambilov boshchiligida magistratura va bakalavriat bosqichi talabalari ushbu bebaho asarni to‘liq xatm qildilar.
Institut mas’ullari va O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari ishtirok etgan tadbirda ustozlar tomonidan xatmi kutub qilishning fazilati, Imom Muhammadning hadis ilmida tutgan yuksak o‘rni va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga muhabbatli bo‘lish mas’uliyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ustozlar talabalarga hadis rivoyat qilish uchun rasmiy ijoza (silsila) va sertifikatlarni topshirib, ularning haqqiga xayrli duolar qilishdi. Shuningdek, talabalarga ushbu bebaho asarni o‘rgatgan fidoyi ustozlar institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Toshkent islom instituti
Matbuot xizmati