Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:42
Peshin
12:24
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:18
Bismillah
16 Dekabr, 2025, ,

04.12.2024   2225   1 min.
Boshqa maqolalar

Ajdodlarimiz merosidan yangi bir durdona – “Musnadi Shoshiy” asari o‘zbek tilida nashr etildi

05.12.2025   7038   2 min.
Ajdodlarimiz merosidan yangi bir durdona – “Musnadi Shoshiy” asari o‘zbek tilida nashr etildi

#Musnad #Haysam #Kulayb #Shoshiy #Hadis

Hadis ilmiga oid qadimiy manbalardan biri – mashhur muhaddis, Movarounnahr ulamolaridan, hofiz, imom Haysam ibn Kulayb Shoshiy (vaf. 947) qalamiga mansub “Musnad” asari ilk bor arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi.

Asarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining, Fatvo markazi ulamosi Muhammad Ayyub domla Homidovning hamda Rajab Toyyib Erdo‘g‘on universiteti ilohiyot fakulteti, hadisshunoslik kafedrasi professori Doktor Yavuz Ko‘ktoshning taqrizlari olingan.

Ushbu asar faqat tarjima bo‘libgina qolmay, balki tadqiq va tahqiqdir. Kirish qismida Haysam ibn Kulayb Shoshiy rahimahullohning hayoti va ilmiy merosi, so‘ngra “Musnadi Shoshiy” asarining yagona qo‘lyozma nusxasi haqida ma’lumotlar berilgan.

Tarjima qo‘lyozma nusxadan foydalanilgan holda nashr etilgan zamonaviy nashrlar asosida amalga oshirilgan. Tarjimada hadis roviylari mavzularga ajratilib, dastlab arab tilidagi matn, so‘ng uning o‘zbek tilidagi tarjimasi berilgan. Jumlalar o‘zbek tilidagi ifodasi ravon va tushunarli shaklda bayon qilingan. Kerakli o‘rinlarda izoh va sharhlar keltirilgan.

Asar ilmiy va keng kitobxonlar uchun ham muhim manba bo‘lib, uni soha mutaxassislari, talabalardan tashqari oddiy kitobxonlar, hadis ilmiga qiziquvchilar ham qiynalmasdan o‘qib, tushuna oladilar. Bu esa tarjimaning qiymatini, tarjimonning mahoratini ko‘rsatib beruvchi jihatlardan biridir.

Alloh taolo ushbu yangi nashrni O‘zi qabul aylab, barcha uchun manfaatli qilsin!

Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam bunday dedilar: “Rostgo‘ylikni lozim tuting. Chunki rostgo‘ylik ezgulikka boshlaydi, ezgulik esa jannatga boshlaydi. Kishi faqat rost gapiraversa, Allohning huzurida rostgo‘y deb yozila di. Yolg‘ondan saqlaning. Chunki yolg‘on fisq-fujurga boshlaydi, fisq-fujur esa do‘zaxga boshlaydi. Kishi yolg‘on gapiraversa, Allohning huzurida kazzob deb yozilib qoladi” (“Musnadi Shoshiy” asaridan).

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ajdodlarimiz merosidan yangi bir durdona – “Musnadi Shoshiy” asari o‘zbek tilida nashr etildi Ajdodlarimiz merosidan yangi bir durdona – “Musnadi Shoshiy” asari o‘zbek tilida nashr etildi