Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Mening ismimni qo‘yinglar! Kunyamni qo‘ymanglar. Chunki men sizning o‘rtangizda (ilmni) taqsimlovchi qilindim” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kunida o‘z ismingiz va otalaringiz ismlari bilan chaqirilasizlar. Shuning uchun (farzandlarga) chiroyli ism qo‘yinglar!” deganlar (Imom Ahmad, Abu Dovud, Ibn Hibbon va Tabaroniy rivoyati).
2023 yilda Angliya va Uelsdagi ota-onalar o‘g‘liga Muhammad, qiziga esa Oliviya deb ism qo‘yishgan. Bu haqda theguardian.com sayti xabar berdi.
Muhammad ismi Nuh (Noy) ismini chetga surib, ikkinchi o‘rindan yuqoriga ko‘tarildi.
Shu bilan birga, Oliviya ismi ham ketma-ket ikkinchi yil eng mashhur nom bo‘ldi.
Bu ma’lumotlar Buyuk Britaniya Milliy statistika boshqarmasi yillik hisobotida ma’lum qilindi.
O‘g‘il bolalarning 100 ta eng yaxshi ismlari Muhammad ismining uch xil shaklini, jumladan, Mohammed va Mohammadni ham o‘z ichiga oladi.
Muhammad ismi Angliyada 2016 yildan beri kuchli 10 talikdan joy olib kelmoqda. Statistika boshqarmasi Muhammad ismining mashhurligi diniy sabablarga ko‘ra ekanligini ta’kidlagan.
2023 yildagi eng yaxshi uch nafar qiz ismlari 2022 yildan beri o‘zgarishsiz qolmoqda. Bu ismlar Oliviya, Ameliya va Isla.
Shuningdek, qizlarning eng mashhur o‘nta ismlari qatoriga Lili, Freya, Ava, Ivi, Florens va Izabella ham kirdi. O‘g‘il bolalar uchun eng yaxshi uchta ism Muhammad, Nuh, Oliver. Kuchli o‘nlikka Jorj, Leo, Artur, Lyuk, Teodor, Oskar va Genrilar kirdi.
Manba: Theguardian.com
#xabar #juma #tashrif
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qayta bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasidagi jome masjidda navbatdagi juma namozi ado etildi.
Ibodat oldidan Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov "Yetimlarga yordam berish – jannat kaliti!" mavzusida ma’ruza qildilar.
Suhbatda Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflar asosida yetimlarga g‘amxo‘rlik qilish, ularning haq-huquqlarini muhofaza etish hamda bugungi kundagi «tirik yetimlar» muammosiga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, jamiyatda saxovat va bag‘rikenglikni mustahkamlash mo‘min-musulmonlarning muhim vazifasi ekani aytib o‘tildi. Namoz yakunida yurt tinchligi, el farovonligi va xayrli islohotlar bardavomligini so‘rab duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati