Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Avgust, 2026   |   2 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:04
Quyosh
05:32
Peshin
12:28
Asr
17:20
Shom
19:27
Xufton
20:52
Bismillah
15 Avgust, 2026, 2 Rabi`ul avval, 1448

Ulamolar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

13.12.2024   77123   2 min.
Ulamolar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun, 12 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Ulamolar Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosh imom-xatiblari, tajribali ulamolar va diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Qur’on tilovati bilan boshlangan majlisda 2024 yilgi ish faoliyat natijalari va kelgusidagi rejalar tahlil qilindi. Shuningdek, Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomalar muhokama etildi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yig‘ilishda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy islohotlar, yangi ochilgan masjid-madrasalar va qayta qurilgan jomelar, Fatvo markazi savol-javoblari, madrasalarlar ilmiy salohiyatini takomillashtirish, imom-xatiblar kasb-mahoratini oshirish va ehtiyojmand oilalarga yordam ko‘rsatish ishlari to‘g‘risida axborot berdilar.

Yig‘ilishda tizimdagi soha xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari, hujjat yuritishi, mehnat qonunchiligi, moliya-xo‘jalik va ustav faoliyatiga oid xato-kamchiliklari tanqid qilindi. Shuningdek, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etmaganlarga tegishli choralar ko‘rilgani aytildi.

Muftiy hazratlari yurtimiz aholisi huquqiy davlat va qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda istiqomat qilishini ta’kidlash barobarida soha xodimlariga bunday dedilar: “Jamiyatda kim qanday martaba va maqomda bo‘lishidan qat’i nazar qonun-qoidalarga amal qilishi shart. Qonunga itoat – rahbarga itoat, bu esa dinimiz talabidir”. 

Majlisda imom-xatiblar faoliyatini rivojlantirish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash va bugungi davr talablariga javob berish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish kabi vazifalar topshirildi. 

Shuningdek, imom-xatiblar mas’uliyatini oshirish va mehnat faoliyatini tahlil qilish uchun SPI baholash mezonini joriy etish, kelgusida imom-xatiblarni rag‘batlantirish, lavozimini ko‘tarish yoki ta’sir choralarini ko‘rishda mazkur tizim asos bo‘lishi qayd etildi.  

Yig‘ilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ulamolar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi Ulamolar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi Ulamolar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi Ulamolar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi Ulamolar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi Ulamolar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi Ulamolar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi Ulamolar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi Ulamolar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xonadonlarga mehr, ko‘ngillarga umid taratgan bayram

11.08.2026   20695   1 min.
Xonadonlarga mehr, ko‘ngillarga umid taratgan bayram

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbuslari bilan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati va qoziyotga qarashli barcha masjid imom-xatiblari tomonidan nuroniy keksalar, mehnat faxriylari hamda yordamga muhtoj oilalarning holidan xabar olindi. Tadbir doirasida muhtoj oilalarning turmushini yengillashtirish maqsadida bir oilaga zamonaviy quyosh paneli o‘rnatib berilib, qo‘shimcha bayram sovg‘alari topshirildi. Bunday xayriya tashabbuslari jamiyatda o‘zaro ahillik, mehr-oqibat va inson qadrini ulug‘lash muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti

Xonadonlarga mehr, ko‘ngillarga umid taratgan bayram Xonadonlarga mehr, ko‘ngillarga umid taratgan bayram
O'zbekiston yangiliklari