Sayt test holatida ishlamoqda!
03 May, 2026   |   15 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:18
Peshin
12:25
Asr
17:17
Shom
19:26
Xufton
20:49
Bismillah
03 May, 2026, 15 Zulqa`da, 1447

Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar Kengashiga a’zo bo‘ldi

24.12.2024   255034   1 min.
Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar Kengashiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Islomiy moliyaviy xizmatlar Kengashiga a’zo bo‘ldi.

Kengash faoliyati islomiy moliya institutlarini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqish, samarali korporativ boshqaruv mexanizmlari va risk-menejment tizimini joriy qilish, shuningdek, mazkur sohada kadrlar salohiyatini oshirish, tadqiqotlar olib borish hamda ushbu masalalarda Kengashga a’zo tashkilotlarga ko‘maklashishga qaratilgan.

Mazkur tashkilotga a’zolik boshqa mamlakatlar tajribasini o‘rganish va mamlakatimizda islomiy moliya institutlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasida ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun: Kengash 2002 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh ofisi Kuala-Lumpurda (Malayziya) joylashgan. Bugungi kunda Kengashning 188 a’zosi, shu jumladan, 81 ta tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar, 10 ta xalqaro hukumatlararo tashkilot va 97 ta bozor ishtirokchilari hisoblanadi. Shuningdek, Kengashga Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston moliyaviy regulyatorlari ham a’zo hisoblanadi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Talabalar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qildi

29.04.2026   6318   1 min.
Talabalar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qildi

Toshkent islom institutining bitiruvchi bosqich talabalari uchun poytaxtimizdagi muhtasham O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy sayohat tashkil etildi.


Talabalar markazning boy kutubxonasi, Qur’on zali va boshqa bo‘limlarida bo‘lib, asrlar osha saqlanib kelayotgan noyob qo‘lyozmalar hamda nodir tarixiy manbalarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi. Ustozlar A.G‘iyosov, M.Yashnarov va mutaxassis Z.Yunusov hamrohligida o‘tgan sayohat davomida har bir eksponatning ilmiy va ma’naviy ahamiyati haqida qimmatli ma’lumotlar berildi.


Bunday ma’rifiy sayohatlar bo‘lajak mutaxassislarning bilim doirasini kengaytirish bilan birga, ularning qalbida milliy va diniy qadriyatlarimizga bo‘lgan cheksiz faxr tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qiladi. 

Toshkent islom instituti
Matbuot xizmati

Talabalar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qildi Talabalar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qildi Talabalar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qildi Talabalar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qildi
Dunyo yangiliklari