Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Barcha hududlarda qorilar saralandi

19.02.2025   15418   1 min.
Barcha hududlarda qorilar saralandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan tashkil qilingan qorilarni suhbatdan o‘tkazish tadbirlari yurtimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tmoqda. 

Joriy yilning 18 fevral sanasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi vakilliklarda 2025 ( hijriy 1446) yilgi Ramazon oyida Xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilarni saralash uchun suhbatlar tashkil qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimlaridan iborat ustozlar mazkur qorilarning tayyorgarligini tekshirib, ularga taroveh va xatmi Qur’on odoblariga oid kerakli tavsiyalarni berishdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Barcha hududlarda qorilar saralandi Barcha hududlarda qorilar saralandi Barcha hududlarda qorilar saralandi Barcha hududlarda qorilar saralandi Barcha hududlarda qorilar saralandi Barcha hududlarda qorilar saralandi Barcha hududlarda qorilar saralandi Barcha hududlarda qorilar saralandi Barcha hududlarda qorilar saralandi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   7693   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari