Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Fevral, 2025   |   29 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
06:59
Peshin
12:41
Asr
16:28
Shom
18:16
Xufton
19:28
Bismillah
28 Fevral, 2025, 29 Sha`bon, 1446
Yangiliklar

Ramazon oyi 1 martdan boshlanadi

27.02.2025   2251   1 min.
Ramazon oyi 1 martdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorini imzoladi.  https://president.uz/uz/lists/view/7913

Mazkur qarorga ko‘ra, 2025 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.

Alloh taolo Ramazon oyida qiladigan ibodat, duo va barcha solih amallarimizni qabul etsin, ajr-mukofotlarini ko‘paytirsin.  

Yaratgan xalqimizga tinchlik, barqarorlik va ofiyatni nasib qilsin. Ramazon muborak! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Ramazon oyi 1 martdan boshlanadi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bugun Ramazonning birinchi kechasi nimalar sodir bo‘ladi?

28.02.2025   3019   1 min.
Bugun Ramazonning birinchi kechasi nimalar sodir bo‘ladi?

Jannat ziynatlanadi

Ramazonning birinchi kuni kelganida Alloh taolo Rizvon (jannat eshiklarini qo‘riqlovchi farishta)ga: “Ummati Muhammaddan ro‘za tutib, kechalari qoim bo‘ladiganlar uchun jannatni ziynatlagin!” deb aytadi.

Allohning yana bir farishtasi borki, uning bir qanoti yoqutdan, ikkinchisi esa zumraddandir. U har kecha: “Tavba qiluvchi bormi?” deb nido qiladi (Imom Zahabiy rahimahulloh. Tarixul Islom).

 

Do‘zax eshiklari yopiladi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ramazonning birinchi kechasi bo‘lganda shaytonlar va bebosh jinlar kishanlanadi, do‘zax eshiklari berkitiladi, ulardan birortasi ham ochiq qo‘yilmaydi va jannat eshiklari ochiladi, ulardan birortasi ham yopilmaydi. Har kecha bir jarchi: Ey yaxshilik talabgori, kelgin! Ey yomonlik talabgori, to‘xtagin!, deydi”, deganlar (Imom Termiziy, Nasoiy va Ibn Hibbon rivoyati).

 

Allohning rahmati yog‘iladi

Manbalarda, “Ramazon oyining birinchi kechasida Alloh taolo bandalariga rahmat nazari bilan boqadi, kimga Alloh rahmat nazari bilan boqsa, uni hech qachon azoblamaydi”, deyiladi.

Afsuski, ko‘pchilik bu kunni bozorda “hali uni, hali buni sotib olishim kerak” degan bekorchi o‘y-hayollar bilan o‘tkazib yuboradi.

Demak, banda ramazonning ilk kunlaridan boshlab uni g‘animat bilmog‘i lozim ekan.

Bugun shom namozidan keyin Ramazonning ilk kechasi kirib keladi...

 

Davron NURMUHAMMAD