Katta tayyorgarlik va intiqlik bilan kutilgan muborak oyga ham etib keldik, alhamdulillah! Ko'tarinki ruhda boshlangan xatmi Qur'on va tarovehlar sabab diyorimiz fayzu barakaga burkandi, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Ushbu muborak oyni munosib kutib olish, xatmi Qur'on va taroveh namozlarini yanada fayzli o'tkazish uchun keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Bu yilgi Ramazon oyida Farg'ona viloyatidagi 194 ta masjidda xatmi Qur'onlar boshlandi. Uch yuz ellikdan ziyod xushovoz qorilar yigirma etti kun davomida taroveh namozlarida xalqimizga Qur'oni karimni o'qib beradilar. Bu esa juda ham katta fayz va barakotga sabab bo'lajak, insha Alloh!
Alloh taolo Ramazon oyini barchamizga barakotli aylab, uning fayzidan yurtimiz nurga to'lsin!







Farg'ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati