Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Aprel, 2026   |   14 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:31
Asr
16:57
Shom
18:54
Xufton
20:08
Bismillah
03 Aprel, 2026, 14 Shavvol, 1447

19.06.2025   10228   1 min.
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda imom-xatib tashabbusi bilan ehtiyojmand oilaga yangi uy topshirildi

03.04.2026   903   1 min.
Xorazmda imom-xatib tashabbusi bilan ehtiyojmand oilaga yangi uy topshirildi

Xorazm viloyati Xazorasp tumanida masjid qavmi va saxovatpesha insonlar hamkorligida xayrli ishga qo‘l urildi. Xazorasp tumanidagi Shayx Qosim bobo masjidi imom-xatibi Shermuhammad domla Boltayev va masjid jamoasi tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan va uy-joyga muhtoj bo‘lgan oilaga yangi xonadon qurib berildi.


Yangi uyni topshirish marosimida Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Rasul Sobitov, Xazorasp tumani hokimi Maqsud Abdullayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyat filiali rahbari Alijon domla Matyaqubov hamda mahalla faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar islom dinining insonparvarlik, mehr-oqibat va xayr-saxovat kabi ezgu g‘oyalari amalda o‘z ifodasini topayotganini ta’kidladilar. Viloyat va tuman rahbariyati tomonidan ushbu ezgu ishning boshida turgan Shermuhammad domla Boltayevga alohida minnatdorlik bildirildi.

“Bu kabi xayrli ishlar xalqimizning naqadar jipsligini va muhtojlarga yordam berishdek olijanob qadriyatlarimiz hamon barhayot ekanligini ko‘rsatadi" — deya ta’kidlandi tadbirda.

Mazkur tadbir Xorazm viloyatida imom-xatiblar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki ijtimoiy loyihalardan biri bo‘ldi. Shermuhammad domlaning sa’yi harakatlari va homiylarni jalb qilishdagi faolligi natijasida qisqa muddat ichida bir oilaning orzusi ushaldi va oshyonga ega bo‘ldi.


Xonadon kalitlarini topshirish chog‘ida yurt tinchligi va xalq farovonligini so‘rab, uyni qurib bitkazishda xizmat qilgan barcha faollarning haqiga xayrli duolar qilindi.

Xorazm viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari