Bismillahir Rohmanir Rohiym
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Juma kuni masjid eshiklarining har birida farishtalar turadi. Ular kelganlarni birin-ketin yozib turishadi. Imom (minbarga) o‘tirganida, sahifalarni yopib, zikrni eshitish uchun kelishadi", dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi (https://president.uz/uz/lists/view/9019).
Mazkur qarorga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining bu yilgi Ramazon hayiti 20 mart – juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2026 yil 20 mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilangan.
Barchamizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati