Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Dekabr, 2025   |   19 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:13
Quyosh
07:38
Peshin
12:21
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
10 Dekabr, 2025, 19 Jumadul soni, 1447

Kavkaz musulmonlari rahbari O‘zbekistonning Bokudagi yangi elchixonasida bo‘ldi

28.07.2025   17182   1 min.
Kavkaz musulmonlari rahbari O‘zbekistonning Bokudagi yangi elchixonasida bo‘ldi

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonning Boku shahrida yangi qurilib foydalanishga topshirilgan elchixonasiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 
 

Tashrif doirasida O‘zbekiston elchisi Baxrom Ashrafxonov va Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Muloqot chog‘ida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida shakllangan yaqin do‘stlik va samimiy qardoshlik munosabatlari ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatlarimiz rahbarlarining Bokudagi yangi elchixona binosining ochilish marosimida ishtirok etishi davlatlararo yaqin aloqalar ramzi sifatida muhimligi alohida ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda o‘zining tabrik maktubi topshirdi.

 

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi o‘z tabrigida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ravnaqi, uning xalqaro nufuzini mustahkamlash, O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida barqaror, ishonchli va qardoshlik munosabatlarini shakllantirishdagi beqiyos rolini alohida ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘zlagan siyosati tufayli O‘zbekiston ishonch bilan rivojlanib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi.

 

Elchixonaning yangi binosi bilan tanishgan Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda diplomatik missiya xodimlariga ezgu tilaklarini bildirdi.

 

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shuningdek, elchixonaning Faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. 

"Dunyo" AA

 

Boshqa maqolalar

Nomofobiya - yangi ruhiy qaramlik

09.12.2025   5454   1 min.

Jahongir Nig‘matov,
Toshkent Islom instituti talabasi.