Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Avgust, 2026   |   22 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:18
Peshin
12:34
Asr
17:29
Shom
19:40
Xufton
21:10
Bismillah
05 Avgust, 2026, 22 Safar, 1448

Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda

29.07.2025   23509   1 min.
Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda

Shu yil 28 iyul kuni poytaxtimizning Sergeli tumanidagi «Nurul islom» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Tumanlar bosh imom-xatiblari, imom-domlalar, ulamolar, «Haj 2025» hojilari, mahalla faollari qatnashgan tadbirni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov olib bordilar.

Yig‘ilishdan so‘ng mahallalarga chiqilib, yoshi ulug‘ insonlar, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj kishilar, ehtiyojmand, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ajirim yoqasida turgan 120 dan ortiq oilalar holidan xabar olindi.

Hududdagi ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan bir uy Sergeli tumani imomlari, homiylar ko‘magida qayta qurib berilishi tadbirning ahamiyati naqadar ulug‘ ekanini ko‘rsatadi.

Tumandagi 350-umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun hojatxona qurib berish masalasi ham homiylarni jalb qilgan holda hal etildi.

Peshin namozidan so‘ng Abduqahhor domla Yunusov «Nurul islom» masjidi qavmiga «O‘zgalarga yaxshilik qilish» mavzusida mav’iza qilib berdilar.

Tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Xayrli duolar yig‘ilishga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.


MuslimShosh.uz

 

 

Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda Hojilar xonadonlarga chuqurroq kirib bormoqda
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda imkoniyati cheklanganlar uchun ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi

03.08.2026   8534   1 min.
Buxoroda imkoniyati cheklanganlar uchun ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi

Buxoro shahridagi «Abu Bakr as-Siddiq» jome masjidida gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolar uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan tashkil etilgan suhbatni imom-xatib Orif domla To‘qsonov olib bordi. «Qalb pokligi — ruhiy tarbiya asosi» mavzusida kechgan suhbat malakali surdo tarjimoni vositasida ishtirokchilarga yetkazildi.


Uchrashuv davomida qatnashchilar aqida, fiqh va ijtimoiy hayotga oid savollariga batafsil javob oldilar. Tadbir yakunida ishtirokchilarga xayriya ehsonlari tarqatildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Buxoroda imkoniyati cheklanganlar uchun ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari