Sayt test holatida ishlamoqda!
28 May, 2026   |   10 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:54
Peshin
12:25
Asr
17:31
Shom
19:51
Xufton
21:23
Bismillah
28 May, 2026, 10 Zulhijja, 1447

G'oyibona duo qilish

26.02.2024   1161   2 min.
G'oyibona duo qilish

Cavol: Birovlarni ko'p g'oyibona duo qiladigan inson yaxshi inson bo'ladimi yoki ko'p g'oyibona duo qilinadigan insonmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Albatta, ikkisida ham yaxshilik bor. Lekin hadisi shariflarda birovlarni g'oyibona duo qilishga alohida targ'ib qilingan.

Ummu Dardo raziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Musulmonkishiningbirodarihaqqigaqilgang'oyibonaduosiqabulbo'luvchidir, uningboshiustidabirfarishtaturadi, qachonbirodarigayaxshiliktilabduoqilsa, farishta: “Omiyn, sengahamo'shanchabo'lsin”, deydi(ImomMuslimrivoyati).

Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu: “Alloh yo'lidagi birodarning duosi ijobat qilinadi”, deganlar. Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

ARAFOTDA ZIYORATCHILAR DUO-ILTIJOLARGA KIRISHDI

26.05.2026   21102   1 min.
ARAFOTDA ZIYORATCHILAR DUO-ILTIJOLARGA KIRISHDI

Bugun, zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni yurtimiz ziyoratchilari hajning eng muhim farzini ado etish maqsadida Arafot maydoniga borib joylashdi.



Hadislarda keltirilishicha, Arafot ulug‘ manzillardan biri bo‘lib, bu yerda qilingan duolar shak-shubhasiz qabul bo‘ladi. Buni yaxshi anglagan hojilar har damni g‘animat bilib, bundan unumli foydalanmoqda.
 

Ishchi guruhi tomonidan ziyoratchilarimiz xotirjam ibodat qilishlari uchun keng va shinam chodirlar tayyorlangan, sovutkich va muzlatkichlar uzluksiz ishlamoqda, uch mahal issiq ovqat, shirinlik va salqin ichimliklar muntazam taqdim etilmoqda.


 

Hojilarimiz Arafotda duoi xayrlar, ibodatlar bilan bo‘lib, peshin va asr namozlarini jam qilib o‘qiydilar. Duo va tazarrularda bardavom bo‘ladilar. Alloh taolodan yurtimiz tinch, xalqimiz hayoti yanada farovon bo‘lishini, farzandu arjumandlarimiz baxtu saodatini so‘rab iltijolar qilishadi.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

ARAFOTDA ZIYORATCHILAR DUO-ILTIJOLARGA KIRISHDI ARAFOTDA ZIYORATCHILAR DUO-ILTIJOLARGA KIRISHDI
O'zbekiston yangiliklari