Cavol: Birovlarni ko'p g'oyibona duo qiladigan inson yaxshi inson bo'ladimi yoki ko'p g'oyibona duo qilinadigan insonmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Albatta, ikkisida ham yaxshilik bor. Lekin hadisi shariflarda birovlarni g'oyibona duo qilishga alohida targ'ib qilingan.
Ummu Dardo raziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Musulmonkishiningbirodarihaqqigaqilgang'oyibonaduosiqabulbo'luvchidir, uningboshiustidabirfarishtaturadi, qachonbirodarigayaxshiliktilabduoqilsa, farishta: “Omiyn, sengahamo'shanchabo'lsin”, deydi”(ImomMuslimrivoyati).
Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu: “Alloh yo'lidagi birodarning duosi ijobat qilinadi”, deganlar. Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari, "Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbari Zayniddin doma Eshonqulov "Hasana" tashkilotining O‘zbekiston bo‘yicha vakillari Husayn Karaga va Namik Demirkanni qabul qildi.
Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda "Hasana" vakillari "Vaqf" xayriya jamoat fondi bilan bir necha yillardan buyon hamkorlik qilib kelishini, tashkilot turli xayriya va saxovat tadbirlarida ishtirok etishini ta’kidlab, yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayitida ham bu an’ana davom etishidan umidvor ekanligini qayd etib o‘tishdi.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi rahbari mehmonlarni O‘zbekistonda ko‘rib turganidan xursandligini bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan yurtimizda ko‘plab ezgu ishlar amalga oshirilayotganini, Yurtboshimiz tashabbusi bilan yuzlab og‘ir ahvoldagi bolajonlarning davolanish xarajatlari davlat tomonidan qoplab berilayotgani ta’kidlab o‘tdi. Fond "Hasana" bilan bo‘ladigan hamkorlikdagi ishlarga doim tayyorligini aytib, ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalarga naf beradigan har qanday xayrli loyihaning amalga oshishidan xursand bo‘lishini qayd etib o‘tdi.
Muloqot davomida "Hasana" vakillari fond tomonidan amalga oshirilayotgan xayrli loyihalarni e’tirof etib, ta’lim, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham fond bilan hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Bu safar muborak Qurbon hayiti munosabati bilan 10 bosh qoramol qurbonlik qilib, talaba va kam ta’minlangan oilalarga tarqatishni rejalashtirayotganini aytib o‘tishdi.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati