Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Senga Kitobdan vahiy qilingan narsani tilovat qil va namozni to‘kis ado et, albatta, namoz fahsh va munkardan qaytarur. Albatta, Allohning zikri ulug‘dir. Alloh nima qilayotganingizni bilur” (Ankabut surasi, 45-oyat).
- rizqni jalb qiladi,
- salomatlikni saqlaydi,
- zararni haydaydi,
- kasalliklarni yo‘q qiladi,
- qalbni mustahkamlaydi,
- yuzni oqartiradi,
- nafsni shod qiladi,
- dangasalikni haydaydi
- a’zolarga faolllik beradi,
- ko‘ksni keng qiladi,
- qalbni munavvar qiladi,
- ne’matlarni muhofaza qiladi,
- o‘ch-g‘azabni daf qiladi.
Yurtimizda har yili 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu ayyom jamiyatimizda muallimlarga ko‘rsatilayotgan cheksiz hurmat-ehtiromning ramziy ifodasi bo‘lib, aslida, ustozni ulug‘lash ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan eng go‘zal qadriyatlardan biridir.
Muqaddas dinimizda ilm ahli va ustozlarning maqomi nihoyatda yuksak. Qur’oni karimning Mujodala surasi 11-oyatida ularning obro‘-e’tibori naqadar baland ekani shunday bayon qilinadi: «...Alloh sizlardan imon keltirganlarni va ilm berilganlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur».
Kasb bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi va hududdagi jome masjidlar imom-xatiblari, shuningdek, Nukus shahridagi «Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri hamda mudarrislari ishtirokida xayrli tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida ko‘p yillar davomida diniy sohada samarali mehnat qilib, yoshlarga ilm-ma’rifat ulashgan va bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlarning holidan xabar olindi. Ulamolar va diniy soha xodimlari muhtaram ustozlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdilar.
Alloh taolo dinimiz ravnaqiga beminnat xizmat qilgan aziz ustozlarimizga mustahkam sog‘lik, mazmunli umr va oilaviy xotirjamlik ato qilsin!
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti
Matbuot xizmati