Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Avgust, 2026   |   10 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:15
Quyosh
05:40
Peshin
12:26
Asr
17:12
Shom
19:15
Xufton
20:36
Bismillah
23 Avgust, 2026, 10 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Qamashida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi

25.08.2025   12691   2 min.
Qamashida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi

Qamashi tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga rasman start berildi (https://t.me/qashmatbuot/9149?single). Mazkur loyiha tumanning Oqguzar mahallasi hududida joylashgan 66 gektar maydonda amalga oshirilayotgan bo‘lib, u kelajakda aholi uchun barcha shart-sharoitlarga ega zamonaviy turarjoy va ijtimoiy infratuzilmani o‘z ichiga olgan yangi shaharchani tashkil etadi. 
 

Davlatimiz rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qamashi tumanida aholi turmush darajasini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifa va ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan edi. Mazkur massiv qurilishi aynan shu vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amaliy ifodasidir.
 

Qurilishning birinchi bosqichida 7 qavatli 32 ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, jami 952 xonadon foydalanishga topshiriladi. Ushbu uylar barcha zarur kommunikatsiyalar — tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va markazlashgan kanalizatsiya tizimi bilan ta’minlanadi. Shuningdek, zamonaviy infratuzilma doirasida har bir xonadonga optik internet va videokuzatuv tizimlari ulanishi ko‘zda tutilgan.
 

Turarjoylar bilan bir qatorda massiv hududida maktab, bolalar bog‘chasi, klinika, madaniyat markazi, sport majmuasi, istirohat bog‘i, avtoshohbekat, yashil hududlar hamda tikuvchilik fabrikasi qurilishi belgilangan. Bu esa fuqarolar uchun nafaqat qulay yashash sharoiti, balki ish o‘rinlari, ta’lim, tibbiy xizmat va dam olish imkoniyatlarini ham yaratadi.
 

Loyiha ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, (https://t.me/kamashi24/38320) Qamashi tumani hokimi, mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla faollari, quruvchilar va nuroniylar ishtirok etdi. Tadbir davomida mazkur massiv nafaqat Qamashi tumani, balki butun viloyat aholisi uchun zamonaviy va farovon hayot sari muhim qadam ekani ta’kidlandi. 

Qashqadaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati

Qamashida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi Qamashida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi Qamashida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi Qamashida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi Qamashida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi Qamashida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi Qamashida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi Qamashida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi Qamashida “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishiga start berildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

22.08.2026   14389   1 min.
Akademiya rektori «Do‘stlik», Islom sivilizatsiyasi markazi direktori «Fidokorona xizmatlari uchun», akademiya professori «Imom Buxoriy» ordenlari va «Ziyo» media markazi rahbari «Shuhrat» medali bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, ordenlar va medallar bilan mukofotlandilar.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Kamilov Muzaffar Muratovich "Do‘stlik" ordeni bilan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Abduxalikov Firdavs Fridunovich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, mazkur akademiyaning "Arab tili va adabiyoti al-Azhar" kafedrasi professori Islomov Zohidjon Mahmudovich «Imom Buxoriy» ordeni bilan va akademiya huzuridagi "Ziyo" media markazi direktori Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi doimiy hamkor tashkilotlarimiz rahbarlari va ustozlarni mazkur yuksak mukofotlar bilan muborakbod etib, Alloh taolodan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va muborak dinimiz rivoji yo‘lidagi faoliyatlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari